𝗕𝗘𝗭𝗔𝗕𝗢𝗡 || 𝟵
Tong otishi bilan koʻzlarini sekin ochgan erkak qoʻynidagi qizni yana ham quchdiyu koʻzlarini takror yumdi. Kechasi sodir boʻlgan qizning qitmirligi va qoʻygan shartlari haqida eslab kulib qoʻydi.. qizning belida qoʻlini haraktlantirgan taehyung uning shirin iforidan mast boʻlish istagida qizning boʻynidan chuqur oʻpdi. Qizning tanasi esa hali ham uxlardi, lekin unga tegyotgan oʻzga tana uni uygʻonishga majburladi goʻyo.. sekingina bir koʻzini ochgan qiz uni quchib yotgan erkakga bir qaradi-yu unga ort oʻgirib yana ushlashga kirishdi. Doimiy koʻp uxlaydigan Alena endigi galda eri boʻlmish taehyung tomonidan uygʻotilyotgandi.. erkak gavdasini koʻtarib qizga yana ham yaqinlashdida uning yuzidan chimchidi.. shirin uyqusidan ayrilgan qiz bu safar ikki koʻzini ham ochdiyu unga tikilib turgan erkakga bir oʻqrayib qaradida, yopinchiq tagiga butkul kirdi. Qizning asabiy nigohi taehyungga yoqib tushdi. Yana ham uni asabiylashtirishni istab u ham yopinchiqni tagiga kirdi, qizning tanasini tagiga olib unga tikildi. Ayni damda lablarini uyqu bosgan qizni juda ham oʻpibb tishlab tashlashni istadi.. qizning koʻzi yumilgan koʻyi chuqur nafas olib koʻzini ochdida ustida turgan erkakga boqdi.. erkak esa yotoqga bosilgan kaftini tirsagiga almashtirib qizning yuziga yaqin keldi. Alena to bora uyalib qizargan yuzlari bilan unga boqarkan taehyung faqat bundan zavqlanardi. Qizning uyalyotgan tanasi va qarashlari uni qoniqtirardi... Uning lablari oʻzga labga yaqin keldiyu endi olaman deganida qizning qoʻllarini koʻksida his qildi. Qiz uni sekin itargan koʻyi koʻzini qattiq yumib olgandi.
— bunaqasi ketmaydi.. deya taehyung qizning nozik qoʻllarini bir qoʻli bilan mahkam ushladiyu ularni belidan aylantirdi. Qiz qarshilik qilishga ulgurmay labida oʻzga labni hisdi.
Ayni damda jhope kasalhona palatalarining birida behush yotardi. Uning qattiq lat yegan tanasi va yorilgan boshiyu singan qoʻli hozirda qandaydir uskunalarga ulangan koʻyi jim edi. Qarshisidagi doktorlar uning holatidan habar olib tekshirisharkan uning hotirasini qaytishi mushkul boʻlishini oʻylab shunchaki uning yaqinlariga habar berishdi.. uning ota onasi chet elni kezishar farzandidan bexabar edi aslida jhopening qizigʻi yoʻq ularga.. 1 soatlardan soʻng Seul markaziy shifoxonasiga yetib kelgan taehyung doʻstini koʻrishga shoshildi.. uning palatasini hamshiralardan soʻrab izlab topgach uning ahvolini koʻrdiyu hech narsa deyolmasdi. Shifokorlarining javobi esa hotiraning sal kam 5 yilligi yoʻqolgan..
Ayni damda taehyung uyda yoʻq vaqt Alena honasida oynaga qaragan chogʻi sochlarini otni dumi kabi yigʻib oldi. ( Bowqa soʻz kemadi miyamga). Honani har bir qarichini zimdan kuzatgan Alena hech qanday kamera yoʻq ekanligiga ishonch hosil qilgach telefoniga raqam terdiyu qoʻngʻiroq qildi.
* Qoʻngʻiroq qilmaysan deb oʻylagandim..
Telefon ortidan bir erkakning yoʻgʻon va hushchaqchaq ovozi eshitildi.
* Meni kim deb oʻylayapsan it.
Alena gapirish barobarida yigitni soʻkishdan ham tiyilmadi. Albatta yigit buni hazil deya qabul qildi.
* Ish nima boʻldi.
* 5 yillik hotirasi yoʻqolgan emash.
* Dango shunday dedimi.
* Albatta nima unga ishonmaysanmi.
* Sen ikta itdan oʻzga kimga ishonaman ovsar..
Alena kulib gapirgach telefonning ortidan ham balnd kulgu ovozi eshitildi.
* Jimin akam nima dedilar.?
Dedi erkak savol nazarida qizning javobiga qiziqib. Alena esa koʻylagini old qismini toʻgʻirlagan koʻyi yigitga javob berdi.
