Python-da sonli ma'lumotlar
Pythonda sonli ma'lumotlarning uchta turi mavjud:
int
float
complex
Sonli (raqamli) turlarning o'zgaruvchilari siz ularga qiymat belgilaganingizda yaratiladi:
Python-da har qanday obyekt turini tekshirish uchun type()
funksiyadan foydalaning:
x = 1 # int y = 2.8 # float z = 1j # complex (kompleks son) print(type(x)) print(type(y)) print(type(z))
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Int (Butun son)
Int yoki butun son, cheksiz uzunlikdagi o'nlik bo'lmagan, musbat yoki manfiy butun son.
x = 1 y = 35656222554887711 z = 3255522 print(type(x)) print(type(y)) print(type(z))
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Float (o'nlik kasr)
Float yoki "o'nlik kasr" - bu musbat yoki manfiy son bo'lib, bir yoki bir nechta o'nliklarni o'z ichiga oladi.
x = 1.10 y = 1.0 z = -35.59 print(type(x)) print(type(y)) print(type(z))
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Float, shuningdek, 10 ning darajasini ifolaydigan "e" harfi bilan ilmiy raqamlar ham bo'lishi mumkin.
x = 35e3 y = 12E4 z = -87.7e100 print(type(x)) print(type(y)) print(type(z))
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Turini o'zgartirish
int()
,float()
va complex()
standart funksiyalar orqali sonlarni bir turdan ikkinchisiga o'tkazishingiz mumkin:
x = 1 # int (butun son) y = 2.8. # float (o'nli kasr) z = 1j # complex (kompleks) # int dan float ga o'tkazish: a = float(x) # float dan int ga o'tkazish: b = int(y) # int dan complex ga o'tkazish: c = complex(x) print(a) print(b) print(c) print(type(a)) print(type(b)) print(type(c))
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Muhim eslatma: Siz comlex (murakkab) raqamlarni boshqa raqam turiga o'zgartira olmaysiz.
Tasodifiy raqam
Python-da tasodifiy sonlarni hosil qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan random
deb nomlangan ichki modul mavjud:
# 'random' modulini import qiling va 1 dan 9 gacha bo'lgan sonlar # orasidan tasodifiy sonni chiqaring: import random print(random.randrange(1,10))
Yuqoridagi misolda import random
qismi random modulini kodga biriktirish vazifasini bajaradi. Import qilinga random
modulini ichidagi randrange(1,10)
funksiyani .
orqali chaqiramiz. randrage()
belgilanga ikki son oralig'idagi tasodifiy sonni tanlaydi.
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Agar savollaringiz bo'lsa, telegram guruhimizda bemalol muhokama qilishingiz mumkin!
O'zingizni va yaqinlaringizni asrang!