April 16, 2025

G'ijduvon tuman Chorsu MFYdagi “og‘ir” toifadagi yoshlar toifasiga kiruvchi Hamidov Oybekning yashash joyidan o'rganish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 28-martdagi “Adliya organlari va muassasalari tomonidan “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 126-um-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Adliya bo’limi xodimi N.Po'latov tomonidan “og‘ir” toifadagi yoshlar toifasiga kiruvchi yosh Hamidov Oybekning yashash joyida o'rganish ishlari amalga oshirildi.

Profilaktika hisobida turuvchi yosh Hamidov Oybekning yashash joyiga borib o'rganildi va u va maktab ma'muriyati bilan suxbatlashilganda darslarda muntazam qatnashib kelayotganligi, maktabdagi odob-axloq qoidalariga rioya qilib kelayotganligi aniqlandi va uni sport to'garaklariga jalb etish choralari ko'rilmoqda.