February 7, 2025

𝑺𝑰𝑹𝑳𝑰 𝑶𝒀

5 qism

Yn sochlarini kalta qilib kesib tashladi. Oldingi uzun qalin sochlardan asar ham qolmagandi. Yuzlari biroz koʻkargandi.. biroz oynaga qarab turgach amakisi jimin ni gaplarini hayolidan oʻtkazdi.
— agar bokira boʻlganingda seni boy oilaga uzatardim. Lanati onangga oʻxshab sen ham yengiltak qiz ekansan. Iflos bitch..
Deb qaynoq vilkani yn ni bilagiga bosib oldi......

Yn aksiga qarab oʻzidan jirkandi.
Yn pov/
Agar bokira boʻlganimda amakim meni boy oilaga uzatardi. Qiyinchiliklar ham boʻlmasdi akam ham ishlash uchun chet elga ketmasdi... Agar oʻsha lanatiga tarsaki tushurmaganimda shunday boʻlmasdi. Amakim meni urmasdi.
Ynning koʻzlari yoshga toʻldi. Oʻz aksiga qarab turib unsiz yigʻladi. Uning hayoliga ham kelmagan narsa onasining shuncha ishdan keyin ham jim yotishi edi. Oʻzi bilan boʻlib onasining axvoli haqida unutib qoʻygandi. Maktabga ham bormagan yn oʻtirgan joyida peshingacha qoldi. Oxiri oʻrnidan turib onasini xonasiga kirdi. Onasi jim yotardi hatto nafas olishi eshitilmasdi.
Yn (koʻzlari qizarib ) faqat men oʻylagan narsa emas yoʻqq yoʻq faqat bu emas
( Yana koʻzlari yoshlandi)
Yoʻq oyi..
Asta qadam tashlab borgan yn onasining tanasi lablari oqarib ketganini koʻrib battar havotir oldi birinchi qilgan ishi nafas olyaptimi yoʻqmi shuni tekshirish boʻldi... Yoʻq nafas olmayapti

— Axir men... men hali yaxshi qiz boʻlishim kerak edi... men sizni baxtli qilishim kerak edi-ku, oyi...

U onasining bagʻriga yuzini bosdi. Sovuq, harakatsiz tanadan oʻtayotgan mung unga dildan yurak ezguliklarini his qildirardi. Qancha yigʻlaganini bilmasdi. Faqat bir narsa aniq edi: bu dunyoda endi u yolgʻiz edi.

Va bu yolgʻizlik endi abadiy edi.

.
.
.
.
Yer asta-sekin qabrga koʻmilayotgan tanani yutib borardi. Havo sovuq, osmon tund. Sukunatni faqat chimildiqday titrab turgan yelkasiga tushayotgan toshlar va bosinqiraq yigʻidan boʻgʻilgan nafaslar buzardi.

— Oyi… kechiring… kechiring meni… — Yelkasidan tushayotgan ogʻir yukday soʻzlari titroq ichra yerga singib ketardi.

Bu yerda faqat yn, qabr, va ogʻir osmon qolgandi. Hamma ketgan, hatto shamol ham unga achinganidan esmay qolganday edi.

Kunlar ortidan kunlar oʻtdi. Uy endi oʻzga bir sukunat ogʻushida, vaqt esa oʻz izidan yurmas, aksincha, faqat ortga tortayotganday edi. Qandaydir jar yoqasida osilib turganday his qilardi oʻzini. Ovqat tatimsiz, tonglar maʼnisiz, tunlar esa abadiy tuyulardi.

Luna baʼzan xabar olib turardi. Dastlab yn qoʻngʻiroqlarga javob bermadi, xatlarni ham ochib oʻqimadi. Ammo qaysidir kuni deraza oldida oʻtirganida qoʻl telefonidagi chaqiruvga beixtiyor koʻzi tushdi. "Luna". Uzoq tikilib qoldi. Soʻng oxiri javob berdi.

— Haligacha javob bermaganingga ishonmadim, — dedi Luna ilikdek iliq ovozda. U odatdagiday shirin gapirar, lekin ichida qandaydir gʻam borligini yashira olmasdi.

— Kechirasan… — yn boshqa nima deyishini bilmasdi.

— Men tushunaman. Lekin oʻzingni bunchalik qiynama, iltimos. Onangning ketganidan oʻzingni aybdor his qilishga haqqing yoʻq.

Jimlik.

— Hamma narsa juda tez oʻtdi… — dedi yn sekin. — Men hali ham tushunolmayapman.

— Shunday boʻladi… lekin vaqt oʻtib, yuragingdagi ogʻriq bir oz boʻlsa ham bosiladi. Yolgʻiz oʻzing hamma narsani ichingga yutaverishing toʻgʻri emas.

— Lekin men yolgʻizman… — ovozi titradi.

