𝑫𝑬𝑺𝑰𝑹𝑬 𝑭𝑶𝑹 𝒀𝑶𝑼 || eP 4
«Eslatma Liam { jk }, Jozafina { girl }»
•
•
Oʻsha bir xonali baliqchining uyi. Bir eshik va birgina deraza... Bari yopiq. Allaqachon tun boʻlgandi. Xona ichi zimiston edi, hona burchagida u oʻtirardi. hatto Liamning nafas tovushlari chiqmas bir nuqtaga tikilgancha kiprik qoqardi.. uning fikriyu hayoli qizning soʻnggi qichqiriqlarida edi.
Shunchaki yaxshi hayot kechirmoqchi edim... Oddiygina baliqchi boʻlib, oʻz suyukligim bilan tinch hayot kechirmoqchi edim... Lekin baliqchi boʻlib baxtli boʻlishga xaqqim yoʻq ekan. Hhh na kulaman na yigʻlayman. Qanday insonman oʻzi. Hayotimdagi yagona yorugʻligimni arzimas chaqaga berib yubordim. Vada berib bajarmadim..
Balkiiii agar oʻsha kuni bozorda bir necha insonlarning "baliqchi ham odammi, yo xudo bunga kim ham tegardi, gʻirt qashshoq" degan gaplariga oldingi kabi etibor bermaganida hozir uning yagonasi yonida quchogʻida boʻlarmidi...
Liam sekin qaddini koʻtardi. U qasos olishi kerak. U sevgi tufayli qasosini unutgandi.. va uning eng katta xatosi ham shu. Liam endi qasos oladi... Va malikasini qaytarib oladi, majburlab boʻlsa ham!
Yarim tun edi. Malikani sotgan pullarni va uning malikalik tumorini oldi.. Liamning fikri hayoli oʻz suyuklisida boʻlsada baribir qasos olish shart. Uydan chiqib yoʻlga otlandi. Endigi manzil Valtar qirolligi edi!.
—
Jim hukm surayotgan bu saroyda hech kimning koʻziga uyqu kelmasdi. Nega?
Qirol ne ne orzu umidlar bittayu bitta qizini voyaga yetkazdi. Yetkazdiyu lekin... Farzandi uning orzu istaklarini puchga chiqardi.
. . . Oʻzimning ham aybim bor bunda. Agar istaganin qilganimda bunday boʻlarmidi. Oʻgʻlimni ham eng suyukli oʻgʻlimni ham, shaytonga boʻysunib bu dunyodan koʻz yumdirdim. Qanday bad bax insonman. Na qirol va na ota nomiga loyiq emasman. Oʻtirgan taxtimga loyiqmanmi aslida.. oʻyga berilib oʻtirgan chogʻim eshik taqilladi. 'kiring' kirib kelgan askarim boshini quyi egdi.
— xabaring yaxshi boʻlsa soʻzla, uning aksi boʻlsa tabimni xira qilma.
— kechiring meni Qirolim. Lekin aytmasam boʻlmas.
Degan askardan hafsalam pir boʻldi.
— unda boshla!
— baliqchini topa olmadik, u allaqachon yurtimizdan ketgan..
— yerga kirgan boʻlsa qulogʻidan, osmonga uchgan boʻlsa oyogʻidan tortib boʻlsada topib kel uni.
— umringiz bosh ustiga Qirolim!
Deya chiqib ketdi u.
— jin urgur Lanati. Hali meni kimligimni bilmapti. Qizimni shu koʻyga soldiyu ketdimi, oyoqlarim ostida boshing koʻrmaguncha tinchimayman.
Asabiylik qirolni yeb bitirardi. U qasos olishni istardi, qizining ahvolidan oʻzi ham uyaldi. Nega uyalmasin. Qaysi ota bunday boʻlishini istardi..
Tong yorishgandi allaqachon quyosh chiqib boʻlgan. Lekin malika hali ham uyquda. Uyqumi yoki holsizlik?.
Malika Jozafina keng bogʻda edi. Yam-yashil maysalar uning tanasini erkalar goʻyo qitiqlaydi. Lekin uning koʻngliga bu sigʻarmidi.. uning chap qoʻli qornini silardi.
— loviya kabi mitti. Seni ablax otangga bermayman. Sen faqat meni farzandimsan.
Qizning koʻzlaridan sekin yosh dumaladi. Allaqachon akasi Solomonning oʻlimidan habari bor koʻngli taskin topmaydi.
