Python Casting
O'zgaruvchi turni belgilash
Ba'zan o'zgaruvchiga turni o'zgartirishga to'g'ri kelishi mumkin. Buni casting bilan amalga oshirish mumkin. Casting inglizcha so'z bo'lib o'zgaruvchining turini belgilash yoki o'zgartirishdir. Python - bu obyektga yo'naltirilgan til (OOP) va shuning uchun u ma'lumot turlarini, shu jumladan ma'lumotlarning standard turlarini aniqlash uchun sinflardan (class) foydalanadi.
Python-da casting sinflarning konstruktor funksiyalari yordamida amalga oshiriladi:
int()
- butun sonni to'laligicha, o'nli kasrni (oldingi butun songa yaxlitlash orqali) yoki mantli ma'lumotni (agar raqamli ma'lumot bo'lsa) butun songa aylantiradi.float()
- butun sondan, o'nli kasrdan to'laligicha yoki mantli ma'lumotdan to'g'ridan-to'g'ri (agar butun yoki o'nli kasrni ifodalasa) o'nli kasrni yaratadi.str()
- turli xil ma'lumotlar turlaridan, shu jumladan satrlardan, butun sonlardan va o'nli kasrlardan mantli (belgili) ma'lumot yaratadi.
# Butun son - int x = int(1) # x ning qiymati 1 y = int(2.8) # y ning qiymati 2 z = int("3") # z ning qiymati 3
β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
# O'nli kasr - float x = float(1) # x ning qiymati 1.0 y = float(2.8) # y ning qiymati 2.8 z = float("3") # z ning qiymati 3.0 w = float("4.2") # w ning qiymati 4.2
β-β O'zingiz sinab ko'ring β-β
# Matnli(belgili) ma'lumot - str x = str('s1') # x ning qiymati 's1' y = str(2) # y ning qiymati '2' z = str(3.0) # z ning qiymati '3.0'
β-β O'zingiz sinab ko'ring β-
Savollaringizni telegram gurhimizda muhokama qilishingiz mumkin. Sog'ligingizga e'tiborli bo'ling!