March 23, 2025

Meni unutmang.

7-qism

- Vanihoyat oʻz yotoqxonamdaman, qanday zoʻr yengillik.

Jungkook qoʻllarini yonga qilib esnadi. Ogʻir kundan soʻng dush qabul qilish uchun ketdi. Issiq dushda yuvinar ekan boyagi uchrashuv miyasida shakllana boshladi.

- yo xudoyim qanday goʻzal koʻzlar egasi... Huh bundaylari koʻp uchraydi shunchaki etibor qilma Jungkook. Sen uchun eng muhimi sanʼat va raqs.

Oʻqish shunchaki oʻqishim kerak. Hali hammasiga koʻrsatib qoʻyaman. Otamga ham oʻsha oʻgay akamga ham. Jin ursin hammasini.

Jungkook doim juda koʻp oʻylardi. Oilasi haqida, otasining qilgan ishlari, onasining vafoti, ularga qilingan nohaqliklar.

Ikki aka ukaning boshidan ozmuncha narsa otdi deysizmi? Ular qilmagan ish, eshitmagan haqoratlari qolmadi. Kollejda yetincha deb ustidan kulishdi, kambagʻal deya doimiy haqorat qilishdi. Jungkook bu hayotdan deyarli umidini uzgan edi. Ammo shunday oʻylagan vaqti onasining aytgan soʻzlari hayoliga kelardi.

" Jungkook, mening quyoncham. Sen eng yaxshisiga loyiqsan. Sen va akang men uchun bu dunyoda yashang. Hech qachon taslim boʻlma. Ortga chekinma. Oʻgʻlim seni yaxshi koʻraman."

Jungkook onasini eslab vannada yigʻlab yubordi. Koʻzidan mittigina tomchilar toʻkila boshladi.

- oyi sizni sogʻindim..

Jungkook ancha vaqt shunday qilib oʻtirdi. Oʻziga kelgach joyiga qaytdi. Uncha katta boʻlmasada qulay yotoqxonadagi joyiga yotdi. Charchoq bosgani sabab uhlab qoldi. Jiminni kutmadi ham. Hayoli boʻm bosh va hech nimani oʻylashni istamasdi. Shu sababli uhlashni afzal koʻrdi.


- Raxmat sizga azizim. Bu menga juda ham yoqdi.

Yoongi Jiminning hursandligini koʻrib jilmaydi.

- hursandligini qara. Huddi bolakayga oʻxshaysan

- chunki siz mening sugar daddyimsiz..

Jimin yana qoʻlidagi sovgʻalarga qarab jilmaydi.

- yoongi...

- Ha sevgilim?!

- sizni sevaman.

Jimin mashina ichida yoongining qulogʻiga sekin pichirladi.

Yoongi Jimindan kelgan mayin va issiq havodan tanasi qizidi.

- men ham sevaman jimmy~~~

Suga u tomon egilib labidan yengil oʻpdi.

- qayerga borishni istaysan?

- ouuu sugar dadyim bugun sahiy koʻrinadi.

Jimin Suganing oyogʻiga sekin urib qoʻydi. <bu shunchaki erkalash>

- shunday men faqat sen bilan shundayman boshqa hech kim emas.

- men sizga ishonaman Sugar daddy🫠


- yaxshi kettik.


- NIMA???

- SIZ AXMOQMISIZ YOKI NIMADIR?

- men aqldan ozganman. Mashinaga chiq tashlab oʻtaman.

Taehyung qizil «qandaydir mashina» mashinada Jungkookning yotoqxonasi tagida turardi. Jigarrang kastyum kiygan. Oversize kiyimlar shu qadar uni rangini ochardiki har bir koʻrgan inson unga qaramasdan oʻtmasdi. Yuziga niqob va koʻz oynai taqqandi. Jungkook tanib qolmasligi uchun. Chunki "kimsan" Kim Taehyungni hamma tanirdi. Moda dunyosining yaratuvchisi goʻyoki qirol deb bilishardi.

- yoʻq men ketmayman.

Jungkook sassylik qilib yotoqxona eshigidan tashqariga chiqdi va yoʻl chetidan keta boshladi.

- hoy senimi kichkina🤨

Taehyung mashinani sekin uning ortidan hayday boshladi.

