March 27, 2025

Gunohkorlar tunda uhlamaydi

18-qism

Mashina ichidagi odam tashqariga chiqdi. Baland boʻyli qora kiyimli erkak mashinadan tushib Jimin lar tomon keldi.

- jin urgur bular kim boʻldi?

Jmning dadasi mashinadan tushdi.

- siz kimsiz nega yoʻlimizni toʼsdindingiz?

- janob biz sizning oʻgʻlingizni oʻgʻdirishga harakat qilganlarni kimligini bilamiz!

Qora kiyimli erkak oʻziga ishonch bilan gapirdi.

- kim ekan?

- buni aytganim uchun qancha toʻlaysiz?!

- hohlagan pulingni soʻrashing mumkin.

- yaxshi bu Juminning toʻdasi.

- jumin kim?

- buni ayta olmayman.

- yana qoʻshimcha toʻlayman?

- u Koreyadagi ikkinchi darajali toʻda va mafialar. Uni oʻzim ham koʻrmaganman.

- yana nimalarni bilasan?

- yana toʻlasangiz albattada.

Jmning dadasi rozilik ifodasini bildirdi.

- ular sizning oʻgʻlingizni qutqargan inson uchun oʻgʻlingizni taqib qilishdi.

- jin ursin oʻsha yoqimsiz basharani!!!

- yana toʻlayman. Menga ishlaysanmi?

- avval hozirgilarni toʻlang.

U barcha pulni ortigʻi bilan toʻladi.

Janobpov:

"Nima qilsam ekan. Fuck. Yaxshisi tinchgina Amerikaga koʻchib ketaman. Bu axmoq bolaning ortidan koʻp muammo ostida qoldim."

Qora kiyimli kimsa indamasdan oʻz mashinasiga qaytib ketdi.

Boshqa mashina ichida oʻtirgan Jimin ularning nima haqda gaplashishgalarini bilmay oʻtirardi.

-Dada u kim edi?

Dadasi mashinaga oʻtirar ekan jimin undan soʻradi.

- bilmayman yoʻldan adashib qolibdi. Yordam soʻradi.

" Yordam berish shunchalik uzoqqa choʼziladimi?

Jimin indamadi chunki dadasi hozir yaxshi kayfiyatda emasligini bilardi.

Ular uyiga yetib kelishdi.

- assalomu alaykum onajon.

- oʻgʻlim Jimin nihoyat qaytdingmi?! Seni juda sogʻingan edim.

Jimin eshikdan uyga kirar ekan onasi uni quchib oldi.

- men ham sizni sogʻindim oyi.

Ular ovqatlanish uchun birozdan soʻng oshxonaga tushishdi.

- sen deyarli 1oy uyda boʻlmading jimin~shii

- xa uyni ham ancha sogʻindim. Oʻz uyingda boʻlish juda yaxshi

Jimin onasiga qarab jilmaydi.

- 1 haftadan keyin hammamiz Amerikaga koʻchib ketamiz. Harakatingizni qiling.

Xonim ovqatlanayotgan vaqti taomga tiqilib qoldi.

- oyi mana buni ichib oling.

Jimin unga suv uzatdi.

- raxmat oʻgʻlim.

U suvni ichib ancha yengillashdi.

- nima sababdan bu qarorga keldingiz?

- bu barchamizga yaxshi boʻladi. Ayniqsa Jiminga.

- dada men hali Taehyung bilan koʻrishmadim.

- nima? U hali ham yoʻqmi?

Onasi hayron boʻlib unga qaradi.

- ha oyi oʻzim ham bilmayman unga nima boʻlgan.

Jimin oʻylanib qoldi.

- politsiya habar berishganmi?

- ha men ham juda koʻp marta bordim. Lekin ular bunga jiddiy qarashmayabdi. Oyi men uni juda sogʻindim.

Jimin deyarli yigʻlab yubordi. Lekin buni koʻrsatishni istamadi.

- uni koʻrmaganimga juda koʻp boʻldi oyi...

- albatta uni topishadi. Men ishonaman Jimin.

- oʻzim ham shunga umid qilyabman.

Jimim juda tushkun ahvolda edi. Avvaliga Taehyung tashlab ketdi, keyin esa Lukasdan ayrildi. Hozir esa otasi zoʻrlab Amerikaga olib ketyabdi. Hech boʻlmaganda Taehyungni ohirgi marotaba ham koʻra olmasdan ketyabdi. Undan soʻng Yoongini uchratdi. U bilan kasalxonada baʼzi yaxshi kunlarni oʻtkazdi. U sababli tirik qoldi. Balki oʼsha vaqti oʻlib ketarmidi.... Hech kim bilmaydi. Yoongi unga mehribonchilik qildi doim undan habar olish uchun kasalxonaga tashrif buyurdi. Va... aybdorlarni topish uchun vada berdi. Jimim shunchaki ishondi. U haqda oʻylar ekan oʻzini himoya ostida his qila boshladi.


