April 12, 2020

Python ma'lumotlar turlari

Standart ma'lumotlar turlari

Dasturlashda ma'lumotlar turi muhim tushunchadir.

O'zgaruvchilar har xil turdagi ma'lumotlarni saqlashlari mumkin, va ular bilan turli xil amallarni qilish mumkin.

Python standart o'rnatilgan quyidagi ma'lumotlar turlariga ega:

  1. Matnli ma'lumot turi: str
  2. Sonli ma'lumot turlari: int, float, complex
  3. Tartibli ma'lumot turlari: list, tuple, range
  4. Lug'atli ma'lumot turi: dict
  5. To'plamli ma'lumot tulari: set, frozenset
  6. Boolean(to'g'ri/noto'g'ri) ma'lumot turi: bool
  7. Binar(ikkilik) ma'lumot turlari: byte, bytearray, memoryview

Hozircha yuqoridagilar haqida qayg'urmasangiz ham bo'ladi, bu shunchaki qanday ma'lumotlar turlari borligi haqida tanishib chiqishingiz uchun. Ma'lumot turlari haqida keyinchalik alohida batafsil to'xtalib o'tamiz.

Ma'lumotlar turini aniqlash

Ma'lumot turini bilib olish uchun type() funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Istalgan ma'lumotlarni turini bilib olishingiz mumkin:

x = 10
print(type(x))

Yuqoridagi misolda type(x) ifodasi x ning turini matn ko'rinishida qaytaradi va uni konsolda yozib chiqarish uchun doimgidek print() funksiyasidan foydalanamiz.

----> O'zingiz sinab ko'ring <----

Ma'lumotlar turini belgilash

Python-da, o'zgaruvchiga qiymat tayinlaganingizda ma'lumotlar turi o'rnatiladi:

Maxsus ma'lumot turini o'rnatish

Agar ma'lumotlar turini ko'rsatmoqchi bo'lsangiz, quyidagi konstruktor funktsiyalaridan foydalanishingiz mumkin: