September 23

2-sonli kasb-hunar maktabida huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

G‘ijduvon tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmoni belgilangan vazifalar yuzasidan amalga oshirilayotga ishlar bo'yicha seminar tashkil etildi. Seminar davomida xodimlarni ishga qabul qilishda yuqoridagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar rioya qilinishi, pedagoglarga berilgan kafolatlar, shuningdek maktablarda tashkil etilayotgan huquq sinflarni tashkil etishdan maqsad va ko‘zlangan natijalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Seminar davomida xodimlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi

G‘ijduvon tuman adliya bo‘limi 17-avgust, 2024-yil