𝗚𝗨𝗡𝗢𝗛𝗞𝗢𝗥 𝗬𝗨𝗥𝗔𝗞 || 𝗲𝗣 5
Jk hech qanday kirish so‘zlarsiz, unga boqib turdi-da, yumshoq jilmayib.
— Menga turmushga chiq,. Dedi
— Nima?! deya hayron qoldi Soo-yeon.
Shunda jungkook lablarida mayin kulgu ila qizga engashib, pichirladi.
— Hozir “xo‘p” de, aks holda ikkovimiz ham o‘lib ketamiz.
Jungkook yana qizga qarab sekin jilmaydi. Soo-yeon esa g‘azab aralash shivirladi.
— Jin ursin seni, yana nimani boshlading?
— Sen hozir rozi bo‘l, jilmay, xo‘pmi? Qani, jilmay endi… keyin hammasini tushuntiraman, dedi Jungkook qat’iyat bilan.
*Jungkookning gunohga to‘la yuragini allaqachon tanib bo‘lganman. Jin ursin, yana nimani boshladi bu? Aytganidek, unga qaragancha sekin jilmaydim. Lablarimni biroz yoydim, anchadan beri kulmaganim uchun o‘zimni g‘alati his qildim. Qarshimda menga termulib turgan Jungkook yanayam kuldi.
— Ha, senga turmushga chiqaman,
dedim ohista.
Uning lablari yanayam kengroq yoyildi. Ikki yil davomida birga ishlagan bo‘lsak-da, men hech qachon uni shunday samimiy jilmayganini ko‘rmagandim. Biz bir-birimizga termulib turgan paytda orqadan osmonga otilgan o‘q ovozi boshimizni egishga majbur qildi.
— Uff, qochamiz Soo-yeon! dedi Jungkook shoshib va qo‘limdan mahkam tutdi.
Biz yugurib ketdik.
— Ular kim edi? dedim hansirab.
— Keyin tushuntiraman, Soo,.
dedi u ismimni qisqartirib, go‘yo erkalagandek. Tezda mashinaga mindik. Jungkook darhol radsiya orqali buyruq berdi.
— Ularni yo‘q qilib tashlang.
So‘ng mashinani katta tezlikda haydab ketdi.
Mashina Soo-yeonning uyi yonida to‘xtadi. Jungkook hech ikkilanmay birinchi bo‘lib tushdi va atrofga sergak qarab oldi. Orqasidan Soo-yeon ham chiqdi, tashqi ko‘rinishda o‘zini xotirjam ko‘rsatishga harakat qilardi. Ular sokin qadamlar bilan uyga kirib borishdi. Ichkariga kirishlari bilan ularni Taehyung va Alena qarshi oldi. Havoda g‘alati og‘irlik sezilardi, hamma narsa qandaydir sirli va kutilmagan tus olgandi.
Soo-yeon hech narsani tushunmay turgan bir paytda ularga to‘y tayyorlanayotgani ma’lum qilindi. U bu gaplarni eshitib, yuragi siqilib ketdi, ichki qarshiliklari yana bosh ko‘tardi. Ammo unga hech kim tanlov qoldirmayotgandek tuyulardi. Vaziyat unga zid bo‘lsa-da, yonidagilar qat’iy edi. Shu tarzda hayoti butunlay o‘zgarib ketadigan yo‘l boshlab yuborildi.
Turmush boshlanishidan o‘zi kutmagan darajada og‘ir edi. Yangi hayot, yangi qoidalar, yangi sinovlar... Har kuni yangidan kurashga to‘g‘ri kelardi. Soo-yeon o‘z his-tuyg‘ulari va ichki qarama-qarshiliklari bilan tinimsiz olishardi. Har bir harakat, har bir qarash ko‘nglini biroz qiynardi. Jungkook esa sokin va qat’iy edi. Uning ichki olami yong‘in bo‘lsa-da, tashqi ko‘rinishda doim bardavom va mustahkam turardi. Ammo vaqti-vaqti bilan uning nigohidagi chuqur mehr va ehtiyotkorlik Soo-yeon yuragiga yetib borardi.
O‘tgan vaqt davomida asta-sekin hammasi o‘zgarib bordi. Qarshiliklar asta yo‘qola boshladi, sovuq munosabatlar yer yuzasidagi quyoshdek iliqlashdi. Soo-yeon endi Jungkookning har bir qarashidan, har bir sokin harakatidan o‘zgacha mehr sezardi. Yuragi asta-sekin erib, ko‘nglidagi devorlar qulab tushardi. Muhabbat boshlanishi qiyin bo‘lsa-da, ildiz otib, asta-sekin gullay boshladi. Har kuni bir-birlariga yanada ko‘proq bog‘lanib, yuraklari uyg‘un urardi.
