July 30

𝗤𝗢𝗬𝗜𝗟𝗠𝗔𝗤𝗢𝗠 𝗥𝗘𝗝𝗔

|| 𝓙𝓾𝓷𝓰𝓴𝓸𝓸𝓴'𝓼 𝓹𝓵𝓪𝓷𝓷𝓮𝓭 𝓬𝓸𝓲𝓷𝓬𝓲𝓭𝓮𝓷𝓬𝓮


Xona unchalik katta emasdi taxminan uch-besh kishi sig‘adigan darajada. Uning bir devori to‘liq rasmlar bilan qoplangan:
ba'zilari qog‘ozga chizilgan eskizlar, boshqalari esa suratga olingan kadrlar, xuddi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan voqealarni oshkor qilayotgandek. Har bir rasmning orqasida sir yashiringandek edi.

Xonaning burchagida esa bir necha kompyuter joylashgan, Ular jimjit turgan bo‘lsa-da, xuddi o‘z vaqtida tonggacha ishlatilgan, ko‘r-ko‘rona klaviatura bosilgan tunlar guvohi edi. Monitorlar qarshisidagi stullar notekis tortilgan, ba’zilarining orqasiga paltolar ilib qo‘yilgan.

Shiftga osilib turgan yagona chiroq xona ichiga sarg‘ish va sust nur taratardi. soyalarni cho‘zib yuborar, harakatdagi har bir narsani go‘yo sekinlashtirardi.

Xonaning markazida esa noodatiy uchburchak shaklidagi parta joylashgan edi. Uninh atrofida ikki kishi bir yigit va bir qiz o‘tirardi. Ularning yuzlari jiddiy, ko‘zlari oldidagi qog‘ozlarda. Harakatlari sinchkov, ovozlari past edi. Ular nimanidir rejalashtirishtirar, yoki amalga oshishi kerak boʻlgan ishni tezlashtirardi.

— oʻxshashiga aminmisan,
Qoʻllarini keng yoyish barobarida kerishdi Ella, unga qovoq uyib qaragan hamkasbi nomli doʻstiga etibor bermay,

— mingʻirlama! Oʻxshaydi. Oʻxshataman.
Keyingi galda asabiy yuzini rasmlarga yoʻnaltirdi yigit.
— pff demak seshanba kuni swarovskiyga boradi, hoʻoʻsh...
— huddi shunday! Manashu seshanba kunida boradi.
Oʻrnidan turib rasmlar toʻla devorga yaqinlashdi yigit. - u yerdan 18:00 da chiqadi. Va sen...
— va men oʻzimni bechora qilib koʻrsataman va taksi nomli seni mashinanga oʻzm bilan birga oʻtirgizaman. Boʻldi ee men kettim yaxshi qol jungkook.
Gaplarining soʻngida oʻrnidan turib stulga ilingan paltosini oldida bu kichik honadan chiqib ketti Ella, jungkookni oʻzini rasmlarga qaragan holda qoldirib.
— seni sevib qolganimga 7 yil 5 oy 6 kun va,
U qoʻl soatiga qaradi. - 12 soat boʻldi. Bu raqamlar tez orada oʻz egasi bilan uchrashadi! Buni kafolatlayman!. Saphira Meadows.
Soʻnggida jilmaydi jungkook.

Bemaʼni tushlar va uyqudan soʻng koʻzimni ochib, toʻq qora rangli pardasi bor derazamga tikilyapman, huddi manashu rangni yoqtirishini agent 203 ga oʻz tili bilan aytgani esimda. Va men har kuni bu pardaga tikilaman. Chuqur nafas olaman-u oʻrnimdan turaman, agentlikdan ketganimga va uni koʻrmaganimga 1826 kun boʻldi. U menda ilk sevgi boʻlmasada oxirgisi va pinxonasi.
Oʻrnimdan turdim u yuvinib chiqdim, albatta bugun har doimgi kabi swarovskiyga boraman. Egnimga oʻzim yoqtirgan koʻylakning och qora ranglisini kiydim, ertaga toʻq rangli qorasini kiyaman, indinga esa mmm qora halatlisini!..
Odatdagi kabi oshxonamga borib nonushta qilardim. Bugungi kunim nonushta uxlash va swarovskiyga borish qaytish va yana uxlash. Qanday ajoyib.
Oʻylab qolaman baʼzida balki oʻshanda meni sevib qolganida hozir bittasi yonimda, bittasi qornimda boʻlgan farzandlarim boʻlarmidi... Axmoqona orziumdan qorinchamni silab qoʻydim. Mening ishim bu otamning pullariga yashash holoss. Mm

