Pythonda rost/yolg'on qiymatlar
Boolean qiymatlar
Siz dasturlashda ko'pincha amallarning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilishingizga to'g'ri keladi.
Pythonda siz ifodalarni hisoblab quyidagi ikki qiymatdan birini aniqlashingiz mumkin: True (rost) yoki False (yolg'on)
Masalan, ikkita qiymatni taqqoslaganda, ifoda baholanadi va Python Boolean javobini qaytaradi:
print(9 > 10) print(9 == 10) print(9 < 10)
β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
- Agar
ififoda shartini bajarsangiz, PythonTrueyokiFalseqiymatni qaytaradi: (tekshirib ko'rganda ayrim so'zlar ingliz tilida bo'lishi mumkin, bu yerda sizga tarjima qilingan varianti keltirilgan)
a = 200
b = 33
if b > a : # agar b > a bo'lsa
print("b qiymati a qiymatidan katta")
else: # aks holda
print("b qiymati a qiymatidan katta emas")β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
Qiymatlar va o'zgaruvchilarni tekshirish
bool() funksiyasi har qanday qiymatni tekshirishga imkon beradi va qiymat mavjud yoki mavjud emasligiga qarab True yoki False qaytaradi.
print(bool("Hello"))
print(bool(15))β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
x = "Hello" y = 15 print(bool(x)) print(bool(y))
β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
Quyidagi hollarda bool() funksiyasi True qiymat qaytaradi:
- Deyarli har qanday qiymat, agar biron-bir tarkibga ega bo'lsa, "True" deb baholanadi.
- Bo'sh satrlardan(string) tashqari har qanday satr to'g'ri.
- 0 dan tashqari har qanday raqam to'g'ri.
- Har qanday ketma-ketlik, qism, to'plam va lug'atli to'plam to'g'ri agar bo'sh bo'lmasa.
bool("abc")
bool(123)
bool(["apple", "cherry", "banana"])β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
Ba'zi qiymatlarda bool() funksiyasi False qaytaradi:
Aslida, False deb baholanadigan qiymatlar juda ko'p emas, (), [], {}, "", 0 raqami va None qiymati kabi bo'sh qiymatlar False bahonalanadi. Va, albatta, False qiymatining o'zi ham False baholanadi:
bool(False)
bool(None)
bool(0)
bool("")
bool(())
bool([])
bool({})β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
Funksiyalar Boolean qiymatlar qaytarishi mumkin
- Siz Boolean (mantiqiy) qiymatlarni qaytaradigan funksiyalarni yaratishingiz mumkin:
def myFunction():
return True
print(myFunction())β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
- Siz funksiyaning Boolean qiymati asosida kodni bajarishingiz mumkin:
def myFunction():
return True
if myFunction():
print("YES!")
else:
print("NO!")β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
Yuqoridagi misolda avval myFunction nomli funksiya yaratiladi va if shartli ifoda ichida funksiyani chaqiramiz. Funksiya qaytargan qiymatga qarab shartli ifoda to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi ma'lum bo'ladi (bizning holatda True ya'ni to'g'ri). Shart to'g'ri bo'lsa, "YES" degan yozuv chiqadi, aks holda, "NO!"
- Shuningdek, Python boolean (mantiqiy) qiymatlarni qaytaruvchi ko'plab standart funsiylarga ega, bularda biri
isinstance()funksiyasi hisoblanadi. U biror bir o'zgaruvchini ma'lum bir turga mansub ekani yoki emasligi haqida mantiqiy qiymatni qaytaradi:
x = 200 print(isinstance(x, int)) # x qiymati int turiga tegishlimi?
β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
Agar savollaringiz bo'lsa, telegram guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin!
O'zingizni va yaqinlaringizni asrang! Telegram kanalimiz : @online_web_dasturlash