Gunohkorlar tunda uhlamaydi.
- janob Taehyung qayerda chaqirib yubora olmaysizmi?
Jimin eshik tashqarisidan turib Taeni qidirdi.
- u koʻchaga chiqib ketgan kelsa senga qoʻngʻiroq qiladi ketaver! Bor bor yoʻqol.
Yujin janob (Taening dadasi) eshikni yopish uchun qoʻlini uzatdi.
- meni aldolmaysan Taehyung qayerda. 1haftadan beri yoʻq. Kollejga ham bormayabdi.
Jimin eshikni yopmasligi uchun qoʻli bilan toʻsdi.
- juda jonga tegding tezda joʻna yoki politsiya chaqiraman.
- Nima?! Agar rostini aytmasangiz men politsiyani chaqiraman. Keyin siz Taehyungning qayerda ekanligini aytasiz!
Jimin iloj qolmagach shu gaplarni gapirdi.
Otasi JK haqida eslab qoʻrqib ketdi. Agar bu haqda politsiya bilsa tirik qolmasligini oʻylab nima deyish haqida qattiq oʻyladi. Hozir ham ichganligi sabab boshi qattiq ogʻriyotgan va asabiy edi. Anchadan buyon hech kimni kaltaklamadi. Ishlari ham biroz joyida emas. Puli oʻlgunicha yetadi ammo uyda juda zerikkani sabab mushtlashishni hohlardi. Shundan soʻng qarshisida turgan tayyor oʻljani qoʻldan boy bermaslikka qaror qildi.
Miyigʻida kuldida Jiminga jilmaydi.
- demak ketmas ekansan unday boʻlsa rostini ayta qolaman. Doʻsting uyda uhlab yotibdi. Mazasi yoʻq hamma joyi ogʻriyotganini aytdi mayli kiraver.
Jimin uning gapiga ishondi va ichkariga kirdi.
- yana otasi kaltaklagan boʻlsa kerak.
Jimin ichkariga kirayotib past ovozda gapirdi.
Jimin ikkinchi qavatga Taening honasiga koʻtarildi.
Otasi sezdirmay uning orqasidan chiqishni boshladi. Zinadan indamay koʻtarildi.
Jimin Taeni koʻrishini oʻylab hursand boʻlib zinalardan koʻtarildi. Qoʻlidagi shirinliklarga koʻz tashladi hammasi joyidaligini koʻrgach eshik yonida 1daqiqaga toʻxtadi.
Otasi meni sezib qoldi deb joyida qotdi.
Jimin eshik yonida turib oʻzining mayin tabassumini kengroq qilib jilmaydi va eshikni ochdi.
- Salom Taehyung Jimin shu yerda😄
Jimin quvnoq ovoz bilan ichkariga qaradi va hona boʻm boʻshligini koʻrdi.
Jimin ichkarida hech kim yoʻqligidan hayron qoldi. Oynadan qochib ketdimi deb oyna yonidan pastga qaradi. Pastda hech kim yoʻq deraza ham ochilmagan. Kravati ustini tekshirdi, stol ustilariga qaradi...
Ketish uchun orqasiga oʻgirildi-yu ortida koʻzlari qonga toʻlgan insonni korib yurak urishi tezlashib ketti.
- ha bolakay oʻzing tuzogʻimga tushdinga?! Endi oʻzingdan koʻr.
Yujin uni yoqasidan ushlab yerga uloqtirib yubordi. Jimin poʻlga juda qattiq zarba bilan tushdi. Ogʻriqdan koʻzlarini qattiq yumib baqirdi. Yujin janob uning oldiga borib tepadan qsradi. Gʼazabga toʻla koʻzlaridan oʻt chaqnab turardi. Koʻp vaqtdan beri hech kimni mushtlamagan qoʻllarida anchagina kuch yigʻilgan edi. Shunchaki Taehyung yoʻq edi. Barcha oʻgʻriqlarga, kaltaklarga indamay chidagan Kim Taehyung.
Yujin uni tagiga olib doʻpposlay boshladi. Bor kuchi bilan yuziga musht tushirdi.
Jimin nima boʻlayotganini tushunmayotgan edi. Nima sababdan bu odam meni kaltaklayabdi deb?
U yujindan kelayotgan qattiq zarbalar orasida shu gaplarni qiyinchilik bilan aytdi. Lekin yujinning qulogʻi bu gaplarni eshitmadi, kelayotgan kuchdan miyyasi hiralashgan va ancha sogʻingan ishi unga zavq bagʻishlayotgan edi. Toʻxtamasdan uni kaltakladi. Jiminning yuzi koʻkarib chetlari qonashni boshladi. Burni allaqachon sindi va yigʻlay boshladi. Ogʻriqdan hatto koʻzlarini ham ocha olmadi.