— Yolgʻiz emassan. Men borligimni unutma. Seni shunday tashlab qoʻyishimni oʻylama ham.

Bu soʻzlar yn ni yuragiga oz bo‘lsa-da iliqlik olib kirdi. Yillar davomida yig‘ilgan og‘ir toshlarni hech kim birdaniga ko‘tarib tashlay olmasdi, lekin kimdir yoningda turganini his qilish – ba’zan eng katta tasalli edi.

Yn

.
.
.
Uzoq oʻylab, u maktabga qaytishga qaror qildi. Uyda yotib, devorlarga tikilib, oʻtmish xotiralari ichida gʻarq boʻlish undan hech narsani o‘zgartirmasdi. Balki hech boʻlmaganda hamma narsa avvalgidek boʻlishi uchun emas, balki hayotga yana bir bor mahkam yopishish uchun yoʻl topishi kerakdir?

Ertalab ogʻir qadamlar bilan maktab eshigidan kirib keldi. Boshiga qora kepka kiygan, keng kapyushonli kurtka va uzun yengli kiyim tanlagan edi. Koʻzlarini hech kim bilan toʻqnash kelmaslikka harakat qilib, tezda sinfiga yoʻl oldi.

Dars boshlanganidan biroz oʻtgach, ustoz Ji-ah sinf boʻylab nazar yugurtirib, unga tikildi.

— Kepkangni yech, — dedi u mayin, ammo qat’iy ovozda.

U bir zum ikkilanib qoldi. Barcha koʻzlar unga qadalganini his qildi. Yuragi tez urib ketdi. Bir tomondan, qarshilik qilgisi keldi, lekin ustozning ovozida qandaydir talpinish bor edi. Sekinlik bilan qoʻlini koʻtardi va kepkani oldi.

Sinf ichida bir zum sukut choʻkdi.

Ko‘zlari qizarib ketgan, sochlari esa nomutanosib ravishda kesilgan, hatto ayrim joylari notekis edi. Tashqi koʻrinishi undan kechgan tunlarning shafqatsiz hikoyasini gapirib turardi.

Uzoqdan unga tikilib turgan Tae beixtiyor yutinib yubordi. Yuragida qandaydir g‘ashlik uyg‘ondi. Bunga u sababchidek his qildi oʻzini. Chunki oʻsha kuni, hammasidan oldin, unga oʻzi qattiq gapirgandi…

Luna oʻzini bosolmay sekin sekin oldinga engashdi:

— Sen… sochlaringni… nega?..

U esa faqat yelka qisdi va past ovozda shivirladi:

— Men… bilmayman…

Ustoz Ji-ah bir oz unga tikilib turdi-da, ohangida rahm-shafqat zohir qilib gapirdi:

— Sen maktabda xavfsiz joyda ekansan, unutmaysanmi? Agar kerak boʻlsa, men bilan gaplashishing mumkin.

U boshini qimirlatib tasdiqladi, lekin hech narsa demadi. Chunki hozir so‘zlarning hammasi ortiqchadek tuyulardi.

Lekin sinf ichida yana kimdir uni uzoq kuzatib turardi. Tae.

U boshqa tarafga qarashga harakat qildi, lekin qizning koʻzlari va kesilgan sochlari ongsiz ravishda koʻz oldidan ketmasdi. Yuragini qattiq chimchilab olgan pushaymon tuyg‘usi tinch qo‘ymayotgandi.

Tanaffus boshlanishi bilan sinf ichida shovqin koʻtarildi. Hamma oʻzining odatdagi mashgʻulotlariga shoʻng‘igan, lekin u joyidan jilmay, qoʻllarini stol ustida bir-biriga qisilgancha, jim oʻtirardi.

Shu payt yonida sokin bir ovoz eshitildi:

— Yaxshimisan?

Boshini koʻtarsa, Luna va Hyunjin qarshisida turardi. Luna koʻzlari bilan uni oʻziga qarashga majburlayotganday edi, Hyunjin esa yelkasiga engil qoqib, jilmayib turardi.

— Hm… bilmayman, — sekin javob berdi u.

— Sen juda yupun koʻrinyapsan, — dedi Luna sekin. — Haqiqatan ham o‘zingni yaxshi his qilyapsanmi?

U yelka qisdi.

— Menga unchalik ahamiyatli emas…

Luna ogʻir nafas oldi.

— Sen bunchalik hamma narsani ichingda saqlama, iltimos…

— Luna haq, — deb qoʻshildi Hyunjin. — Hech kim buni yengil o‘tadi deb oʻylamaydi. Lekin… sen yolgʻiz emassan.

U bir oz ularning mehribon gaplariga taraddud bilan boqdi, soʻng boshini egdi. Shunchaki biron narsa deyishga ham kuchi yetmayotgandek edi.

Luna muloyimlik bilan uning qoʻliga tegdi.