- qaysarlik qilma har holda yeb qoʻymanman.

- qarzingizni toʻladingiz sizga adovatim yoʻq.

Jungkook hatto unga qaramadi ham indamay yoʻlida yurib ketaverdi.

- ayshh shibal sen agar Kim Taehyungligimni bilganingda oʻzingni yoʻqotib qoʻyarding.

Taehyung pasd ovozda gapirdi.

- nimadir dedingizmi?

Jungkook unga jilmayib qaradi.

- qanday noshukur insonlar borligi haqida gapirdim.

- ha yaxshi.

- balki chiqar---

Jungkook yugurib kelib uning mashinasiga oʻtirdi. Taehyung uning bunday qaltis harakatidan sal hayron qoldi lekin qoniqarli jilmaydi.

- yaxshi bolakay.

- men bolakay emasman.

Jungkook mashina oynasidan atrofga alanglab gapirdi.

- kimnidir qidiryabsanmi?

- hech kim.

Jungkook haliham alanglardi.

- sevgan qizing boʻlsa kerak. Menga bemalol aytishing mumkin. Men sir saqlashda yaxshiman.

- hoy bu nima deganingiz. Tez mashinani haydang kollejga kech qolyabman.

- oke kichkina shahzoda.

Taehyung mashinani hayday boshladi. Ular boyagi joydan uzoqlashar ekan jungkook mashinani yaxshilab kuzatdi.

- oho juda qimmat boʻlsa kerak?¿

Jungkook qizil rangdagi mashinani koʻzdan kechirar ekan gapirdi.

- unchalik emas.

- vay ble rostdan.

Jungkook deyarli baqirib yubordi.

- ha rost.

- nima siz hazina topib olganmisiz yoki?! Shuncha pul qayerdan.

Jungkook mashina jinnisi edi. Juda haydashni hohlardi lekin shu vaqtgacha sinab koʻrmagan edi.

- teginib koʻrsam maylimi?!

Jungkook koʻzlarini moʻltirab soʻradi.

- menimcha hozir ham tegib oʻtiribsan¿?

Jungkook mashinaga shunchaki qoyil qoldi.

- ajoyib menga qarzga berib turolmaysizmi?

Jungkook biroz jinnicha koʻrinish qildi.

" Aniq bermaydi axmoq sen kim bolibsanki bunday mashinani senga berishsa. Yana QARZGA. Men jinni boʻlyabman. Bu mashina emas sanat asari. Biroz tikilib oʻtirishga bersa ham rozi edim. Qanday goʻzallik"

- mayli olishing mumkin.

Jungkookning koʻzi chiqib ketdi.

- nnn...nn...nima dedingiz?

- berib turaman faqat 1ta shart bilan.

Jungkook quloqlariga ishona olmasdi.

- shunday mashinani mendek talabaga bermoqchimiz? Siz aqldan ozibsiz. Bunga yuz foiz kafolat beraman.

Taehyung javoban kuldi. Uning bunday koʻp gap va hamma narsaga kulgili reaksiya qilishi uning qornida nimalardir uchishga sabab boʻldi.

Jungkook Taening unga qarab kulib turganini koʻrib nomalum ifoda qildi.

- nega kulyabsiz?

Jungkook ustiga qaradi.

- hech nima😅

Taehyung yana yoʻlga qaradi.

- mana mana shu yer janob chekaroqda toʻxtatib yuboring.

- men taksi emasman.

- unda nima deyishim kerak meni darsimga olib kirib ovqatlantirib qoʻying deyishimni kutyabsizmi?

- jin ursin juda ham koʻp gapirasan.

Taehyung mashinani kollej yoniga yaqin joyda toʻxtatdi.

Jungkook mashinadan tushib ryukzagini taqdi.

- hayr jung----

Jungkook allaqachon ketib boʻlgan edi.

- bir odobli bir odobsiz¿ Qanday tushunarsiz bola.

Taehyung mashinani burib Celinega bordi.

- ouw Taehyungshiii bugun kayfiyating alo sheklli?¿

- xa hyung bugun kayfiyatim yaxshi.

- unday boʻlsa surʼatga olishga tayyorlanishing kerak. Yana yangi buyurtma kelgan.

- oke Hyung.

Taehyung pardoz xonasiga kirib ketdi. Atrofida qizlar aylanib yurar ekan uning hayoli jungkook tomon ketdi.

