February 15, 2024

#Bobur_day                                                          #Buyuk shoir va shohga ehtirom  

Ajdodlarimiz va ularning millat ma’naviyatiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z ketganda ko‘z o‘ngimizda ikki buyuk siymo – so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur gavdalanadi.

Mamlakatimizda ularning hayoti va ijodini o‘rganish, ular qoldirgan ma’naviy merosni qadrlash hamda keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Matematika va informatika fakulteti Yoshlar ittifoqi hamda 3-Talabalar turar bilan hamkorlikda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir kechasi oʻtkazildi.

Adabiyotga, xususan, Bobur ijodiga befarq bo‘lmagan faol talaba-yoshlar ishtirokida she’rxonlik kechalari, San’atshunoslik fakultetining yorqin yulduzlari, xushovoz taniqli tyutorlar tomonidan jonli ijroda qo‘shiqlar guldastasi, Hazrat Bobur siymosini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shundan so‘ng tadbir mehmoni – Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi N.Norov, shuningdek Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Gʻaniyev, xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha dekan maslahatchisi M.Xalmetova, bosh tyutor X.Moʻminovalar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida haqida ma’ruza qilishdi.