Unchalik uzoq boʻlmagan bogʻ eshigidan bir qadam ham kirmagan Junior qizni kuzatardi. U akasining oʻlimida qirolning qoʻli bor ekanini bilsada. Bunga aybdor faqatgina singlisi edi
— endi seni singil oʻrnida koʻraymi?.
.. Togʻlar quchogʻidagi sokin, biroq qudratli yurt. Atrofni mangu yashil oʻrmonlar, gʻira-shira tuman bosgan vodiylar, sirli daryo va sehrli guldastalar bezab turardi. Har tong yengil tuman orasidan quyosh nurlari yer uzra tushar, tun esa samoning toʻlin oyida choʻzilgan afsonadek sokin boʻlardi. Bu yurt goʻzal edi, ammo bu yurtning eng goʻzal gavhari kenja malika Ella edi.
Ella... nafis, jozibali, sirli. Uning har bir qadamida nafosat, har bir nigohida sehr yashirin edi. Uning chehrasiga bir marta boqgan kishi yuragidan joy ajratmasdan qutula olmasdi. Shahzodalar, lashkarboshi va oddiy yigitlar barchasi unga oshiq, lekin hech biri uning qalbiga yetib bormagan.
To shu kechga qadar...
O‘sha kecha saroy devorlariga soya bo‘lib tushgan begona nigohlar malikaning qalbini bir zumda qamrab olgan edi. Sirli, zulmatga toʻla, gʻalati tanish... Malika oʻsha kechani unutolmadi yo‘q, kechaning oʻzini emas aynan u nigohlarni.
Oradan uch kun oʻtgach, malika saroy xizmatkoridan chaqiruv oldi: Qirol uni taxt xonasida kutmoqda edi.
— Meni koʻrmoqchi ekansiz, oliy hazratlari, deya yengil egildi Ella, sadoqat ila.
Qirol unga tik qaradi. Uning yuzida gʻam va ehtiyotkorlik ohangi bor edi.
— Meni eshit, qizim, dedi qirol.
— Bugundan boshlab senga shaxsiy qoʻriqchi tayinlayman. Bilasan, dushmanlarimiz chetda emas. Har qadamda xavf.
— Shaxsiy qoʻriqchi deysizmi?.. dedi Ella, hayratni yashirgancha. So‘ng asta bosh irg‘adi..
— Xoʻp boʻladi, oliy hazratlari.
U bilardi otasi qaror qilgan boʻlsa, bahsga o‘rin yo‘q.
— Liam, dedi qirol baland tovushda.
Eshik ochildi. Og‘ir qadamlar ostida bir erkak zaldan o‘tdi. U to‘g‘ri malikaning yonida to‘xtab, qirolga chuqur ta’zim qildi. Uning borligi zaldagi havo og‘irlashtirgan edi.
— Ketishing mumkin, malika Ella, dedi qirol. Qiziga qaradi, so‘ng erkakka koʻzida ogohlantiruvchi chaqnash bor edi.
Ella chiqib ketdi. Qirol esa sekin ovozda davom etdi.
— Bugundan boshlab sen mening qizimni qoʻriqlaysan. Har narsadan, har kimdan. Ammo agar unga nisbatan nojoʻya harakat qiladigan boʻlsang oʻzingdan oʻpkala.
Liam hech narsa demasdan boshini egdi va zaldan chiqdi.
Liam (Pov): “Sendan albatta qasos olaman, qirol... Sening o‘rning — meniki edi. Mening otamni o‘ldirding. Meni taxtdan mahrum qilding. Endi esa... Qizing seni oʻldiradigan his-tuyg‘ularing eng zaif nuqtang boʻladi. U seni achchiq qismatingga yetaklaydi...”
Liam malikaning xonasiga yetib bordi. U ohangdor, og‘ir tovush bilan eshikni taqillatdi.
— Kiring, degan tovush yangradi ichkaridan.
Eshik ochildi. Malika Ella unga qarshilik qilmay, uni ko‘zlari bilan kuzatdi. Unga xizmatkorlar yonidan o‘tishda engilgina bosh egdi.
— Demak, meni qoʻriqlaysiz,
dedi malika yengil kinoya bilan, uning nigohlarida hushyorlik aralash qiziqish bor edi.
— Ha, malikam. Bugundan boshlab siz mening e’tiborimdasiz, dedi Liam, qad rostlab, lekin sadoqat bilan bosh egarkan.
