Boshlang'ich darajadagi dasturchilar uchun Python 3 o'rnatish
Ushbu maqolada biz siz bilan birgalikda Python3.7-ni turli xil operatsion tizimlarga noldan qanday o'rnatishni bilib olamiz. Qurilmangizning turiga qarab pastdagilardan o'zingizga mosini tanlab Python dasturini o'rnating. Agar o'rganishga tayyor bo'lsangiz, qani boshladik ...
Windows
Agar sizning kopmpyuteringiz Windows operatsion tizimida ishlasa, demak Python o'rnatilgan bo'lishi dargumon. Windows tizimlarida odatda bu holat kuzatilmaydi. Yaxshiyamki, python.org veb-saytidan yuklab olish imkoni mavjud. Python dasturini o'rnatish va uni ishga tushirish sizdan ko'p vaqt talab qilmaydi.
Python 3 o'rnatuvchi dasturini rasmiy veb-saytidan yuklab olish
- Istalgan brauzerni oching va Windows uchun yuklab olish sahifasiga o'ting.
- Windows uchun "Python Releases for Windows" sarlavhaning tagida, so'nggi Python 3 nashrini tanglang. ( masalan, Latest Python 3 Release - Python 3.x.x ko'rinishida bo'ladi) (Ushbu maqola paytidagi eng yangi versiyasi - Python 3.8.2)
- Pastga o'ting va tizimingizdagi protsessor turiga qarab Win x86-64 yoki Windows x86 o'rnatuvchi dasturni tanlang. (Ma'lumot uchun rasm pastiga qarang)
32 bit yoki 64 bit Python?
Windows uchun siz 32 yoki 64 bitli o'rnatuvchini tanlashingiz mumkin. Mana, ularning orasidagi farq nimaga bog'liq:
Agar sizning tizimingizda 32 bitli protsessor bo'lsa, u holda siz 32 bitli o'rnatuvchini tanlashingiz kerak.
64 bitli tizimda har ikkala o'rnatuvchi aslida ko'p maqsadlarda ishlaydi. 32-bitli versiya odatda kamroq xotiradan foydalanadi, ammo 64-bitli versiya intensiv hisoblash bilan ishlaydigan dasturlar uchun yaxshiroq ishlaydi.
Agar siz qaysi versiyani tanlashni bilmasangiz, 64-bit versiyasiga o'ting.
Eslatma: agar siz ushbu tanlovni noto'g'ri tanlasangiz va Python-ning boshqa versiyasiga o'tishni xohlasangiz, Python-ni o'chirib tashlashingiz va python.org veb-saytidan boshqa o'rnatuvchini yuklab olib, uni qayta o'rnatishingiz mumkinligini unutmang.
- Oxirgi bosqich, o'rnatuvchini tanlab, yuklab olganingizdan so'ng, yuklab olingan faylni ikki marta bosish bilan uni ishga tushiring. Quyidagi kabi dialog oynasi paydo bo'lishi kerak:
- Keyin "Install Now" tugmachasini bosing va bir necha daqiqadan so'ng tizimingizda Python 3 ishlay boshlashi kerak.
Agar sizda hammasi muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsa, tabriklayman!!! Aks holda yana bir bor urinib ko'ring yoki guruhdagilarda so'rab ko'ring.
Ubuntu
O'rnatish uchun talablar: Ubuntu sistemasida kerakli paketlarni o'rnatish uchun siz sudo-foydalanuvchisi sifatida tizimga kirishingiz kerak.
Ushbu bo'limda biz Python-ning oxirgi versiyasini qanday yuklab olish va kompilyatsiya qilishni o'rganamiz:
Avvalo, Ubuntu operatsion tizimning versiyasini bilib olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Quyidagi komandani konsolda kiritish orqali buni amalga oshirishingiz mumkin:
$ lsb_release -a
Ubuntu 17.10, Ubuntu 18.04 (va undan yuqori) tizimlarda standard ravishda Python 3.6 o'rnatilgan bo'ladi. Siz uni konsolda python3 --version buyrug'i bilan tekshirib ko'rishingiz mumkin. Agar o'rnatilmagan bo'lsa, xafa bo'lishga umuman hojati yo'q, chunki keyingi qismlarda qanday qilib Python dasturini o'rnatish haqida to'xtalib o'tamiz.