Opani qoʻlida gul yoʻq ozizlarim

Tuxumni boʻlaklab lablarim orasiga olgan zahotim telefon ovozi tinchligimni buzdi. Displeyda "Ell203" koʻrinib turardi. Darhol telefonni qoʻlimga oldim.

17:00.
Tayyorlanib yoʻlga chiqgach toʻgʻridan toʻgʻri taxi bilan swarovskiyga yetib keldim, taxi ozgina shubhali Tuyilmoqda, balki 203 ning soʻzlaridan soʻng shunday oʻylayotgandrman. Bu yerga kirgach otam ularga sotgan taqinchoqning soʻnggi toʻlovini olaman, anchagina tanbehlar va bir finjon qaxvadan soʻng qaytib chiqaman ha huddi shunday, chuqur nafas oldim va taxiga narxini talab tushdim.

Bir necha qadamdan soʻng oʻylab ham oʻtirmay qarshimdagi kichik binoga kirib bordim, meni kutib olgan kotiba esa qarshimga kelib chuqur bosh egd.
— hush kelibsiz Meadows honim,
— hush koʻrdim goʻzalim, qani yoʻl boshlang.
Muloyim ovozim har doimgi kabi buyruqli, albatta ahir men... Meadows Saphira man.


Jungkook swarovskiyga yaqin mashinalar turar joyga kelib toʻxtadi. Vaqt boʻlib qoldi. U telefonini qoʻliga oldi va Ellaga qoʻngʻiroq qildi.
— men oʻz joyimdaman, qoʻngʻiroq qilishing shart emas.
Jungkook hatto nafas olishga ulgurmay telefon oʻzga tarafdan oʻchdi.
- Axmoq psix gaplarimni eshitsa oʻlib qoladi bu qiz uff.
18:00. Saphira binodan chiqgach taksi chaqirish uchun telefonini qoʻliga oldi. Nogoh shoshilib kelayotgan bir ayol qizga bexosdan urilib ketarkan ayolning qoʻlidagi olmalari sochilib ketib Saphiraning yiqilib ketishiga oz qolgandi.
— yoo hudoyim uzut soʻrayman kechiring meni,
Ayol qizni turgizib kiyimining yenglarini sochlarini qoqgan boʻldi, - hech qisi yoʻq honim hijolat boʻlmang, keling ularni terishga yordam beraman,
Ikkisi ham olmalarni terib boʻlgach yirtilib qolgan paketga bir amallab joylashtirishdi. Saphira paketning bir qancha joylarini qarab turgan vaqt ayol oʻrnidan turib atrofga qarab gapirdi.
— men chaqirgan taxi kelibdi,, u qizga qaradi - qani yuring siz uchun ham oʻzim toʻlayman.
Soʻng qiz rozi boʻldiyu hijolatgina boʻlib ayol bilan birga mashina kelib chiqishdi.. - sizni ham kuttirib qoʻydik janob, marhamat qilib shu manzilga haydasangiz,, ayol taxsistga murojat qildi - albatta honim.
Mashina sekin astalik bilan yurgiza boshlangach ayolning manzili tomon yoʻl olindi. Saphira jim taxsistning orqa oʻrindigʻida oʻtirib ketardi. Shunda ayol unga yana yuzlanib qirmizi katta olmani unga uzatdi. - yordamingiz uchun tashakkur, ha aytgancha men siz uchun ham toʻlayman.
U olmani qizning qoʻliga tutqazgach mashina bir katta bino yonida toʻxtadi.
— uyingizga yaxshi yetib oling. Ayol jilmayibgina mashinadan tushib ikki kishi uchun toʻladi. Saphira yana ham hijolat boʻlgancha raxmat aytgach eshiklar yopilib sezilmas darajada qulflandi.
' olmani tamini his et boʻlajak gʻunchaginam, biz yangitdan juda katta kitob barpo etamiz..'
Mashina shinalari harakatlanar ekan haydovchi hech manzil soʻramasdi. Bu Saphirani yana ham shubhalantirib borayotgandi toki haydovchining soʻzlarigacha - uyingiz qay tomonda honim.
Haydovchiga manzilni aytgach sezilar sezilmas chuqur nafas olgan Saphira endilikda biroz jilmaydi. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. U kafti orasidagi olmaga bir nazar tashlab yoyilgan lablari orasiga olib kelib, tishlari bilan uni baxam koʻrdi. Yigitning quloqlari orasiga kelgan chayqalish ovozi uni ham yanada jilmayishga majbur etardi. Ammo niqob ortidan hech nima bilinmas va bari oddiy va jim edi. Taxsist oʻz hayollari ogʻushiga berilganicha mashinani mohirlik bilan haydardi toki yelkasida qiz bolaning kaftini sezmaguncha,
— nimadir boʻldimi?
U mashinani biroz sekinlatdi.. - ouvv kechirasiz men mashina tezligidan shunchaki sidinani ushlamoqchi edim,. u kaftlarini yigitning yelkasidan oldi.. iyagi va lablaridagi terlash sabab yigit bexosdan niqobini tushurar ekan burniga qattiq bosilgan mato va undagi oʻtkir hid uni ortiqcha harakat uchun cheklab qoʻydiyu ortiqcha qarshiliklarsiz hushidan ketti. Yana ham hursand boʻlgan Saphira mashina oldiga amallab oʻtib yigitning qoʻyniga joylashdiyu rulni oʻz qoʻliga olib biroz panaroq joyda toʻxtatdi.

