July 2, 2025

G'ijduvon tumanida og'ir toifadagi yoshlar ishtirokida sport tadbirlari tashkil qilindi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 2025-yil 1-iyundan 2025-yil 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan G'ijduvon tuman adliya bo'limi hamda Chorsu MFY mahalla yettiligi hamkorlikda og'ir toifadagi yoshlar va boshqa yoshlar ishtirokida stol tennis bo'yicha sport tadbirlari tashkil qilinib yoshlarning vaqtini samarali, mazmunli o'tkazilishi ta'minlandi!