July 11

𝗥𝗘𝗔𝗞𝗦𝗜𝗬𝗔

·

Kechki shom. Yengil shamol derazani ohista qoqardi. Xonada faqat iliq yorug‘lik va kechki jimlik hukmron. Biroq bu jimlik ichida yurak urishlari va nafaslarning ohangdor uyg‘unligi bor edi…
U asta qizning vujudi atrofida qo‘llarini chulg‘ab, ikkalasini ham iliq sochiqqa o‘radi. Nam sochlari yelkasiga ohista tushar, badani esa uning issiqligini eslab turgandek titrardi. Yigit hech narsa demadi. Shunchaki qizni o‘ziga yaqinroq tortdi va yengil qaltiragan qo‘llari bilan pianino tomon yo‘naltirdi…
"Chal..." pichirladi u, qizning barmoqlarini ohista klavishlarga olib borarkan. Qiz yurak urishlaridan taralayotgan ohangni sezgandek, ko‘zlarini yumdi va qo‘llarini pianinoning sovuq sirtiga qo‘ydi. Endi musiqa boshlanardi…

Luna titroq barmoqlarini pianino klavishlari ustida qimirlatdi, ammo chala bosilgan notalar sokinlikni buzib, xona ichiga taraldi. Taehyung boshini past egib, lablarini Luna ning yelkasiga engashtirdi. Nafasi shunchalar yaqin ediki, Luna beixtiyor ko‘zlarini yumdi.
"Chal..." yana bir bor takrorladi u, ovozida talabchanlik sezilar-sezilmas aks etib.
Luna yengil bosh irg‘adi. Qo‘llari pianinoga asta tushib, ohang yaratishga harakat qildi. Ammo taehyung harakatlarini kuzatib, ortidan barmoqlarini klavishlar ustiga qo‘ydi. Uning barmoqlari qizning qo‘llariga qoplanganida, tanasi beixtiyor titradi.
"Nima uchun bu qadar qaltirayapsan?" Taehyung pichirladi.
Luna javob bermadi. U hozir ham gapirib, ham chalib, ham yuragini bosib tura olmasdi. Ammo taehyung kutar, shoshilmas edi.
Shunda u sekin luna ning bo‘yniga lablarini bosdi. Issiqlik butun vujudini qamrab oldi. Luna endi notalarni aniqroq bosar, ularning uyg‘unligi xonani ohista titratardi.
"Shunday, Reginam... Endi faqat chal. Qolgani esa... mening qo‘limda."
Taehyung

Taehyung

Luna ning barmoqlari ohista notalarni bosar, biroq harakatlari ishonchsiz edi. Taehyung ning kafti hali ham uning kaftini qamrab olgan, bu esa qizning yurak urishini tezlashtirardi. Xona ichi faqat pianino tovushlari va ularning og‘ir nafaslariga to‘lib borardi.
Taehyung sekin Lunaning bo‘ynidan yuzini ko‘tarib, qulog‘iga yaqinlashdi. Luna beixtiyor ko‘zlarini yumdi. Uning nafaslari notekis edi.
"Qo‘rqqaningni sezib turibman,"
Taehyung ovozini pasaytirib. Luna esa o‘zini qo‘lga olishga harakat qilib, boshini bir oz chayqadi.
Taehyung jilmaydi.
"Agar titrashda davom etsang, seni yana yuvintirishga to‘g‘ri keladi," shivirladi u.
Luna ning qo‘llari shu onning o‘zida harakatsiz qoldi. U ko‘zlarini ochib, qarshisida aks etayotgan qora va oq klavishlarga tikildi. Yuragi g‘alati urardi vahm va qiziqish orasidagi nozik chegara.
Taehyung esa shoshilmasdi. U sokinlik ichida qizning reaksiyasini kuzatar, barmoqlarini luna ning nozik bilagidan olib, beli atrofida mahkam bog‘ladi. So‘ng, yana past ovozda so‘zladi.
"Davom et. Lekin endi sening musiqang bo‘ladi."
Luna chuqur nafas olib, barmoqlarini yana klavishlarga bosdi. Bu safar musiqa o‘zgarib, yanada chuqur ohangga aylandi. Ichki hislaridan qochish uchun u chalishi kerak edi.
Taehyungning qo‘llari esa hamon uning belida edi.