- mashinani bir chetda toʻxtatdim. Hali ham ishonmayapman, bu boʻlishi mumkin emas. Men uni topdim jin ursin. Hozir esa uning qoʻynidaman, u iliq... Jinni boʻlib qolaman hozirrr. Tezda oʻzimni nargi oʻrindiqga olib unga qaradim yuzini yashirgan niqobi uni avaylabgina yechib tashladim. Huddi oʻzi. 1826 kun qanday boʻlgan boʻlsa huddi shunday. Oʻzimni quyonginam isming soʻramabmankuu, - u biroz oʻylanib qoldi. Hayolida kechayotgan no aniqliklar, shuncha vaqt ichidagi hohish va sogʻinch. Ikki kaftini uning yuziga qoʻyib siladi. Yumuq koʻzlaring kipriklariga lablariga qoshlariyu yuzidagi chandiqqa termuldi.
— sen boshlagan rejani oʻzim tugataman quyonginam. Bizning sahifamiz yangitdan boshlanadi.
Uning kulib turgan yuzi, koʻzlari quvonchdan porlardi. Bu sanani ham muhrlash hech narsa emas. Balki yillar oʻtib ham ular shu kunni eslab quvonishar.
— bir qancha daqiqalardan soʻng saphira telefonini izlab topib qoʻngʻiroq qildi.
- soʻzla. bizning manzil qayerda.
- unchalik ham uzoq emas, hozr mashina joʻnataman, undan keyin vertolyot bilan birga jungkook tayyorlab qoʻygan uyning tom qismiga qoʻnasizlar. Havotir olma suyuqlikning dozasi kuchli uzogʻi ertalabgacha dong qotib uhlaydi. Endi meni butunlayga tinch qoʻying.
Qoʻngʻiroq Ell203 tomonidan yakunlangach lablarini tishlab uni eshitib turgan saphira telefonni orqa oʻrindiqqa otib yuborib jungkook tomonga yana ham yaqinlashdida uning keng koʻksiga suyanib bir qancha soatdan soʻng kelishi kerak boʻlgan mashinalarni kutayotib uning qora paltosini tashqi va ichki choʻntaklarida qidiruvni boshlab yubordi. Va nihoyat topilgan jungkookning hamyoni sabab qidiruvni chuqurlashtirdi. Hamyon ochilgach uning oʻng tomoniga avaylab qistirilgan rasm Saphiraning etiborini tortdi. Bu 7 yil oldingi agentlikda pasport uchun tushilgan rasmi edi Saphiraning.. !


Va bu kichik hikoya yakunlandi.
Kim Ella - nocturnal dreamer