October 18
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda..
Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lishi munosabati bilan G‘ijduvon tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, maqsadida targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, G‘ijduvon tumanining 11-sonli DMTTda muassasa xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xodimlar saylov tizimi va tartibi bilan yaqindan tanishtirilib, saylov tizimida yangi qabul qilingan hujjatlar, saylov byulletenlarini berish tartibi, saylov jarayoni nazorati borasida shuningdek, sohaga doir Mehnat qonunchiligiga oid ma’lumotlar berilib ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Saylov oldi targ‘ibot tadbirlari G'ijduvon tuman YUXKM xodimlari tomonidan davom ettirilmoqda…