July 10

𝗤𝗔𝗟𝗕 𝗤𝗜𝗖𝗛𝗤𝗜𝗥𝗜𝗚ʻ𝗜 ' 𝟬𝟭

| 𝓼𝓮𝔁𝓾𝓪𝓵 𝓬𝓸𝓶𝓶𝓲𝓽𝓶𝓮𝓷𝓽

Kuz yomgʻiri uzluksiz sharros yogʻardi. Osmondan tomchilayotgan har bir tomchi suv - qalbi Hira tortgan yuraklarning ohangiga tushardi.

Qora liboslar, qora soyabonlar va yuraklar ham qoraga borgandi
Uyning hovlisida ayol kishining dafn marosimi davom etardi. Tobut asta sekin koʻtarilar, uyni ogʻir sukunat qamrab olardi. Murdaning ikki farzandi Seokjin va Ella jimgina koʻz yoshga botgan koʻyi otasining qaytishini kutishardi. SeokJin endigina 16 yoshni qarshilagan yosh yigit boʻlsada oʻzini tutishga, kuchli boʻlishga harakat qilardi. Singlisi Ellani ovutishga harakat qilib goh gohida uning nam kipriklarini oʻzining kafti bilan artardi. Uning yuragidagi ogʻriqni koʻzlaridan yaqqol sezsa boʻlardi.

Yana bir nechta odamlar tobutni harakatga keltirilar, yomgʻirdan hoʻl boʻlgan yerda oyoqlar silliq sirgʻanardi. Qattiq shamol esib odamlarning badanini sovuqdan titratardi. Bu kun kuzning eng sovuq va eng quvonchsiz kuniga aylangandi.

Toʻsatdan koʻchadan bir erkak yugurib kela boshlagandi. Uning ust boshi shalabbo, nigohi sarosima, aybdorlik hissiga toʻla edi m. U uy tomon qadam tashlar ekan uch ichidan 'ayolim oʻlmasin, oʻlmagan boʻlsin, ey hudoyim' deya oʻtin ila tashvish bilan shoshilib kelardi.
Erkak uyning hovli eshigidan kirib kelgan zahoti muzlab qolgandek toʻxtab qoldi. Koʻz oldida turgan manzara uni larzaga solgandi: tobut 4 erkak tomonidan koʻtarilib chiqayotganini koʻrib yuragi orqaga tortib ketdi goʻyo. Ogʻir nafas olgan koʻyi orqaga bir qadam tashladi. Qadamida afsus va aybdorlik hissi ufurib turardi. Bir lahza tikildiyu tobutni bir burchagidan koʻtarib kelayotgan oʻgʻliga qaradi, hech boʻlmaganda ayolini soʻnggi manzilga oʻzi joʻnatishi kerak boʻlgan oʻylar bilan oʻgʻli Seokjinning yonidagi erkak bilan joy almashdi. Uning qalbi qichqirar, faryod qilardi. Ammo endi kech. Hech bir qichqiriq va afsus nadomatdan foyda yoʻq edi.
- u ayolini chin dildan sevib ardoqlardi, undan oʻzgasini demasdi, lekin ohirgi faqiqalar va taqdir uning sevgisi poyonini istagandi.

Oradan kunlar haftalar oʻta boshladi. Erkak asta sekin oʻzini koʻtarishga oilasini hech qanday kamchiliksiz oʻstirishga tirishib kichik kichik bizneslarini kattalashtira boshladi bu qanchalar oson va oʻzini chalgʻitish uchun boʻlmasin ayolining siymosi kpz oʻngidan ketmasdi, batamom unutay deyishning oʻzi axmoqlik edi. Uning qizi ayolining huddi oʻzi, har safar Ella ga qaraganda ayolini eslagan kabi qalbi ogʻrinar bir tomondan buning uchun sevinardi. Oradan yana 2 yil oʻtdi. SeokJin balogʻat yoshiga yetgan koʻrkam yigit boʻlib ulgʻaygandi, shu yoshigacha hech qanday qiz bilan boʻlmadi. Bunga sababni oʻzi ham bilmasdi. Keyinchalik ishlashdan koʻra oʻqishni tanlab chet elga joʻnab ketti. Katta hovlida esa ota va qiz qolgandi holos.
Vaqtlar oʻtgan sari oʻtib borardi. Ella akasi kabi bilimli va qatʼiyatli mukammal boʻlib oʻsib borardi. Lekin undagi yagona kamchilik ota mehrining yoʻqligi edi. Otasi uning yuziga hech qaramas undan oʻzini olib qochar, savol bersa qischa javob qilardi. Qiz esa har bir qadamda otasidan etibor kutardi. Uni hursand qilish uchun bor kuchi bilan oʻqir, musobaqa imtihonlarda 1 - oʻrinlarni olishga jon jahdi bilan harakat qilardi.. Bari shunchaki etibor va mehr uchun edi. Lekin endilikda befoyda boʻlardi.

Ella

— 2019 yil, 15 - dekabr.
Tong saxargi sohil boʻyining sovuq shamoli. Hali quyoshning yorishish niyati yoʻq. Qishning sovuq va tartibsiz shamoli - koʻp ichganidan mast boʻlib, oyoqlarini toʻgʻri bosolmay yurayotgan qizning yuziga urilib sochlarini uchirardi.

— tugʻilgan kunim bilan - osmonga qarab telbalarcha kulardi. Hayotimning 19 yili bilannn uni ham bir joyimga tiqvordim hmhmhmm.
Keyinchalik boshini pastga qaratib jim boʻldi.
Qirgʻoq boʻylab sekin yurib borarkan mastlik uni yurishga qoʻymasdi.
U oyoqlari ostidagi yogʻojdan yasalgan, dengiz ustidan oʻtuvchi tor yoʻlak koʻrik boʻylab yurishda davom etdi. Oyoqlari taqillab ovoz chiqarar, ammo bu ovoz ham unga begona.
Nihoyat koʻprikning ohiriga yetgach biroz engashib oyoqlarini osiltirib oʻtirib oldi soʻngra chap qoʻlini orqaga tayan unga suyandi goʻyo, boʻsh qoʻli bilan toʻq jigarrangli paltosini ichki choʻntagidan kichik shisha chiqardi. Unga qarab turib yana kuldi. Hozirda unga taskin balki mehr ham beruvchi faqatgina shu Soju deb oʻylardi. Shishaning ogʻzini tishlari orqali ochgach ogʻiz boʻshligʻidagi shisha qopqogʻini tupurib lablari bilan uni birlashtirdi. Tomogʻidan oʻtgan har bir qultum uni yanada qizartirar tinmay kulishga sabab qilardi.
'hayotimning 19 yili va u ham kiradigan joyiga kiradi, otangni hatto hayolida ham yoʻqsan, oʻzimni yetimdek his qilyapman, yo hudoo.'
Toʻsatdan telefonning yoqimsiz jiringlashi uni hayolotdan uzoqlashtirar ekan be farosatsizlik sabab muzlab qolgan shisha uning barmoqlari orasidan sirgʻalib lop tushib ketti suvga.— sen ham mendan ketmoqchimisan aa, yoʻq men seni ketkazolmayman.
Gaplarining soʻnggida koʻziga juda yaqin koʻringan dengizga qoʻl uzatib hayolida shishani oldiyu yani bir choʻzilish bilan oʻzi ham suvga tushib ketti.


Kim Ella nocturnal dreamer
Elagant fanfic