- haqiqatdan endi honamdan chiqsam boʻladimi doktor?

- albatta sizda hammasi yaxshi tomonga oʻzgaryabdi.

Taehyung hursandligidan deyarli sakrab yubordi.

- oʻzingizni avaylashingiz kerak. Yozilgan barcha dorilarni vaqtida qabul qiling.

- hammasini qilaman sizga rahmat.

Shifokor uning xonasini tark etdi. Taehyung hursandligidan tabassumi yuzini hech qachon tark etmasdi.

" Men oldin oʻzimni bunchalik erkin va baxtli his qilmagan edim. Men sevgini boshdan kechiryabmanmi? Xaxaxax bu juda gʻalati. "

Taehyung joyiga dumalab bir nimalarni oʻylab yotdi. Hozirgi xonasi biroz kichik va jihozlar kam boʻlgani sababli yurak siqilardi. Lekin hammasi joyida. U yana eski xonasiga qaytishiga umid qilardi.

Birozdan soʻng ichkariga Namjoon kirdi.

- salom Taehyung.

Taehyung namjoon bilan deyarli gaplashmasdi. Shu sababli nega kelganini tushuna olmadi.

- salom.

- yaxshimisan?

- ha shifokor menga ancha yaxshiligim haqida aytdi.

- hursandman.

Namjoon unga qarab jim boʻlib qoldi. Nimadir aytmoqchi boʻldi lekin uni chiqara olmadi.

- menda biror ishingiz bormi?

Namjoon boshini qimirlatdi.

- ketdik tushlik qilamiz Jin mendan seni chaqirishni iltimos qilgan edi.

- rostanmi?

- ha yur.

Taehyung uning ortidan ergashdi. Ular oshxonaga kelishdi. Ovqat tayyorlayotgan Jin uni koʻrib yugurib keldi.

- kichkintoy yaxshi boʻlib qoldingmi?

Jin uni quchogʻidan chiqarib gapirdi.

- ha mana qarang men endi soppa sogʻman.

Taehyung ikki qoʻlini yoyib jilmaydi.

- yana yaxshilanganingdan juda ham hursandman.

Jin uning boshidan oʻpdi.

Kimdir ularni eshik yonida kuzatardi. Bu Jungkook edi.

Jungkook koʻzlarini yumdi, qayerdadir nimadir yonayotgan edi. Bu uning rashki. Jin ursin.

" Laʼnati. Ular nima qilyabdi? Nega bunchalar yaqin? Jin ursin. Chidab turolmayabman. Bu qanday axmoqona his tuygʻu boʻldi. Nima boʻlyabdi?"

Jungkookning koʻzlari ulardan uzilmasdi.

Yana baʼzi erkalatishlardan soʻng Jin eshik yonida ularga oʻqrayib qarab turgan jkga koʻzi tushdi. Tezda hijolat boʻlib Taehyungning yonidan uzoqlashdi.

- sizga yordam bersam maylimi?

Taehyung jiddiy qiyofa bilan soʻradi.

- yaqinda tuzalgansan joyingga oʻtir.

Jin hech nima demasidan oldin Jungkook tezda egalik qilib gapirdi.

Taehyung indamasdan stol atrofidagi bosh joyga oʻtirdi.

Barcha oila 1 joyga yigʻilishdi. Lekin Suga kelmagan edi.

- jungkook Yoongiga nima boʻldi?

Namjoon undan soʻradi.

- aniq bilmayman menga ishi borligini aytdi.

Jungkook haqiqatdan ham hech nimani bilmasdi.

- unga yaqin kunlarda bir nima boʻlayotganday. Negadir oʻzgarib qolgan.

Jin sharbatdan hoʻplar ekan gapirdi.

- men ham buni sezgandekman. Ammo bu uning shaxsiy ishi menimcha.

Namjoon yana gapirdi.

- baribir bu sizga biroz shubhali tuyilmayabdimi?

Jin soʻradi.

- yaxshi men bu haqda u bilan gaplashib olaman.

Jungkook negadir jiddiy boʻlib qoldi. Asabiy edi.

Jungkook ovqatlanib boʻlgach oʻrnidan turdi va Taehyung oʻtirgan joyga yaqinlashdi.

- xonamga kel.

Jungkook egilib uning qulogʻiga pichirladi.

Taehyung uning bu harakatidan qulogʻi qizib ketdi.

