June 5

QURBON HAYITI MUBORAK!

Hurmatli yurtdoshlar va aziz hamkasblar!

Sizlarni ulug‘ va muborak Qurbon hayiti bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Bu muqaddas kun barchamizni mehr-oqibat, saxovat, sabr-toqat va hamjihatlik sari chorlaydi. Ushbu bayram har bir oilaga tinchlik, baxt, farovonlik va fayzu baraka olib kelsin.

Yurtimiz tinch, el-yurtimiz omon, ishlarimiz bardavom va barakali bo‘lsin! Qurbon hayiti barchamizga ezgulik, totuvlik va yangi zafarlar keltirsin!

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
"Gissarneftgaz" MCHJ QK jamoasi