* Hali gaplashmadim menimcha uchchalamiz ham anchagina gap eshitamiz.. yoʻq siz ikkalangiz. Alena yana kuldi.
* Kechirasiz honim lekin bu ishlarning boshida siz yuribsiz.
* Buning nima aloqasi bor aa. Boʻpti hozir erim kelib qoladi hayr.
* Hoo aytgancha bizning kichkinamiz erli boʻldilar aa.
Alena boshqa eshitishni oʻziga ep koʻrmay telefonni oʻchirdiyu huuh tortti.
" Baridan qasos olaman hali. Hammangizni azoblayman" deb oʻziga oʻzi mativatorlik qilgach telefondagi ohirgi vizib va habarlarni oʻchirdi.. " meni sovunimga kir yuvmabsan jhope "......
Bugungi bo‘lib o‘tadigan ziyofat kelin-kuyovning sharafiga edi. Alena va Taehyung birga davraga kirib kelishgach, hamma ularni olqishlab, baxt tilay boshladi.
Mehmonlar o‘z ishi bilan ovora bo‘lib yurgan paytda, Alena miyasisiga kelgan bir savol uni chuqur o‘ylantirib qo‘ydi. Yonida turgan erining yengidan tortib, o‘ziga qaratgach, Taehyung unga bir qoshini ko‘tarib qaradi.
“Sizga savolim bor,” dedi Alena imo-ishora tili bilan.
Taehyung boshini chayqadi “Xo‘p,” degandek.
“Farzandingiz qayerda?” dedi Alena yana imo-ishora bilan.
Taehyung hayratini yashira olmadi. “Farzandim? Uni qayerdan bilding?” dedi u ham imo-ishora orqali.
“Bilaman,” dedi Alena. “U qayerdA ?” deb so‘radi u.
“U hozir mening eski uyimda... Kechir, senga aytmaganim uchun. "
" mendan oldingi xotiningiz qayerda?” dedi Alena imo-ishora bilan.
Taehyung kuldi. “Mening birinchi va yagona xotinim sensan,” dedi u imo-ishora orqali. So‘ng qizning peshonasidan o‘pdi. Qiz unga jilmayib qaradi. Ichkarida esa Alena o‘z maqsadlari, ichki kechinmalari haqida chuqur o‘yga toldi.
Atrof gavjum, bazm avjida edi. Mehmonlar ikki-ikki, uch-uch bo‘lib suhbatlashar, qo‘llarida vino yoki sharbat tutib turishardi. Sokin musiqa sadosi ostida har kim o‘z dunyosiga sho‘ng‘igan, o‘zicha ovora edi.
Alena sekin qadamlar bilan yuvinish xonasiga yo‘l oldi. Uni u yerda boshqa bir qiz kutib turardi. Alena kirishi bilan eshik ichkaridan qulflandi hojatxonada hech kim yo‘q edi. Alena shoshib kiyimlarini yechdi, boshqa sport kiyimlari kapshonka va triko kiyib oldi, boshiga kepka kiyib, niqob taqdi. Sochlarini yig‘ib, orqasiga mahkamladi.
Uni kutib turgan qiz ham xuddi shunday qiyofaga kirdi bir xil kiyim, bir xil soch turmagi. Ular shu darajada o‘xshar ediki, agar ko‘zlarining rangiga qaralmaganda, hech kim ularni ajrata olmasdi.
Alena qizning yelkasiga qo‘lini qo‘yib pichirladi
— Senga ishonaman.
Qiz unga to‘q yashil ko‘zlari bilan tikildi va boshini biroz qimirlatdi. So‘ng, Daniya eshikni ochib, tashqariga chiqdi.
U tashqariga chiqqan zahoti qarshisida Taehyungni ko‘rib yuragi hapriqdi. Taehyung kulib, yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Lekin… nimadir boshqacha edi. Va Taehyung buni darhol sezgandi.
Davraga chiqib kelgan Daniya hozirgacha hech narsa ichmagan edi. Chanqoq uni bezovta qila boshlagach, barmen yoniga yo‘l oldi. Taehyung esa uning ortidan nazar tashlab turardi.
Daniyaning yoniga bir ayol kelib o‘tirdi. U qizni boshdan-oyoq diqqat bilan kuzatdi va kutilmaganda mutlaqo boshqa tilda imo-ishoralar orqali suhbat boshladi. Bu holat Taehyung uchun jumboqqa aylandi u hech narsani tushunmasdi, ammo e’tibor bilan kuzatishda davom etdi.
Ayol ketgach, Daniya o‘rnidan turdi va zalning narigi burchagida boshqa odamlar bilan suhbatlashayotgan erining (Taehyungning) yoniga bordi. U kulimsirab yaqinlashdi, ammo bir narsa ko‘zga darrov tashlanardi qizning och yashil ko‘zlari Alenaning to‘q yashil ko‘zlaridan mutlaqo farq qilardi.