October 23
Saylovoldi targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi!
Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. G‘ijduvon tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, saylov tartibi, tizimga doir yangi huquqiy va qonun hujjatlar bilan aholini tanishtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, G‘ijduvon tumanining 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida ta’lim muassasasi xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xodimlar saylov tizimi va tartibi bilan yaqindan tanishtirilib, saylov tizimida yangi qabul qilingan hujjatlar, saylov byulletenlarini berish tartibi, saylov jarayoni nazorati borasida ham ma’lumotlar berilib ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.