- Taehyung boʻlmasa sen ham boʻlaverasan nomard u ketib qoldi.
Otasi bor alamini undan olardi. Oyoqlari orasiga olib yanayam qattiq doʻposlardi. Jimin ovoz chiqarish uyoqda tursin hatto qimirlay ham olmadi. Deyarli hushidan ketish arafasida edi.
Yujin uni kiyimidan ushlab oʻrnidan turgʻizdi. Jimin oyoqlarini yerga bosolmay muvozanatni boshqarolmasdi.
- ikkingiz ha ikkalangiz meni juda aldagansiz shundaymi?
Otasi Jmning koʻzlariga tik qarab baqirdi. Koʻzlari nafrat va gʻazab qaynardi.
Jimin koʻzini biroz ochib kuchsiz holatda unga qaradi. Madori qolmagan va yuzi qon bilan toʻlgan edi.
Jimin pasd ovozda gapirdi. Ovozi juda nimjon va kuchsiz edi. Eshitish juda qiyin hamda qoʻrquv borligi yaqqol sezilib turardi.
Yujin janob uni turgan joyida oʼlaksa qilib yana urdi. Bor kuchini ishlatib yanayam zarb bilan Jiminning qorin boʻshligʻi va tanasining barcha joyiga urdi.
Nihoyat hansirab charchaganidan soʻng toʻxtadi. Chuqur chuqur nafas oldi. Ichkarida turgan suvni olib ichdi.
Jimin poʻlda jonsiz oʻlik holatda yotardi. Tirik va oʻlik dunyosi oʻrtasi qaysi birida qolishi aniq boʻlmay qimirlolmay yotardi. Nafas olishi hiralashgan, tomirida oqayotgan qon zarralari juda sekin harakatlanardi. Yurak urishi ham sust edi.
Yujin suv ichgach joyida turib yerdagi Jiminga bir muddat tikildi.
U jiminning yoniga borib nafasini tekshirdi. Jiminning nafas olishi juda sekin boʻlgani uchun unga sezilmadi. Uni oʻldi deb oʻyladi. Hayolida 1 fikr aylandi. Uni koʻchaga tashlab kelish. Hech kim sezib qolmasligi uchun qandaydir ashyoviy dalillar qoldirib ketishni ham reja qildi. Boshiga kimdir mushtlayotgan kabi ogʻriy boshladi. Tezroq hozirgi qoʻshimcha bosh ogʻriqdan tezroq qutilish uchun harakat qildi. U uchun eng muhimi humordan chiqib oldi. Unga Taehyungning oʻrni bilinayotgan edi. Togʻri puli yetarli ammo oldingi odatlari hali ham qolmagan edi. Bu ishlarni qilmasa tura olmasdi. Shu sabab Jimin kelgani unga qoʻl keldi.
U xonadan chiqib kerakli narsalarni olib Jiminni koʻtarib uydan chiqdi. Uni mashinasiga joyladi. Uyidan ancha uzoqroq va chekkaroq joyga mashinani haydadi. Yetib kelgach Jiminni mashina ichidan sudrab chiqardi. Koʻchada tinmay yomgʻir yogʻayotgani sababli koʻchada hech kim yoʻq edi. Bu unga yana bir plus taraf boʻldi. Jiminni yoʻl chetidagi 1 daraxt tagiga olib borib yotqizdi. Jimin allaqachon ogʻriqqa chidolmay hushidan ketgan. Agar uygʻoq boʻlganida ham qimirlay olmasdi.
Yujin uni yotqizib boʻlgach yoniga odamlarni aldash uchun nimadirlarni joylashtirdi.
Hammasini tugatgach axmoqona kuldi.
- endi esa buni nishonlash kerak Yujin janoblari😈
Boshi hali ham ogʻrishiga qaramay u mashinaga oʻtirib ichkilik olish uchun doʼkonga haydadi.
Jimin yomgʻir ostida yolgʻiz qolib ketdi. Yurak urishi yanada sekinlashgan deyarli nafas ham ololmayotgan edi. Bu u uchun juda qiyin edi.
Koʻchada mashinalar ham yoq edi. Shaharning 1 chekkasi boʻlgani uchun inson zoti koʻrinmasdi.
Oradan 1soat oʻtdi. Yomgʻir yanada tezlashdi. Jimin hayotdan allaqachon umidini uzgan edi. Ilojsiz qolganidan, bunday holatda oʻlim topishidan qoʻrqdi.