Luna barmoqlarini klavishlar ustida yurgizarkan, musiqaning ohanglari xona ichiga singib borardi. U har notani aniq eshitishga harakat qilardi, lekin atrofidagi harorat va taehyung ning yaqinligi uning diqqatini chalg‘itardi.
Taehyung esa sokin jilmayib, unga tobora yaqinlashardi. Luna ning yelkasiga yuzini yaqinlashtirib, ohista shivirladi
"Sen pianino chalayotganda... juda chiroylisan."
Uning ovozida qandaydir yengil shirinlik bor edi, bu esa Lunani yanada hayajonlantirdi. U o‘zini qo‘lga olishga harakat qilib, lablarini qattiq qisdi. Barmoqlari pianino klavishlarida harakat qilishda davom etardi, lekin yuragi... u o‘z maromini yo‘qotgandi.
Taehyung qo‘llarini qizning sonlari ustiga qo‘yib, sekin harakat qildi. Luna beixtiyor qaltiradi, lekin qo‘llari musiqani chalayotgancha qolaverdi.
"Nega to‘xtading?" sekin kulimsiradi taehyung.
Luna chuqur nafas olib, o‘zini yig‘ib oldi.
"Men... men to‘xtamadim," shivirladi va ohangni davom ettirdi.
Taehyung esa undan ko‘z uzmay, uning har bir harakatini kuzatardi. Xonada faqat pianino ovozi va ularning nafaslari yangrar edi. Taehyung asta egilib, Luna ning bo‘yniga lablarini engashtirdi. Uning lablari issiq edi, bu esa Luna'ning tanasini yana bir bor titratdi.
"Shunaqa... davom et. Menga aynan shunday yoqadi,"
Taehyung pichirlab.
Luna ich-ichidan bilardi: bu faqat oddiy pianino chalish emasdi. Bu ohang ularning hislarini, nozik bog‘liqlikni aks ettirar, yuraklarini bir ohangga jo‘r etardi.
Taehyung luna' ning orqasidan kelib, qulog‘iga yaqinlashdi. Nafasi issiq edi. U lablarini qizning qulog‘iga ohista bosib, juda sekin pichirladi
"Tug‘ilgan kuning bilan, Reginam..."
Luna beixtiyor ko‘zlarini yumdi. Butun tanasidan mayin titroq o‘tdi. Taehyung ning ovozi shunchalik past va sokin ediki, yuragining urishi aniq eshitilar, har bir so‘zi titroq bilan singardi.
Uning lablari ho‘l, issiq va shirin edi. Shu lahzaning o‘ziyoq yetarlicha edi.
Luna yuragini bosib olishga harakat qilgancha, sekinlik bilan lablarini qimirlatdi. Ovozi zo‘rg‘a eshitilar, go‘yo pichirlab gapirgandek
"Tug‘ilgan kunimni... balki nishonlarmiz?"
Taehyung esa bir lahzaga jim qoldi, keyin esa hirillab kuldi. Uning kulgusi past va jozibali edi, quloqlarda yoqimli aks-sado berardi.
U Luna ning yelkasiga yuzini yaqinlashtirib, lablarini ohista bosdi. Nafasi issiq edi. Keyin pichirladi
"Albatta, go‘zalim... albatta nishonlaymiz."
U yana bir bor Luna ning bo‘ynidan o‘pib qo‘ydi. Luna beixtiyor qaltiradi, ammo o‘zini yo‘qotmaslikka harakat qildi.
Taehyung uning nozik barmoqlarini pianino klavishlariga yetakladi va qoshlarini biroz ko‘tarib, jilmaydi
"Shirin tun bilan nishonlaymiz... Davom et, Reginam. chal..."

