April 24, 2020

Python matnli ma'lumotlar (2-qism)

1 - qism darsimizda siz bilan string (matnli/belgili) turdagi ma'lumotlar ustida qanday amallarni bajarish mumkinligini ko'rib chiqqan edik. Ushbu dars ham siz bilan qo'shimcha amallar haqida o'rganamiz.

String metodlari (funksiya)

Python-da matnli ma'lumotlar uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan standart metodlar to'plami mavjud. Metod - bu ma'lum bir sinfga/turga tegishli ma'lumotlar bilan ishlatiladigan funksiyadir. String metodlar faqat string turdagi ma'lumotlar bilan ishlash uchun ishlatiladi.

  • strip() metodi har qanday bo'sh joyni qiymat boshidan yoki oxiridan olib tashlaydi:
a =" Hello, World! "
print(a.strip())     # natijasi: "Hello, World!"

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


  • lower() metodi qiymatni kichik harfda qaytaradi:
a ="Hello, World!"
print(a.lower())     

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


  • upper() metodi qiymatni katta harflarda qaytaradi:
a ="Hello, World!"
print(a.upper())     

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


  • replace() metodi qiymatdagi belgilarni boshqa belgilar bilan almashtiradi:
a ="Hello, World!"
print(a.replace('H', 'J'))     

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


  • split() metodi qiymatni belgi bilan qismlarga ajratadi, masalan:
a ="Hello, World!"
print(a.split(","))      # natijasi: ["Hello", "World!"]     

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”

Yuqoridagi misolda qiymatni , belgisi orqali qismlarga ajratdik. Siz boshqa belgilar orqali qismlarga ajratib sinab ko'rishingiz mumkin.


Qiymatni tekshirish

String tarkibida ma'lum bir ibora yoki belgi mavjud yoki yo'qligini tekshirish uchun biz in, not in kalit so'zlarni ishlatamiz.

  • Quyidagi matnda "ain" iborasi borligini tekshirib ko'ring:
txt = "The rain in Spain stays mainly in the plain"
x = "ain" in txt
print(x)               # natijasi: True (to'g'ri)

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”

  • Quyidagi matnda "ain" iborasi yo'qligini tekshiring:
txt = "The rain in Spain stays mainly in the plain"
x = "ain" not in txt
print(x)               # natijasi: False (noto'g'ri)

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”

Yuqoridagi ikkita misolda bir xil qiymatni in va not in kalit so'zlari bilan tekshirib ko'rdik. Birinchi misolda "ibora qiymat ichida mavjudmi?" deb tahlil qilinadi. Ikkinchi misolda esa, "ibora qiymat ichida mavjud emasmi?" deb tahlil qilinadi.


Qiymatlarni qo'shish

Ikki qiymatni birlashtirish uchun + operatoridan foydalanishingiz mumkin.

  • a o'zgaruvchining qiymatini b o'zgaruvchining qiymati bilan birlashtirib, hosil bo'lgan natijani c o'zgaruvchida saqlang:
a = "Hello"
b = "World"
c = a + b
print(c)

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


  • Qiymatlar orasiga bo'sh joy qo'shishingiz ham mumkin:
a = "Hello"
b = "World"
c = a + " " + b
print(c)

β€”-β€” O'zingiz sinab ko'ring β€”-β€”


Savollaringizni telegram gurhimizda muhokama qilishingiz mumkin. Sog'ligingizga e'tiborli bo'ling!