Ella (Pov):
“Bu yigit... Yo‘q, bu yigit emas. U —erkak. Baland boʻyi, qorong‘u nigohlari... Kuchli yelkalaru, temirdan quyilgandek jussasi... U avvalgilar kabi emas. Va albatta... bu ham meni sevib qoladi. Chunki men oʻta goʻzalman...”
-
Uzoq yillardan beri birorta tush ko‘rmagan Malika Ella o‘sha kechasi beixtiyor larzaga keldi. Tun horg‘in edi. Saroyda sukunat hukm surardi, faqat shamol eshikka sekin urilib, sirli g‘o‘ng‘iroqlar chalayotgandek edi. Yomg‘irning yengil tapillari devor ortida sokin yurak urishidek eshitilardi.
Uxlab yotgan Ellaning yuzi birdan titray boshladi. U tush ko‘rayotgan edi... Qorong‘ulik, dahshatli qop-qora zulmat ichida birdan onasining qiyofasi paydo bo‘ldi.
– O‘lib ketttt...deya qichqirdi onasi dahshatli, o‘zgacha bir ovozda.
Ella titradi. Qorong‘ilik uni bo‘g‘ayotgandek edi. Tushda ham, haqiqatda ham u yig‘lay boshladi. Nafasi tiqilib, ovozi chiqmayotgandek bo‘ldi.
– Yo‘q... yo‘q... iltimos,... onaa.. deya shitirlagancha yig‘lab, ko‘z yoshlarida cho‘kib borardi.
To‘satdan og‘ir, lekin tinchlantiruvchi qo‘llar uning yelkasidan tutib, o‘rnidan turdi. Yelkasiga qattiq, ammo mehr bilan bosilgan qo‘llar... va quloqlariga yengil, ammo shijoatli ovoz singib bordi.
– Tinchlan. Men shu yerdaman.
U hamon tushdagi onasini ko‘rayotgandek edi. Tana qaltirardi, lablar titrardi. Va birdan erkakning ko‘ksiga mushtlab ura boshladi.
– O‘lishni istamayman... tinch qo‘ying onaaa... onaaa! deya yalinardi u. Bu so‘zlar Liamning yuragini teshib o‘tgandek bo‘ldi.
Liam uning yelkalarini ohista quchib, qo‘llarini beliga o‘rab.
–Men... Liamman. Men yoningdaman.dedi past, ishontiruvchi ohangda.
Qiz yig‘isini davom ettirar, ammo endi nafrat emas, og‘riq va yolg‘izlik to‘kilar edi ko‘z yoshlaridan. Yarim soatlar o‘tib, yig‘i asta tingladi. Ammo u hamon uxlay olmasdi. Liamning iliq bag‘rida, yurak urishini tinglab jim bo‘lib qoldi.
Birdan, titroq bilan, sekin ovozda so‘z boshladi.
– Peshonamdan o‘pib qo‘ying... dedi u, bo‘g‘iq tovushda.
Liam hayratda, jim qoldi.
– Har safar yig‘laganimda holam peshonamdan o‘par edi. O‘shanda yuragim tinchlanardi... iltimos.
Liam yuragini ushlab, chuqur nafas oldi. Nihoyat, asta egilib, lablarini qizning peshonasiga qo‘ydi. Sovuq, ammo beg‘araz lablar... o‘pdi.
Ella go‘yo yengil nafas oldi. Ko‘zlarini sekin yumdi. O‘sha dam hech qachon tugamaydigan sukunatdek tuyuldi malikaga.
Liam asta o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi. Lekin endi qadam tashlayman deganida... bir qo‘l uni tutdi.
U ortiga qaradi. Qorong‘ida Ellaning nigohlari porlab turardi.
– Rahmat... dedi u ohangda, sodda,
So‘ng qo‘lini sekin qo‘yib yubordi.
4 oy o‘tdi...
Malika Ella endi o‘zini bilmasdan Liamni kuzatadigan bo‘lib qolgandi. Uning ko‘zgudagi aksini, yurishini, hatto sukunatini tinglardi. Yuragi asta-sekin sirli bir tuyg‘uga chirmashgan edi. U buni tan olmasdi, lekin bu tuyg‘u uni kechalari uyg‘oq qoldirardi...
Ammo Liam... Uning qalbi faqat boshqa bir ayol bilan yashardi. U Malika Ellani hurmat qilardi, ammo sevmasdi. Chunki u faqat oʻz suyuklisini sevadi.