July 21

Oila va mehnat jamoasi bilan sayohat kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har oyning bitta shanba va yakshanbasi "Oila va mehnat jamoasi bilan sayohat kuni" deb e’lon qilinishi mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, xalqimizning madaniy-ma’naviy hayotini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan “Gissarneftgaz” MCHJ qo‘shma korxonasi Bosh direktori va Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi asosida korxona ishchi-xodimlari uchun Qashqadaryo viloyatining betakror tabiati va tarixiy obidalarga boy hududi — Miraki turizm shaharchasiga sayohat uyushtirildi.

🌿 Tabiat og‘ushidagi bu unutilmas sayohat:
▫️ yurtimiz tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish,
▫️ jamoa birdamligini mustahkamlash,
▫️ sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Miraki vodiysi — qadimiy ziyoratgohlari, musaffo havosi, so‘lim manzaralari bilan barcha ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.

📌 Bunday tashabbuslar Prezidentimiz ilgari surgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” tamoyiliga to‘liq mos bo‘lib, xalqimizda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

📸 Quyida sayohatdan olingan yorqin lahzalar bilan tanishing!