Koʻzlarini yumdi va umrbod uyquga ketdi.
- hoy bolakay koʻzingni och! Sen hali yashashing kerak. Muzlab qolibsan.
- uning nafas olishini tekshirish kerak janob.
Jimin atrofdagi shovqin va koʻziga tushayotgan mashina chiroqlaridan koʻzini zoʻrgʻa ochdi.
Qarshisida unga havotir bilan qarab turgan, tim qora sochlaridan yomgʻir tomchilari oqayotgan yigit baqirdi. Jimin unga bir muddat koʻzini uzmay qarab turardi. Qora kiyimda, yuzi oʻta jiddiy va chiroyli inson edi. U qoʻliga dast Jiminni koʻtarib mashina orqasiga joylashtirdi. Oʻzi ham uning yoniga chiqdi.
Jiminning tanasi
oʻgʻirlik hissidan yoʻq boʻlib borayotgan edi. Atrofdagi ovozlarni tinglar ammo hech narsani tushunmasdi. Karaxt ahvolda kimningdir qoʻli yuzini mayin silayotganini his qilardi. Koʻzini ochishga oz boʻlsa ham holi yoʻq edi. Shu sabab uning kimligini tushunmadi.
- yaqinroq joydagi shifoxonaga hayda hyunjin.
Mashina katta tezlikda shifoxonaga yetib keldi. Jiminni mashinadan tezda tushirib shifoxonaga olib kirishdi.
- hoy kimdir bormi uning ahvoli ogʻir.
Ularning yoniga ikki hamshira kelishdi. Jiminni bemorlar aravachasiga solib olib ketishdi.
Qarshimda qora sochli yigit menga qarab turardi.
Atrof oq va koʻk aralash rangda edi. Bir nimaning siniq chiyillashi honada eshitilib turardi. Baʼzi uskunalarning kuchli ishlashi ovozlari honani toʻldirib turardi.
Menga ulangan kislorod uzatguch juda halaqit berardi
Qoʻlimga ulangan osmadagi tomchilar menga yaqqol eshitilib turardi. Qarshimda oʻtirgan inson mendan hali ham koʻzini uzmay savol ifodasida menga qarab turardi. Goʻyoki nimadir desamu hursandligidan osmonlarda sakrasa.
- sen shifoxonadasan. 3 kun uygʻonmading.
Uning gaplari miyyamga oʻqdek uchib keldi. Hech narsani qabul qila olmayotgan miyyam shu soʻzdan soʻng ishlab ketdi.
- ha 3 kun. 3kun oldin seni koʻcha chetidan topib oldik. Avvaliga seni allaqachon oʻldi deb oʻylagan edim.
U hamon jiddiy ohangda gapirardi. Yuz muskullari doimiy jiddiy turganidan va kulmaganidan ajin ham yoʻq edi.
- lekin mana koʻrib turganimdek hali tiriksan.
Miyyamga hotiralar yorugʻlik taʼsirida yogʻila boshladi. 3 kun oldin Taehyungning uyiga borganim, Yujin janobning qoʻrqinchli yuzi va yomgʻirli qish havosi. Xaa men hamma hammasini esladim.
Ammo nima sababdan tirik qoldim? Nahotki oʻlib ketmadim?
Oʻsha kungi ogʻriqlar hali ham esimda va men yashashdan umidimni uzgan edim.
U menga savol nigohi bilan qaradi.
- qanday qilib tirik qolganim haqida.
Miyyamga kelgan kuchli chiyillash ovozdan koʻzlarimni qattiq yumdim. Holsizlanib ketdim. Ovoz juda kuchli edi. Goʻyoki boshim ichini kimdir tirnoqlari bilan tirnayotgandek edi. Atrofdagi ovozlarning birontasi eshitilmasdi. Koʻzlarim ham yaxshi koʻra olmadi. Ranglar qoʻshilib ketdi.
- Uning ahvoli yaxshimi doktor.
- unchalik emas. Juda qattiq shikastlangan. Biz barcha kerakli yordamni koʻrsatyabmiz. Kimdir uni qattiq kaltaklagan. Va u shok holatini boshidan oʻtkazdi. Tanasining ham koʻp joydan zarar yetgan.
- albatta biroz vaqt kerak. Keyinchalik ham uning yonida kimdir boʻlishi kerak. Hozir ham stresda.
- sizni tushundim. Uning yoniga kirsam maylimi?
- xa mumkin. Lekin toliqtirib qoʻymang.
Jimin ichkarida alahsirab yotardi.
U uyqudan qoʻrqib uygʻonib ketdi. Yuzlari terdan hoʻl boʻlib ketdi.