— Agar biror narsaga ehtiyojing boʻlsa, hech ikkilanma, xo‘pmi? Biz boramiz, lekin bu degani seni tinch qoʻyamiz degani emas, tushundingmi?

U mayin jilmaydi va nihoyat bir oz boʻlsa-da yelkasidagi ogʻirlik kamayganday tuyuldi.

Hyunjin ham unga qarab kulimsiradi.

— Ha, seni tashlab ketmaymiz.

Shu payt, sinfning boshqa burchagida turgan Tae ularning suhbatini kuzatardi. Ko‘zlari bexosdan ayniqsa Hyunjinga qadaldi. Uning yonida turishi, xotirjam va ishonch bilan tasalli berishi… ichida qandaydir gʻalati tuygʻu uyg‘ondi.

Jaxlmi bu? Nega?

Qo‘llari kafti ichida musht bo‘lib tugila boshladi. Yana Hyunjinning qizga yelkasiga tegishi… uni qandaydir norozilik bilan to‘ldirdi. Lekin buni oʻzi ham tushuna olmadi.

"Nega bunday bo‘lyapti? Nega bu meni g‘ashimni keltiryapti?"

O‘ziga javob topolmagan holda, yuzini boshqa tomonga burdi. Lekin qanchalik qochmasin, ichida nimadir qaynayotgandi. Nimadir, ta’riflab boʻlmas bir his…

Tae

Tae uzoq vaqtdan beri Hyunjinni kuzatib kelardi. Buni hech kim bilmasdi. Uning harakatlari, shubhali uchrashuvlari, baʼzan sirli odamlarga telefon orqali buyruq berishi—hammasi Tae eʼtiboridan chetda qolmagan.

Hyunjinning maktabdagi odobli, ochiqko‘ngil va barchaga yaxshi munosabatda bo‘ladigan boladan farqli o‘laroq, tunda butkul boshqa odamga aylanishi Tae uchun sir emas edi. U shubhalarini tasdiqlash uchun uzoq vaqt davomida uni yashirincha kuzatib, kerakli dalillarni yig‘ib yurgan edi.

Bugun ham shunday kechalardan biri edi.

Hyunjin maktab tugaganidan so‘ng, avvaliga oddiy ko‘rinardi—uyga qaytayotganday. Lekin u, odatdagidek, notanish yo‘llardan yurib, shaharning kimsasiz hududiga kirgach, Tae hech ikkilanmay uning ortidan ergashdi.

Yashirin majlis

Hyunjin yerto‘laday bir joyga kirdi. Tae uzoqdan kuzatib, endi ichkariga kirish imkoni yo‘qligini tushundi. Lekin bu unga to‘sqinlik qila olmasdi. U anchadan beri shunday vaziyatga tayyor edi. Shuning uchun maxsus moslamani ishga tushirdi.

Uning odamlari ichkarida edi.

Tae ming tarkibidagi ishonchli odamlardan biri Hyunjinning guruhiga allaqachon singib ketgan edi. U hozir bo‘lib o‘tayotgan majlisdagi gaplarni maxsus qurilma orqali Tae'ga uzatib turardi.

— "Bugun biz yana bir qadam oldinga siljiyapmiz. Tez orada shahar bizniki boʻladi."

Hyunjinning ovozi, odatdagiday, ishonch bilan jarangladi.

Tae nigohini toraytirib, diqqat bilan tingladi.

— "Hamma o‘z o‘rnini bilsin. Agar kimdir yo‘limizga to‘sqinlik qilsa, u yo‘q qilinadi."

Uning yuragi g‘azabdan siqilib ketdi. Shu payt ichkaridan boshqa bir odamning ovozi eshitildi:

— "Lider, oxirgi ishda ba’zi bolalar shubha uyg‘otishdi. Ularni qanday yo‘q qilamiz?"

Hyunjin qisqa sukutdan keyin sovuqqonlik bilan javob berdi:

— "Buni Tae ming odamlari qilishadi. Axir ular anchadan beri bizni quvib yurgan bo‘lsa, endi o‘z odamlari bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanishsin. Bu eng yaxshi yo‘l."

Tae qotib qoldi. "Bu nima degani? U bizni allaqachon kuzatib kelganmi?"

Shu zahoti ichidan nimadir sinib ketganday bo‘ldi. G‘azab va hayrat bir-biriga qorishib ketdi.

Bu kecha u Hyunjinning shunchaki oddiy jinoyatchi emasligini, balki juda o‘ylangan va xavfli o‘yinchi ekanligini tushundi. Endi hammasi aniq edi—u shunchaki dushman emas. U maktabdagi hamma aldangan insonlar orasida eng katta yolg‘onchi edi.

Ammo Tae uchun yana bir narsa tushunarli bo‘lib qoldi. Bu o‘yin endi tugash arafasida edi.

.
.
.
5 - qism tugadi