July 11

𝗤𝗔𝗬𝗦𝗔𝗥

•|𝓷𝓸𝓬𝓽𝓾𝓻𝓷𝓪𝓵 𝓭𝓻𝓮𝓪𝓶𝓮𝓻

Sahna ochiladi ]
— kamera yotoqxonaning yarim qorongʻi burchagidan ochiladi. Atrof kenggaygach ikki juftlik koʻrinish bera boshlaydi. Taehyung va Luna divan ustida yonma yon oʻtirgancha televizor pulti ustidan 'urush' qilishardi.

Luna koʻzlarini qisib pultni mahkam ushlab turardi.
- tae men hozir bu serialni koʻraman, axr kechagina koʻrdikku shu futbolingnii.

Uning qatiy ovozi taehyungning qoshlarini koʻtarib huddi 'sen jiddiy gapiryapsanmi A? ' degandek savolli qarash qiladi.
- Oʻsha serialingda biron narsa oʻzgaradimi oʻzii? Har kuni yugʻi, har kuni hiyonat. Futbol esa bu tarix, bu afsona.
U bemalol kerilib oʻz tomon yonini olardi.
- oʻsha afsonangni yutubdan koʻr unda.
Gapirish barobarida pultni orqasiga yashiradi qiz - men serialimni koʻraman..
Taehyung hafa boʻlgan misoli ayoliga bir necha soniya tikilar ekan hayolida allaqachon qitmirliklar tuzib boʻlgandi .
U sekin boshini egib uni lunani yelkasiga qoʻyib sochlariga yuzini yashiradi.
- yaxshi yaxshi kelishdik, faqatt.
U boshini qayta koʻtarib qovoqlari uyilgan qizga qaraydi.
- ertalabgacha yelkamni massaj qilasan
U qitmirona kulib endigi galda yuzi burishgan hotiniga bir qoshini qoqib qoʻydi.