Birozdan keyin bir burchakda kimlarningdir pichir pichirini eshitib qoldi. Ular Taehyung haqida pichirlashishardi. Taehyung sekin quloq soldi.

" Yoʻq u hech kim bilan uchrashmaydi."

" Unda qanday qilib boshini aylantirsam ekan jin ursin u motherfuckking darajada chiroyli va hot"

Taehyung ularning gaplaridan uyalib ketdi. U buni juda koʻp eshitardi.

" nega u shu vaqtgacha hech kim bilan uchrashmagan ekana?"

"Balki yashirincha uchrashar qayoqdan bilasan"

- HECH KIM BILAN UCHRASHMAYMAN.

Taehyung eshitilarli qilib qattiq ovozda gapirdi. Ikki hodim deyarli qoʻrquvdan sakrab tushishdiyu tezda u yerdan ketishdi.

- jin ursin bundan boshqa qiladigan ishlari yoʻqmi bularni?!

Taehyung ularning gapidan asabiylashdi.

- beakhyung

Ish boshqaruvchi Taehyungning yoniga tezda yetib keldi.

- hozir bu yerdan chiqib ketgan 2 hodimni ishtan boʻshating.

- lekin neg...

- chunki men shuni hohladim tamom.

Beakhyung indamasdan chiqib ketdi. Taehyung suratga olish xonasiga borib doimgidek ishlari bilan shugʻullandi.

- oh azizim Taehyung yaxshimisz?

Jeenie ham bugun Celineda surʼatga olish ishlari boʻlgani sabab tashrif buyurgan edi.

- hayrli kun xonim.

Taehyung unga qoʻl uzatdi. Jeenie juda gʻalati qoʻl siqib qoʻydi.

- ishlaringiz qalay ketyabdi?

Jeenie va Taehyung ishlardan biroz boshagach choy ichish uchun oʻtirishdi.

- menda hammasi doimgidek.

Taehyung juda rasmiy tarzda javob qaytardi.

- bunday rasmiy boʻlishning hojati yoʻq azizim. Bilaman sizga ham qiyin.

- albatta chunki siz ham shu yoʻnalishda faoliyat yuritasiz.

- axaxx albatta Kim Taehyung. Siz oʻta ketgan rasmiy ekansiz.

- maqtovlar uchun tashakkur.

" Yo xudoyim bunchalar jiddiy bo'lmasangchi Kim Taehyung. Nega u hatto fenomen hidini ham sezmayabdimi? Nahotki bunchalar kuchli boʻlmasa bu takabbur axmog'e. Men deyarli juda ochiq kiyinganman u hatto qaragani ham yoʻq. Wtf."

Jeenie ichida oʻylay boshladi. U Taehyungni ilintirish uchun bor kuchi bilan harakat qildi. Chunki u Taehyung kabi insonni modadan olib tashlashni hohlardi. Doimgidek jeenie ikkinchi oʻrinda edi. Taehyung esa hamma joyda birinchilardan va mashhurligi sababli shunday ichi qoralar koʻp uchrab turardi.

- oh hudoyim qoʻlim...qolim kuydi.

Jeenie ichayotgan choyini atayin qoʻliga toʻkib yubordi.

-sizga nima boʻldi xonim yaxahimisiz?

Taehyung uning yoniga egilib qoʻlini tekshirdi.

Staflar tezda jeeniening yoniga kelishdi. Jeenie ularni hech nima boʻlmadi deb joʻnatib yubordi.

-ahh

Jeenie aktirasalik qilib qoʻlini uflay boshladi.

Taehyung juda oliyjanobligini bilgan jeenie bu ish berishini bilardi.

Taehyung uning yoniga bordi. Choʻntagidan roʻmolchasini olib uning qoʻliga qoʻydi.

-juda iltifotlisiz Taehyung.

Jeenie ikkinchi qoʻli bilan uning yuziga tegdi. Sekinlik bilan qolini boʻyniga olib bordi. Taehyung indamadi. Chunki unga juda yaqin edi. Atir hidi unga yanada sezilishni boshladi. Taehyung allaqachon uni hohlayotgan edi. Azosi turgani sababli jeeniening bunday harakati uni yana hohishini orttirardi.