September 20, 2024

“Huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazildi!

G'ijduvon tuman adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDYO, Davlat xizmatlari markazlari hamkorligida "Sohibon" mahallasida joriy yilning 18-iyul kuni navbatdagi “Huquqiy ko‘maki” tadbiri o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi «Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida» PF-80-son Farmoniga muvofiq fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish, shu bilan birga, fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan “Huquqiy ko‘mak” tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda.

Tadbir davomida fuqarolarda mavjud muammolar aniqlanib, yechim berildi hamda 13 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.

G‘ijduvon tuman adliya bo‘limi 18-iyul, 2024-yil