Gunohkorlar tunda uhlamaydi
- ikkingiz jinni boʻldingizmi bas qiling hozir mavridi emas.
Namjoon tezda ular yoniga yetib keldi.
- hyung senga nima boʻldi? Jarohatlandingmi?
Namjoon Suganing qoʻlidan oqayotgan qonga qarab ishora qildi.
- biroz jarohatlandim muhim emas!
Jungkook jimgina qaytib joyiga oʻtirdi. Hech qanday soz demadi. Bir nuqtaga qarab oʻtirdi.
Namjoon va Suga shifokor yoniga ketishdi.
- bunday jim oʻtirishdan foyda yoʻq. His tuygʻularingni aniqlashtirishing kerak. Taehyung allaqachon seni sevib qolgan...
- hyung iltimos bu haqda gaplashishni istamayman.
- oʻzingni qabul qilishing kerak. Qanday boʻlsang shundayligingcha.
Jin hammasini tushintirish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishi kerak edi. Toʻgʻri bunday mafiaga aql oʻrgatish aqlga sigʻmas ish lekin Jungkook juda chalkash koʻrinardi. Taehyungni yoʻqotib qoʻyishdan qoʼrqayotgan edi lekin nimani his qilayotganini tushinolmasdi.
- men yaxshiman jungkook. Sizga nima boʻldi koʻzingiz...
- hech narsa ahamiyatsiz. Boshing yaxshimi?
Taehyung yotoq ustida oyoqlarini chalishtirib oʻtirardi. Lagerdan ketishlaridan oldin kiygan kiyimida edi. Jungkook uni oʻgʻirlashidan oldin yengil va oʻzining sevimli koʻylagida edi. Taehyungning vanil hidi oʻrnashgan koʻylak...
Jungkook uning hidini yaqqol sezib turardi. Ichida his tuygʻular chalkash edi. Tartibsiz va tushunarsiz..
- koʻzgʻaringizning osti qorayib qolibdi. Kam uhlayabsiz sheklli.
Taehyung Jungkookning yuziga qoʻl uzatdi, koʻzining ostidagi doiralardan qoʻlini mayin yurgizdi. Jungkook Taehyungning koʻzlaridan koʻz uzmasdan qarab turardi. Irislar tiniq tok koʻkda porlab turardi. Taehyung ham Jungkookning koʻzlari bilan toʻqnash keldi. Irislar tezda rangini oʻzgartiradi. Yuzi qizishni boshladi va uyat hidi sezilib turardi. Biroz jimlikdan soʻng Taehyung koʻzini olib qochdi va qoʻllarini uning yuzidan oldi.
- mm...menga bunday tikilib qolmang. Oldin ogohlantirgan edim. Linzalarni taqmaga....
Jungkook uning lablariga barmogʻimni qoʻydi va jim ifodasini qildi. Taehyung uning harakatidan koʻzlari katta boʻldi.
Jungkook unga yana jim boʻl deganday qaradi. Taehyung hech nimani tushunmasdan tinch qoldi. Jungkook atrofga qaradi. Xonada kimdir bordek tuyilgan edi.
Toʻsatdan kimdir eshikni oyogʻi bilan tepib kirdi. Bu Jin edi. Ikki yuzi toʻla ogʻziga siqqancha ovqat yeb kelayotgan Jin joyida turib tirjaydi.
- menimcha...bemavrid keldim sheklli...
Jin ovqatni chaynab orasida zoʻrgʻa gapirdi. Taehyung va Jungkookning bunday otirishidan biroz hayratda qoldi lekin kulgusi ham keldi. Qoʻlidagi patnisni yana ortiga qaytarib eshikni yopdi.
Ichkarida oʻtirgan Taehyung uning bunday harakatidan qiqirlab kulib yubordi.
Jungkook uning mazza qilib kulishiga qarab turardi. Beixtiyor uning bolalardek tabassumidan uning lablari ham jilmaydi.