- Avval, Ubuntu konsolni (terminal) ochib paketlar ro'yxatini yangilang va Python manbasini yaratish uchun zarur bo'lgan paketlarni o'rnating:
sudo apt update sudo apt install build-essential zlib1g-dev libncurses5-dev libgdbm-dev libnss3-dev libssl-dev libreadline-dev libffi-dev wget
- Quyidagi wget buyrug'i yordamida Python rasmiy sahifasidan so'nggi versiyasini yuklab oling: (Masalan, Python-3.8.2, Ushbu maqola yozilgan paytidagi so'nggi versiya 3.8.2)
cd /tmp wget https://www.python.org/ftp/python/3.8.2/Python-3.8.2.tar.xz
- Yuklab olish tugallangandan so'ng faylni arxiv faylni qayta tiklang:
tar -xf Python-3.8.2.tar.xz
- Keyin, tiklangan Python papkaga o'ting va sistemangizdagi barcha bog'liqliklar mavjudligini tekshirish uchun bir qator tekshiruvlarni amalga oshiradigan konfiguratsiya skriptini ishga tushiring:
cd Python-3.7.4 ./configure --enable-optimizations
'--enable-optimizations' qo'shimchasi bir necha testlarni ishga tushirgan holda Python binarini optimallashtirishga yordam beradi, bu jarayonni biroz sekinlashtirishi mumkin.
- make komandasi orqali Python yaratish jarayonini ishga tushiring:
Jarayonni tezlashtirish uchun -j qo'shimchani protsessoringizga qarab o'zgartiring. Agar protsessoringiz yadrolari sonini bilmasangiz, uni konsolda nproc komandasini terib bilib olishingiz mumkin. Mening tizimim 8 yadroga ega, shuning uchun men -j 8 deb yozdim.
make -j 8
- Yaratish jarayoni tugagandan so'ng Python binarini o'rnating:
sudo make altinstall
- Agar hammasi muvaffaqiyatli yakunlangan bo'lsa, demak, Python 3.8 o'rnatildi va foydalanishga tayyor, endi bemalol tekshirib ko'rishingiz mumkin:
python3.8 --version
Konsolda quyidagiga o'xshash natija paydo bo'lishi kerak:
Python 3.8.2
Sizni tabriklashga ijozat bering, Siz buni uddaladingiz!!!
macOS / Mac OS X
Agar sizning operatsion tizimingiz mac OS bo'lsa, unda terminalni oching va Homebrew o'rnatilganligini tekshirish uchun quyidagi buyruqni bajaring:
brew --version
Agar terminalda quyidagiga o'xshash natija chiqsa, demak sizda o'rnatilgan va bemalol Python o'rnatishga kirishsa ham bo'ladi.
Agar yuqoridagidek natija chiqmagan bo'lsa, avval Homebrew ni o'rnatishga to'g'ri keladi.
Homebrew qanday o'rnatiladi?
- Applications/Utilities/ da joylashgan "Terminal" dasturini oching.
- Terminalga quyidagi buyruqni kiriting:
/usr/bin/ruby -e "$(curl -fsSL https://raw.githubusercontent.com/Homebrew/install/master/install)"
- Ba'zi narsalarni o'rnatishga rozilik berish uchun "Return" tugmasini bosing
- O'rnatishni boshlash uchun administrator parolini kiriting (sudo foydalanuvchi paroli). Agar hammasini to'g'ri bajargan bo'lsangiz, bir necha daqiqa ichida o'rnatiladi.
Python o'rnatish
Endi Python dasturini o'rnatishga kirishsak ham bo'ladi. Buning uchun quyidagi buyruqni terminalda bajarsak kifoya:
brew install python3
Python-ning so'nggi versiyasi avtomatik tarzda yuklab olinadi va o'rnatiladi. Agar Homebrew bilan bog'liq muammo chiqsa yoki o'rnatilmagan bo'lsa, yuqorida qanday qilib Homebrew o'rnatish batafsil ko'rsatilgan.
Android (Smartfon va Planshet)
Agar sizda Android planshetingiz yoki telefoningiz bo'lsa va Python-ni yo'lda mashq qilmoqchi bo'lsangiz, buning uchun sizda bir nechta variantlar mavjud va Python uchun eng ma'qul ilova bu Pydroid 3 hisoblanadi.
Ushbu ilovaning bepul versiyasi, shuningdek, kodni oldindan aniqlash va kod tahlilini qo'llab-quvvatlaydigan pullik Premium versiyasi ham bor.
Onlayn Python Interpretatorlar
Onlayn interpretator - bu yozilgan kodni brauzeringizni o'zida natijasini chiqarib beruvchi dastur. Buning uchun siz hech narsani o'rnatishingizni umuman keragi yoq. Agar sizda Python dasturini qurilmangizda o'rnatish bilan bog'liq muammolar uchragan bo'lsa, bemalol online interpretatorlardan foydalanishingiz mumkin, buning uchun sizda bir nechta variantlar mavjud:
- Python.org onlayn konsoli: www.python.org/shell
- Python Fiddle: pythonfiddle.com
- Repl.it: repl.it
- Trinket: trinket.io
- Python hamma yoqda: www.pythonanywhere.com
Ushbu veb-sahifalarda kod yozish uchun sizda brauzer bo'lsa kifoya.
Agar Sizda savollar qolgan bo'lsa, guruhda muhokama qilishingiz mumkin.
Omadingizni bersin! Telegram kanalimiz : @online_web_dasturlash