Vaqt o‘tib, Taehyung yengil ohangda gapirdi
"Tayyorlan, Reginam. Kechamiz endi boshlanmoqda."
Luna yotoqda yotgancha unga qaradi. U allaqachon ich ichida qanday kiyinishni hal qilgandi. Nihoyat, sekin o‘rnidan turdi va chiroyli libos kiyish uchun tayyorlana boshladi.
Bu orada Taehyung allaqachon tayyor bo‘lib, chiroyli kostyumda yaltirab turardi. Sochlari mukammal taralgan, ko‘zlarida esa o‘sha o‘ziga xos, sirli joziba bor edi. U xonada Luna' ning harakatlarini kuzatar, qizning har bir qadamidan zavqlanardi.
Luna juda jozibali kiyinib, so‘ng oxirgi harakatini qildi sochlarini yengil to‘g‘rilab, lablariga mayin jilmayish berdi. Taehyung esa shu ondayoq buni sezdi. U hech ikkilanmay, Lunaga yaqinlashdi va uni belidan ohista tortib, quchdi. Uning lablari Luna ning qulog‘iga juda yaqin kelib, past ohangda shivirladi.
"Juda go‘zalsan..."
Luna unga mayin jilmayib qaradi va yengilgina kulib qo‘ydi.
Shundan so‘ng ular Taehyungning hashamatli mashinasiga o‘tirib, shahar chiroqlari ostida harakatlana boshlashdi. Kechki shamol derazalardan ohangdor shivirlar singari kirib kelar, bu esa kechaning jozibasini yanada oshirardi.
Manzil butun kechaga faqat ular uchun band qilingan restorandan boshqa joy emasdi.
Shahar chiroqlari mayin titrash bilan oynadan aks etib turar, osmon esa tungi sirli pardaga o‘ralganday jimjit edi. Restoran ichida esa butunlay boshqacha muhit hukmron hashamat va romantikaning uyg‘unligi sezilardi.
Katta, yuksak shiftli zal iliq yorug‘lik bilan to‘lib turar, har bir stol ustida esa mayin oltin rangda tovlangan chiroqchalar yaltirardi. Marmar silliq stollar, nozik qilib joylangan chinni likopchalar va nafis shampan bokallari bularning barchasi kechaning unutilmas o‘tishi uchun yaratilganday edi.
Derazadan ko‘rinib turgan baland osmono‘par binolar shaharning go‘zalligini yana ham oshirar, ularning miltillagan chiroqlari restorandagi xira yoritilgan muhitga o‘ziga xos joziba qo‘shardi. Atrofni mayin fon musiqasi to‘ldirib, bu joyni chinakam romantika qal’asiga aylantirganday edi.
Orqaroqda ofitsiantlar chiroyli va ohangdor harakatlar bilan mehmonlarga xizmat ko‘rsatar, sekin ohangda so‘zlashayotgan odamlarning tovushlari muhitga beg‘amlik va sokinlik baxsh etardi. Restoranning ichki qismi shunchalik nafis ediki, go‘yo bu yer vaqt to‘xtab qolganday tuyulardi.
Bu tun maxsus tun. Bu joy faqat ular uchun.

