September 23

Uyma-uy yurilib huquqiy tushuntirishlar berildi!  

G‘ijduvon tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 02.08.2024 yilda G‘ijduvon tuman 'Ko'shk" MFY fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni mazmun mohiyati tushuntirildi.

Fuqarolarni qonunchilik hujjatlari yuzasidan ularini qiynab kelayotgan savollarga tuman adliya va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan batafsil va xalqchil tilda huquqiy tushuntirishlar berildi.

G‘ijduvon tuman adliya bo‘limi 02.08.2024