October 23

G‘ijduvon tuman YUXKM xodimlari tomonidan “Shaxmat-shashka” intellektual o‘yinlari tashkillashtirildi!

“Adliya organlari va muassasalari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash chora-tadbirlarining” ASOSIY YOʻNALISHLARI sifatida yoshlarning huquqiy bilimini oshirish ayniqsa mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan intellektual o‘yinlarini oʻtkazish belgilangan bo‘lib, bu borada tuman YUXKM xodimlari hamda yoshlar ishlar agentligi tuman bo‘limi hamkorligida Barkamol avlod maktabida Shaxmat-shashka o'yinlari tuman bosqichi o'tkazildi
Bunday intellektual oʻyinlar dunyoqarashni kengaytirish, mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil qilish, maʼlumotlar asosida qarorlar qabul qilish koʻnikmalarni rivojlantirish imkonini beribgina qolmay, balki jamoaviy ruhni mustahkamlaydi va oʻziga xos “teambuilding” vazifasini oʻtaydi.