Taehyung mashinadan tushishi bilan asta Luna tomon o‘tib, unga eshik ochdi. Kechaning mayin shabadasi ayolning yumshoq jingalaklariga tegib o‘ynardi. Taehyung yengil jilmayib, unga qo‘lini cho‘zdi.
– Qani malikam
ovozi mayin va ishonchli edi.
Luna ham jilmayib, uning iliq qo‘llarini ushladi. Taehyung ning barmoqlari ataylab sekin siqilganday bo‘ldi, xuddi uni bu kechada qo‘yib yuborgisi kelmaganday. U asta Luna ni mashinadan tushirdi. Atrofdagi shahar chiroqlari ularning qiyofalarini yoritar, ko‘zlari bir lahzaga bir-biriga qadaldi. Hech qanday so‘zsiz tushunish, hech qanday ortiqcha izohga hojat yo‘q.
Ikki yurak bir maromda urib, bir lahzaga to‘xtab qolganday bo‘ldi. So‘ng Taehyung boshini sal egib jilmaydi. Luna esa yengil kiprik qoqib, sekin kulimsiradi.
Ular shundoq ham yaqin edilar, lekin o‘sha lahzada go‘yo yuraklari yanada yaqinlashganday tuyuldi. Taehyung barmoqlarini Luna 'niki orasiga mahkamroq joylab, uni o‘zi bilan birga restoran tomon boshladi. O‘rtalarida hech qanday shoshilinchlik yo‘q, faqat osoyishta kechaning zavqidan bahra olishni istayotgan ikki inson bor, xolos.
Ular restorandagi oldindan zakaz qilingan joylariga joylashishgach, taehyung oldindan tayyorlab qo‘ygan xizmatkorlar birin-ketin o‘z ishiga kirishdi. Hammasi mukammal edi mayin shamlardan taralayotgan yoqimli yorug‘lik, kechki shahar fonida jimirlab turgan chiroqlar va stol ustidagi nafis bezaklar.
Bir necha daqiqadan so‘ng, qo‘lida skripkasi bilan bir ayol ularning oldiga keldi. U ikki yoshga hurmat bajo keltirib, tazim qilgach, iplar ustida nozik barmoqlarini harakatga keltirdi. Mayin kuy tinglovchilar qalbini sehrlardi.
Taehyung stol ustidagi qizil sharob rangli salfetkani bir chekkaga surib, asta turdi. Ko‘zlarida ehtirosli chaqnash bilan Luna'ga qo‘l uzatdi.
— Bir valsga ruxsat berasizmi, malikam?
Luna yengil jilmayib, barmoqlarini Taehyungning kaftiga joyladi. Ular mayin musiqa ostida ohista raqs tusha boshlashdi. Taehyungning qo‘llari uning belidan sirg‘alib, mahkam quchdi. Harakatlari ishonchli va jozibali edi. Luna esa uning yurak urishini his qilib, o‘zini erkin qo‘ydi.
— Kechamiz chindan ham sehrli,
pichirladi Luna.
— Chunki u sen bilan boshlangani uchun, Taehyungning tovushida yengil hushtakdek mayinlik bor edi.
Ularning nigohlari bir-biridan uzilmas, yuraklar esa bir urishda ohang topgandek edi.
Rass tugagach, ikkalasi yana joylariga qaytib o‘tirdi. Taehyung stol ostidan bir qizil qutichani oldi va tabassum bilan Luna tomon uzatdi.
— bu sen uchun.
Luna hayrat bilan qutini ochdi. Uning ichida nafis olmos taqinchoq yaltirab turardi. Yuragi tez urib ketdi.
— Juda chiroyli…
u sekin ovozda.
— Sen kabi,
deb javob qaytardi Taehyung.
U asta Luna'ning sochlarini yon tomon surib, bo‘yniga taqinchoqni taqib berdi. Barmoqlari qizning nozik terisiga tegib o‘tganda, u yengil titrab ketdi.
— juda goʻzal.
Taehyung, uning ko‘zlariga qarab.
Luna barmoqlari bilan taqinchoqni ushladi va jilmaydi.
— Rahmat… menga juda yoqdi.
Taehyung yengil kuldi va qizning qo‘lini kaftlari orasiga oldi.
— Sen xursand bo‘lsang, demak, kechamiz mukammal o‘tdi.
Ular yana bir muddat suhbat qurishdi. Restorandagi sokinlik, kechki shahar manzarasi, mayin musiqa hammasi ularni orzu va hissiyotlar dunyosiga yetaklardi. Nihoyat, kecha nihoyasiga yetdi. Taehyung Luna’ning qo‘lidan ushlagancha uni yana mashinaga olib bordi va oromli uyga qaytishdi.
Bu kecha esdan chiqmas, sevgi va nozik mehr bilan yo‘g‘rilgan tun bo‘ldi…


Cota bu mini ff boʻp ketti 🦦

Kim Ella - nocturnal dreamer
ELEGANT FANFIC