October 23

ADLIYA VA YOSHLAR !

G‘ijduvon tuman YUXKM xodimlari tomonidan “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinlari tadbiri tashkillashtirildi.
“Adliya organlari va muassasalari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash chora-tadbirlarining” ASOSIY YOʻNALISHLARI sifatida yoshlarning huquqiy bilimini oshirish ayniqsa mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan “Huquqiy axborot kuni” tadbirlari va “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinlarini oʻtkazish belgilangan bo‘lib, bu borada tuman YUXKM xodimlari hamda yoshlar ishlar agentligi tuman bo‘limi hamkorligida Madaniyat bo‘limida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Bunday intellektual oʻyinlar dunyoqarashni kengaytirish, mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil qilish, maʼlumotlar asosida qarorlar qabul qilish koʻnikmalarni rivojlantirish imkonini beribgina qolmay, balki jamoaviy ruhni mustahkamlaydi va oʻziga xos “teambuilding” vazifasini oʻtaydi. Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinida 4-sektor jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.