April 22, 2020

Python matnli ma'lumotlar (1-qism)

String(matn) turdagi ma'lumotlar

Pitondagi string ma'lumotlar bitta yoki ikkita qo'shtirnoq bilan o'ralgan bo'ladi:

'Python' va "Python" o'zaro tengdir.

Siz print() funksiya yordamida string ma'lumotlarni konsolda namoyish qilish mumkin:

print("Python")
print('Python')

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


O'zgaruvchiga qiymat kiritish

O'zgaruvchiga qiymat kiritish o'zgaruvchi nomi, tenglik belgisi va beriladigan qiymat orqali bajariladi

a = 'Python'
print(a)

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


Ko'p qatorli matnli ma'lumotlar

Ko'p satrli matnli ma'lumotlarni qiymatini kiritish uchun uch qo'shtirnoqdan foydalanishingiz mumkin:

a ="""Lorem ipsum dolor sit amet,
 consectetur adipiscing elit, 
 sed do eiusmod tempor incididuntut 
 labore et dolore magna aliqua."""
print(a)

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”

Yoki uchta bittalik qo'shtirnoq orqali:

a ='''Lorem ipsum dolor sit amet,
 consectetur adipiscing elit, 
 sed do eiusmod tempor incididuntut 
 labore et dolore magna aliqua.'''
print(a)

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


Matnli(string) ma'lumotlar massivdir (array)

Boshqa ko'plab dasturlash tillari singari, Python-dagi satrlar ham belgilarni ifodalovchi baytlar to'plamidan iborat. Ya'ni Python-da matnli ma'lumotlar yaratilishi uchun belgilar to'plami (massiv; inglizchada array deyiladi) tuziladi.

Matndagi biror bir belgini topish uchun kvadrat qavslardan foydalaniladi, masalan:

a = 'Hello, World!'
print(a[1])       # bu yerda matndagi ikkinchi belgi namoyish qilinadi 

Eslatma: Belgilar tartibi 1 dan emas, 0 dan boshlanadi.

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


Bo'laklash(ma'lumotni qismga ajratish)

Bo'laklash sintaksisidan foydalanib, siz belgilar ketma-ketligini olishingiz mumkin.

Ma'lumotning bir qismini qaytarish uchun boshlang'ich indeks, ikki nuqta va tugash indeksini belgilang.

a = "Hello, World!"
print(a[2:5])        # 5 o'rindagi belgi hisobga olinmaydi 

Yuqoridagi misolda 2-indeksdan boshlab to 5-indeksgacha bo'lgan barcha belgilar olinadi, faqat 5-indeksdagi belgining o'zidan tashqari.

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


Manfiy bo'laklash

Matnli ma'lumotni oxiridan boshlab bo'laklash uchun manfiy bo'laklashdan foydalaniladi, masalan:

a = "Hello, World!"
print(a[-5:-2])        # bu yerda ma'lumot oziridan boshlab hisoblanadi

Yuqoridagi misolni quyidagicha tahlil qilish mumkin, ya'ni oxiridan boshlab hisoblaganda 5-o'rindagi belgidan to 2 o'rindagi belgigacha.

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


String (matnli/belgili ma'lumot) uzunligi

String(matnli ma'lumot) uzunligini aniqlash uchun len() funksiyasidan foydalaniladi.

a = 'Hello, World!'
print(len(a))          # a qiymatining uzunligini ko'rsatadi 

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


Ushbu darsimizning 1-qismi tugadi va sizga ma'qul bo'ldi deb umid qilaman, fikrlaringizni pastroqda yozib qoldirishingiz mumkin. Savollaringizni telegram gurhimizda muhokama qilishingiz mumkin