Endi bu turmush ikki begona insonning hayoti emas, balki ikki qalbning uyg‘unlashuvi edi. Vaqt o‘tgan sari ularning sevgisi mustahkamlanib, chinakam muhabbatga aylandi...
1 yil o‘tib...
Jeon honadoni – 08:03
Oshxonada kuymalanib, kasha tayyorlayotgan Soo-yeon go‘dak yig‘isini eshitib, sabzavotlarni yuvayotgan Jungkookga qaradi.
— Aww, uyg‘onibdi. Olib tush uni, xo‘pmi? dedi u mayin ohangda.
— Mana, mana, ketyapman. Gazni pasaytir, dedi Jungkook shoshib, suvni o‘chirarkan.
U hazil tariqasida Soo-yeonning beliga yengilgina urib qo‘ydi-da, kulib qochib ketdi.
— Yaramas! pichirladi Soo-yeon labini tishlab, kulib qo‘yarkan.
Boyagina uyni boshiga ko‘targancha yig‘layotgan go‘dak esa, xona eshigi ochilishi bilan darrov jim bo‘lib qoldi va yotoqda yotgancha oyoqlarini qo‘liga olib, o‘ynay boshladi.
Jungkook xona eshigini ochib kirar-kirmas, ko‘z oldidagi manzara yuragini eritdi. U hali-hamon yig‘lamay, oyoqchalarini qo‘liga olib o‘ynayotgan qizchasini ko‘rib kulib yubordi.
— Vay, kim yig‘ladi-ya? Endi bunday sokin bo‘lib yotibsan-a? dedi u, sekin qiziga yaqinlashib.
Yotoqqa ohista cho‘kdi-da, mehr bilan qizchasini kuzata boshladi. U go‘zalligi bilan onasiga juda o‘xshardi. Qalin kipriklari, yumshoq yonoqlari va tiniq oq terisi Soo-yeondan o‘tgan, ammo otasidan esa bitta ajralmas belgi labi ostidagi kichikgina xol meros bo‘lib tushgandi. Jungkookning yuragidan to‘lqin o‘tib ketdi, bu kichkina farishtaga boqib, boshidan oyoqgacha yana va yana qaradi.
Go‘dak otasini ko‘rib, birdan chaqqonlik bilan bir dona oppoq tishini ko‘rsatib kuldi va qo‘lchalarini osmonga ko‘tardi. Mushtchalari yumilib-ochilib, xuddi: “Meni ol!” derdek ishora qilardi.
— Ehh, sen mening qizg‘aldoqcham, dedi Jungkook bag‘rini ochib, qizini muloyimlik bilan quchog‘iga oldi. Kichkina badanidan taralayotgan go‘dakning iliq hidi, yumshoq va issiq terisi yuragini yanada ezdi. U bir necha lahza qizini mahkam quchoqlab turdi, ko‘zlarini yumib, shu baxtli onlardan bahra oldi.
— Mening moviy ko‘zligim... mening kapalakcham, dedi Jungkook shivirlab, qizining peshonasidan mehr bilan o‘pib.
Go‘dak chiyillab kuldi, otasining yuzidan ushlab, unga yopishdi. Jungkook kulib yubordi-da, qizini quchgancha sakrab-sakrab xona ichida aylana boshladi.
So‘ng qizchasini mahkam quchgancha zinapoyaga qarab yugurdi. Oshxonaga kirib kelganida Soo-yeon hali ham kasani aralashtirayotgan edi. Jungkook va qizini ko‘rib, yuziga tabassum yugurdi.
— Mana, mening ikki sevgim! dedi Jungkook, qizini Soo-yeonga uzatarkan.
Kech tushgach, Jungkook enaga Katrinni uyga chaqirdi. U zinapoyadan tushib kelarkan, qat’iy ohangda gap qildi.
— Nima qilish kerakligini bilasiz, a, Katrin xonim?
— Ha, janob, tushundim, dedi Katrin muloyim tabassum bilan. So‘ng ko‘rsatma kutmay, to‘g‘ri go‘dakning xonasiga yo‘l oldi.
Jungkook esa chuqur nafas olib, honasiga kirdi va kiyimlarini almashtira boshladi. Shu payt eshik sekin ochilib, Soo-yeon dushdan chiqib keldi. Uning sochlari ho‘l, yengil taralib yelkalariga tushgan, yuzida tiniq va tetik nur balqib turardi. Yelkasida oddiygina dush halati bor edi, lekin bu oddiylik ichida ham bir o‘ziga hos joziba bor edi.
Jungkook bir lahza to‘xtab qoldi. U qiziga har safar qaraganda, yuragi xuddi yangi muhabbat topgandek ritmini tezlashtirib yuborar, ichidan issiq to‘lqin yugurib o‘tardi. Endi ham shunday bo‘ldi. U ko‘zlarini uzolmay qarab turdi, lablari biroz tabassum qildi.
