“Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri o‘tkazildi
G'ijduvon tuman adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDYO, Davlat xizmatlari markazlari hamkorligida "Toshloq" mahallasida joriy yilning 10-iyul kuni navbatdagi "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi «Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida» PF-80-son Farmoniga muvofiq aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish maqsadida «Huquqiy targ‘ibot kuni» tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda.
Tadbir davomida mahalla bo'ylab uyma-uy yurilib, “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarga huquqiy yechim berish borasida, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha, kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirshlar berildi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari tushuntirib o‘tildi.