"Nima boʻldi ekan"

Taehyung hayolidan oʻtkazdi.

~~~~

Taehyung ichkariga kirishdan oldin eshikni taqillatdi.

- kiraver.

U ichkaridan kelgan ovozni eshitgach eshikni sekin ochib moʻraladi. Ofis stolida jungkook jiddiy qiyofada oʻtirardi. Taehyung u tomon bordi. Ikki qoʻlini birlashtirib yerga qarab turardi.

- oʻtir.

Yonidagi stolni tortib oʻtirish uchun ishora qildi.

Taehyung tinchlik va haddan tashqari ehtiyotkorlik bilan stolga oʻtirdi.

- menda biror ishingiz bormi?

Taehyung juda past ovozda gapirdi.

- senga iltimosim bor edi.

Taehyung hayron qoldi lekin sezdirmadi.

- qanday?

Jungkook biroz oʻylandi.

- eslaysanmi huddi lagerdagi kabi...ihm...menga huddi oʻsha paytdagiday munosabatda boʻl.

- NIMA?

Taehyung deyarli baqirib yuboray dedi.

Jungkook miyasida toʻxtovsiz urilishlar boʻlardi.

- aqlingni yedingmi?

- ha mana huddi shunday meni sensiray olasanmi?

ThvPov:
"Nima u jinni boʻlib qolganmi?"
"Usiz ham sizlash juda qiyin edi. Ichib olganmi deyman"

- nega endi toʻsatdan bu soʻrov?

Taehyungning qorachigʻii hayratdan kattalashgan edi.

- shunchaki buni qilish qiyinmi?

"Men shunchaki menda ham doʻst boʻlishini hohlardim. Lekin buni aytish uchun gʻururim yoʻl qoʻymaydi."

- qani huf dengchi?

Taehyung oʻrnidan turib jkni yoniga bordi. Uning yuziga yaqinroq qilib egildi.

Jungkook avval tirjaydi keyin esa ufirdi.

- voy bu axmoq tentakni. Ichib olibsanku!!!

:)

Jungkook unga qarab yana tirjaydi.

- qachon ichding?

-giz

Taehyung qoshib qoʻydi)

Taehyung asabbuzar gapirdi. Chunki jungkook hali ham unga qarab kulib turardi.

- hozir basharangni koʻrganingda edi.

Taehyung kam kulib yubordi.

- rostini aytsam shusiz ham sizlash qiyin boʻlyabdi lekin siz 27yoshsiz. Lagerdalik vaqtimizda ham kimligingni aniq bilgandim. Sen hech qanday talabaga oʻxshamasding. Chunki bu tanang bor edi.

Taehyung uning qorniga barmogʻini tiqdi.

- ah.

Jungkook qitigi kelgani uchun biroz kuldi. Taehyungning gaplarini eshitib indamay turardi.

- lekin bilasizmi menimcha men haqiqatdan ham sizni....

Taehyung pastki labini tishlab oʻylab qoldi.

- nima sen?!

Jungkook unga shunday qarash qildi.

- voy hayoli buzuq.

ThvPov:
"Baribir ichib olgan aytgan gaplarim esidan chiqib ketadi. Lekin men esa unga barcha haqiqatni aytaman. Keyin esa u edan chiqaradi."

- bilasizmi...sizning har bir tegishingiz...bizning birinchi boʻsamiz...bularning hammasi ajoyib edi.

Taehyung uning koʻzlariga qaradi. Kontankni uzmasdan uning lablaridan qoʼlini yurgizdi.

- men doim sizni hohlayman...lablaringizni...tanangizni...ammo...siz ham shundaymi tushunmayman.

Taehyung oshirib yuborayotgan edi.

- men sizning olmos qalbingizni egallayman. Barchangiz meniki boʻladi.

"Haqiqatdan ham men buni gapiryabmanmi"

Taehyung haqiqatdan ham oshirib yuborayotgan edi.

Tashqarida havo qandaydir tarzda qizib ketayotgan edi. Tushlik (abed) vaqtidan oʻtgan boʻlishiga qaramay havo juda qizib ketdi.

Jungkook uning tegishidan hayajonlana boshladi. Taehyung unga qanchalik yaqin boʻlgani sari gʻalati hislarni sezardi.

Taehyung orqasiga qarab yurib ketdi. Joyiga qaytib oʻtirdi.

Jungkook uning bunday qilganini sababini tushina olmadi. Hayron boʻlib joyida qolib ketti.

- hazillashdim oʻzingizga keling.

- nega?

- hohlaganim uchun)

- unday boʻlsa men ham hazillashdim.

(Juda tushunarsiz)