U sekin qadam tashlab Soo-yeonning yoniga bordi, hech ikkilanmay uni bag‘riga mahkam tortdi. Ularning tana harorati birlashgandek bo‘ldi. Jungkook uning quloqlari yonidan past ovozda shivirladi.
— Tezroq tayyorlan, ketishimiz kerak ..
So‘ng ko‘zlarini iloji boricha chuqur qadab, bir lahza jim qoldi va asta egilib, qizning iyagidan muloyim o‘pib qo‘ydi. Soo-yeon esa ko‘zlarini yumib, erining harakati va nafasini yuragining tubigacha his qildi. Bu ularga allaqachon tanish tuyg‘u edi, lekin har safar yangidek tuyulardi.
Ular tayyor bo‘lishdi va eshikdan chiqib, mashinaga o‘tirdi. Jungkook motoringa jon berdi va sekin harakatlana boshladi. Shahar chiroqlari mashina oynasidan o‘tib, ularning yuzlariga raqs solardi.
Br necha daqiqa jimlik hukm surdi. Soo-yeon atrofga sinchiklab qaradi va sokin ovozda so‘radi.
— Uyda kamera yo‘q deb aytdingmi enagaga?
— Ha, aytdim, dedi Jungkook, nigohini yo‘ldan uzmasdan...— Umid qilamanki, u ishonchimizga xiyonat qilmaydi...
Gapini tugatishi bilan mashinani keskin chapga burdi. Soo-yeon beixtiyor jilmayib qo‘ydi va oynadan tashqariga qarab, yana bir safar bu kechaning sehridan zavq oldi.
Lekin... bu joziba, bu sehrli mehrga to‘la lahzalar qayergacha borarkan? Soo-yeon mashinaning ichida jim o‘tirdi, ammo ich-ichidan bir narsa bezovta qilardi. Jungkook esa, tashqi sokinligiga qaramay, yuragi ichida allaqanday gunohkor ritmda urardi. U o‘zini allaqachon o‘zgargan, deb o‘ylardi... ammo ba’zida taqdir seni qayta o‘sha yo‘lga boshlaydi.
Soo-yeon birdan jilmayib, erining yuziga qaradi. Uning ko‘zlarida bir kulgili, ammo sinovchan ifoda bor edi.
— Bugun kimning soʻroq qilasan, a?
Jungkook ko‘zlarini yo‘ldan uzmay, yengil kulib yubordi. Yonidagi qizining gaplari ich-ichidan unga iliq tuyuldi va u gap boshladi.
— Qandaydir... chet eldan kelgan qiz emish... ro‘moli bor ekan hatto. Bilasanmi, uni so‘roq qilmaysan, deb aytishyapti. Akang uni sevib qolganmish, haha...
Jungkookning qiziqarli ohangida hazil bo‘lsa-da, bu yangilik Soo-yeonni chindan ham hayron qoldirdi. U kaftini og‘ziga tutib, katta ko‘zlarini ochdi.
— Nima?! Rostdanmi? Nahot akam...?
Jungkook esa kulib, gapida davom etdi. Bir qo‘li bilan rulni ushlab, ikkinchisi bilan qizining boshini siladi, qo‘llari ohista va mehr bilan harakat qilardi.
— Ha, akang hatto."O‘zga ayollar yaqinlashmasin unga, faqat Soo-yeon olib kelsin," debdi. "Sen ham unga qaray ko‘rma," deyishibdi... Shuning uchun seni ham olib ketyapman hozir.
U shunday degach, qiziqib qarayotgan Soo-yeonga yana bir mehrli nigoh tashladi. Soo-yeon bo‘lsa xayron va kulib yubordi, ko‘zlarida hayajon va qiziqish uyg‘ondi.
— Eeh, xo‘sh, uning ismi kim ekan-a? Yo xudoyim, nahotki akam sevib qoldi?!
Jungkook kulib, ko‘zlarini qisdi va biroz pauza qilgach, shivirlab javob berdi.
— Aylin... uning ismi Aylin ekan.
Soo-yeon avvaliga hazilkash ohangda kulib yubordi, ammo... keyin bu ism qulog‘iga yanada aniq eshitilgach, yuzidagi jilmayish asta-sekin so‘na boshladi. Ko‘zlaridagi quvnoq yaltirash o‘rnini chuqur xayol va go‘yoki uzoq-uzoqlardan kelayotgan hotiralar egalladi. U beixtiyor boshini biroz egib, ko‘zlarini oynadan tashqariga tikdi. Yuragi gupillab urdi.
Bu ism... bu tanish ism uning yodiga ancha yil avvalgi eski, lekin hech qachon unutmagan sahnalarni qaytarayotgandi. Ko‘zlaridagi iliq ifoda o‘rnini biroz sovuq va og‘ir bir tuyg‘u egalladi.
Mashina ichida jimjitlik cho‘kdi. Faqat rul boshqarayotgan Jungkookning sokin nafas olishi eshitilardi.