Jimin boyagina koʻrgan insonini koʻrib tanidi.
U boshini egib unga rahmat aytdi.
- shaxsiy savol uchun uzr soʻrayman. Ismingni bilsam boʻladimi?
- ota onang bormi? Ular qayerda?
Yoongi uni ota onasi qoʻliga sogʻ salomat topshirish uchun 3 kundan beri kutayotgan edi.
- albatta janob otam va onam bor.
- unday boʻlsa manzilingni menga ayt. Men uyingdagilarga habar beraman.
Jimin yoongining gapini eshitib qarshilik bildirdi.
- uyimdagilarga hech nima demang. Ularni havotirga qoʻyishni istamayman.
- 3 kundan buyon uyga bormading ular allaqachon sendan havotir olishganlari aniq.
- men ularga doʼstimnikida qolaman deb aytgan edim.
Jimin hammasini unga tushintirdi. Ammo Taening otasi va oʻsha kungi voqealar haqida gap ochmadi.
- menimcha senga hali javob berishmaydi. Jarohatlaring ogʻir.
Yoongi uning koʻkargan joylarini bir koʻzdan kechirib gapirdi.
- bu toʻgʻri lekin men ketishim kerak.
- sen aqldan ozgansan sheklli. Oʻsha tunda nima boʻlgan edi. Men shifokorlarga yolgʻon gapirdim. Asl haqiqat nimadaligini bilmasdim.
Yoongi qanchalik beshavqat boʻlishiga qaramay oʻsha tunda Jiminning yerda holsiz yotganini koʻrib jim keta olmadi. Uning doʻmboq yuzlari ham yomgʻir ostida suvga botgan edi. Yoongi agar uni yolgʻiz tashlab ketsa butun umr vijdon azobida qolishidan havotirlandi. Agar biror gap boʻlib Jimin oʻlganda u aniq koʻzini kechira olmasdi.
- sizga aytishga majbur emasman shunday ekan sizga katta rahmat. Endi esa ketavering.
Jimin kuchi yoʻq boʻlsa-da unga jilmayib rahmat aytdi.
Yoongi uning gapidan hayratda qoldi.
- shunchaki rahmat bilan qutilmoqchimisan?! Men hattoki shifoxona harajatlarini ham toʻladim.
Yoongi Jiminning barcha davolanish pullarini toʻlagan edi. Jimin 3 kun ichida koʻplab dorilar va ukollar oldi. Hammasi juda qimmat edi.
- janob telefon raqamingizni bersangiz yoki karta raqam? Men sizga barcha qarzlarni qaytaraman.
Nima u meni pulga zor deb oʼylayabdimi? Shunday badavlat odamniya? Ammo bu bolada aniq bir gap bor. U qandaydir ishga aralashib qolgan. Men buni aniqlashim kerak. Agar bunday boʻlmaganida qandaydir begona inson uni bunchalik kaltaklamagan boʻlardi. Men haqiqatdan ham uni oʻldi deb oʻylagan edim. Oʻzi kichik boʻlsa ham yaxshigina chidamli ekan. Oilasi haqida maʼlumot olishim kerak. Balki oilasi haqida meni aldagandir. Yo xudoyim yoongi sen nima shu kollej oʻquvchisi uchun shunchalik koʻp oʻylaysanmi?
Nima sababdan unga qiziqib qoldim oʻzim ham hech nimani tushunmayabman.
- janob nima kartangiz yoʻqmi? Yoki raqamingiz yoʻqmi?
Yoongi kastyumi choʻntagidan qora rangli tashrif qogʻozini chiqardi.
Min Yoongi.
Raqam: ***
Manzil:**
- rahmat janob bu yerdan chiqishim bilanoq hammasini yetkazaman.
Jimin joyida yotib oʻsha tundagi hamma voqealarni eslashga urinib fikrlarini bir joyga yigʻdi.
Jmpov:
Taehyung qayerdasan? Endi uni qayerdan topaman? Amakimni politsiyaga topshirishim kerakmi yoki yoʻq? Endi nima qilaman? Ota onam bilan boshqa davlatga ketishimiz kerak. Qanday qilib ularni qolishga koʻndiraman. Hamma joyim igna sanchganday ogʻriyabdi. Va bu Min Yoongi. U kim? Nima sababdan meni qutqardi. Haqiqatdan ham men oʻlaman deb oʻylagan edim. U mening haloskorim. Bu yerdan chiqqach unga minnatdorchilik bildirishim kerak. Ammo hamma ishlarimni bitirishim kerak.
Jiminning hayollaridan bu ovoz chalgʻitib yubordi va u tomon qaradim