“Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi!
G'ijduvon tuman adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDYO, Davlat xizmatlari markazlari hamkorligida "Olmazor" mahallasida joriy yilning 19-sentabr kuni navbatdagi “Adliya kuni” tadbiri o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi «Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida» PF-80-son Farmoniga muvofiq joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Tadbir davomida fuqarolarning mavjud muammolari, savollari o‘rganilib tegishli tartibda javoblar, huquqiy tushuntirishlar berildi, tadbir davomida fuqarolar o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.