October 1
“1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
2025-yil 30-sentyabr kuni “GISSARNEFTGAZ” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazib, jamoaviy hamjihatlik, zukkolik va topqirliklarini namoyon etdilar. Savollarga javob berish jarayonida o‘yinga qizg‘inlik, samimiyat va sog‘lom raqobat ruhi kirib keldi.
✨ Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng faol va bilimdon jamoalar g‘olib deb topildi va ular esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shu munosabat bilan “GISSARNEFTGAZ” MChJ qo‘shma korxonasi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik hamda sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz! 🌹