Python o'zgaruvchilar
O'zgaruvchilarni yaratish
O'zgaruvchilar ma'lumotlar qiymatlarini saqlash uchun ishlatiladigan 'qutilar' deb atash mumkin. Boshqa dasturlash tillaridan farqli o'laroq, Python o'zgaruvchini e'lon qilish uchun hech qanday ortiqcha buyruq talab qilmaydi.
- O'zgaruvchi birinchi marta unga qiymat bergan paytingizda yaratiladi.
x = 5 y = "John" print(x) print(y)
----> O'zingizni sinab ko'ring <----
- O'zgaruvchilarni biron bir aniq turi bilan e'lon qilinishi shart emas va ular o'rnatilgandan keyin ham turini o'zgartirishi mumkin, masalan:
x = 5 # x ning turi - int(ya'ni butun son) print(x) x = "Sayyora" # y ning turi - str(ya'ni matn, yoki harflar birikmasi) print(x)
str - inglizchada string - harflar birikmasi degani. Yuqoridagi misolda ko'rinib turibdiki, x o'rgaruvchisi avval son qiymatni qabul qildi, keyin esa o'zgaruvchi matn turidagi qiymatga ega bo'ldi. ----> O'zingizni sinab ko'ring <----
x = "John" # quyidagi bilan bir xil x = 'John'
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
O'zgaruvchilarning nomlanishi
O'zgaruvchi qisqa nomga ega bo'lishi mumkin (masalan, x va y) yoki uzunroq nomlanishi (yosh, ism, kasb) ham mumkin. Python o'zgaruvchi nomlari uchun qoidalar:
- O'zgaruvchan nom harf yoki pastki belgidan boshlanishi kerak
- O'zgaruvchi nom raqam bilan boshlanmaydi
- O'zgaruvchi nomi faqat harfli-raqamli belgilardan va pastki chiziqlardan iborat bo'lishi mumkin (A-z, 0-9 va _ )
- O'zgaruvchi nomlari katta-kichiklikni harflarni hisobga oladi (yosh, Yosh va YOSH - uchta alohida o'zgaruvchilardir)
*** O'zgaruvchilarni nomlashda katta-kichik harflarni hisobga olish kerakligini unutmang!
# To'g'ri nomlangan o'zgaruvchilar: meningismim = 'Jasur' meningismim = 'Jasur' meningismim = 'Jasur' meningIsmim = 'Jasur' MENINGISMIM = 'Jasur' MeningIsmim1 = 'Jasur' # Noto'g'ri nomlangan o'zgaruvchilar: 1mening_ismim = 'Jasur' mening-ismim = 'Jasur' mening ismim = 'Jasur'
Avval not'g'ri nomlangan o'zgaruvchilarni # belgi orqali izoh sifatida belgilab, to'g'ri nomlangan o'rgaruvchilarni tekshirib oling. Keyin esa, to'g'ri nomlanganlarini izoh sifatida belgilab noto'g'ri belgilangan o'zgaruvchilarni "RUN" tugmachasini bosib tekshirib ko'ring. ----> Vazifani bajarish uchun <----
Bir nechta o'zgaruvchiga qiymat berish
- Python sizga bir qatorda bir nechta o'zgaruvchiga qiymatlarni belgilashga imkon beradi:
x, y, z = "Olma", "Banan", "Olcha" print(x) print(y) print(z)
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
- Va shu bilan birga, bitta satrda bir nechta o'zgaruvchilarga bir xil qiymatni tayinlashingiz mumkin:
x, y, z = "Apelsin" print(x) print(y) print(z)
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
O'zgaruvchilarning qiymatlarini konsolda chiqarish
- Python-dagi
print()funksiyasi ko'pincha o'zgaruvchilarni konsolda chiqarish uchun ishlatiladi. String (harfli birikmalar yoki matn) va o'zgaruvchining qiymatini birlashtirish uchun Python+belgisi ishlatadi:
x = "Python" print(x + " - ajoyib dasturlash tili!")
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
- Shuningdek, siz bir o'zgaruvchiga ikkinchi o'zgaruvchini qo'shish uchun ham
+belgisini ishlatishingiz mumkin:
x = "Python" y = " - ajoyib dasturlash tili!" z = x + y print(z)
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
- Raqamlar uchun
+belgisi matematik qo'shish belgisi vazifasini bajaradi:
x = 5 y = 10 print(x + y)
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
***Lekin agar siz string (matn) va raqamni birlashtirishga harakat qilsangiz, Python sizga xatolik chiqarib beradi :
x = 5 y = 'Python' print(x + y) # Xatolik yuz beradi
----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Global o'zgaruvchilar
Funksiya tashqarisida yaratilgan o'zgaruvchilar (yuqoridagi barcha misollar singari) global o'zgaruvchilar deb nomlanadi.
- Global o'zgaruvchilardan funksiyalar ichida ham, tashqarisida ham foydalanishi mumkin, masalan:
x = "Python"
def mening_funksiyam():
print(x + " - ajoyib dasturlash tili!")
mening_funksiyam()----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Bu yerda x o'zgaruvchisi global o'zgaruvchi hisoblanadi, shuning uchun uni funksiya ichida ham, tashqarisida ham ishlatishingiz mumkin, va hattoki, boshqa funksiyalar ichida ham ishlatsa bo'ladi. Aytgancha, e'tibor bering: print() funksiyasidan oldin 4 ta bo'sh joy tashlab ketdim, nima uchun deb o'ylaysiz? Agar javobini topolmasangiz, telegram guruhda muhokama qiling. Funksiyalar haqida batafsil ma'lumot keyingi darslarda.
# Global o'zgaruvchiga o'xshash nom bilan funktsiya ichida boshqa
# o'zgaruvchini yarating
x = "Python"
def mening_funksiyam():
x = "Java"
print(x + " - ajoyib dasturlash tili!")
mening_funksiyam()
print(x + " - ajoyib dasturlash tili!")----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Global Kalit so'zi
Odatda, biror funksiya ichida o'zgaruvchini yaratganingizda, u o'zgaruvchi lokal (mahalliy) bo'lib, uni faqat shu funktsiya ichida ishlatish mumkin.
- Funktsiya ichida global o'zgaruvchini yaratish uchun siz
globalkalit so'zdan foydalanishingiz mumkin.
# Agar siz global kalit so'zdan foydalansangiz, o'zgaruvchi
# global darajaga ega bo'ladi
def mening_funksiyam():
global x
x = "Python"
mening_funksiyam()
print(x + " - ajoyib dasturlash tili!")----> O'zingiz sinab ko'ring <----
- Bundan tashqari, agar biror funksiya ichida global o'zgaruvchini o'zgartirish zarur bo'lsa,
globalkalit so'zdan foydalaning.
# Funksiya ichida global o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish uchun
# global kalit so'zdan foydalaning
x = "Python"
def mening_funksiyam():
global x
x = "Java"
mening_funksiyam()
print(x + " - ajoyib dasturlash tili!")----> O'zingiz sinab ko'ring <----
Ushbu darsimiz o'z yakuniga yetdi va sizga ma'qul bo'ldi deb umid qilaman, fikrlaringizni pastroqda yozib qoldirishingiz mumkin. Savollaringizni telegram gurhimizda muhokama qilishingiz mumkin