Taehyung birozdan soʻng kulgusi tugagach jiddiylikka qaytdi.
Jungkook Taening noqulay oʻtirganini payqab gapirdi.
- nega endi ertalabki nonushtadan beri hech nima yemading.
- agar juda hohlamayotgan boʻlsang oʻzim yedirib qoʻyishim mumkin.
Jungkook ayyorona tabassum qildi.
- unda ham hohlamasang oʻzimning usulimda yedirib qoʻyaman.
Taehyung gapning maʼnosini tushunish uchun tafakkur qildi. 2daqiqadan soʻng lagerdagi voqeani eslagach yuzi qizarishni boshladi. Jungkookning issiq yanoqlari unga tekkan daqiqa...
- sen juda ham tasirchansan ayiqcha..
Taehyung bu gaplarga qoshini koʻtardi.
- xa oʻzingga mening koʻzim bilan qaraganingda buni sezarding. Ikki yuzing yonib ketadiganday goʻyo.
Jungkook yana kulib yubordi. Taehyungning reaksiya uning kulgusini yanada tiniqlashtirardi.
Taehyung battar uyatni his qildi.
- meni bunday uyaltirishni bas qiling cookie.
Jungkook qoʻllarini taslim boʻlgandek tepaga koʻtardi.
Taehyung joyiga shartta yotib boshini adyol bilan berkitdi.
Jungkook uning bunday yoqimli qiliqlaridan kulmasdan iloji yoʻq edi. Oʻrnidan turib sekin u tomon bordi va adyolning bir chetini ochib ichkariga qaradi va kulib yubordi.
Taehyung uning qaraganini sezib adyolga oʻranib oldi.
- huddi yosh bolaga oʻxshaysan.
- endigina 17ga kirdim axir yana kimga oʻxshay.
Jungkook qanday unutib qoygani haqida oʻylardi.
- ha esimda edi lekin men seni haqiqatdan 18 yosh deb oʻylardim.
Taehyung boshini koʼrpa orasidan sekin chiqardi. Ichkarida havo yetishmagani sababli toza havodan toyib toyib nafas oldi. Qarshisida turgan baland boʻyli va aurali Jungkookka boshini koʻtarib qaradi.
- men sizni bunchalik baland deb oʻylamagan edim.
Taehyung biroz tushunarsiz ifoda bilan unga qaradi.
- qanaqasiga bilmaslik mumkin men deyarli sendan 2barobar kattaman.
- qani koʻraylikchi oʻrningizdan turing kichkina janob.
Jungkook unga turish uchun ishora qildi. Taehyung haqiqatdan juda nozik va pasd edi. Bu unga yoqmasdi.
Taehyung hijolat bilan oʻrnidan turdi.
- nima? Kichkintoy soʻkishni ham biladimi?!
Jungkook Taehyung tomon egilib ham hayrat ham masxara ifodasi bilan qaradi.
- siz shunchaki juda balandsiz. Men past emasman.
- yaxshi yaxshi shunchaki yelkamdan biroz pastdasan boʻladimi?
Taehyung unga oʻqrayib qaradi.
- joonie men hozir nima koʻrganimga ishona olmaysan.
Jin shoshib xonada oʻtirgan namjooning yoniga qoʻlida ovqat toʻla patnis bilan keldi.
Namjoon eʼtiborsiz telefonga tikilib oʻtirardi.
Namjoon qoʻlidagi telefonni oʻchirib unga qaradi.
- menga qara. Menimcha qarorgohda bir nima boʻlyabdi. Men zax bosgan bu yerda bunday iliqlikni his qilmagan edim.
- nima haqda gapiryabsan? Choʻzmasdan gapirsangchi?!
Jin yaxshilab joylashib oldi, patnisdagi olmadan olib tishladi.
Namjoon Jin tomon egilib oʻpmoqchi boʻldi.
- hoy suzilmasangchi. Albatta bizniki ham bor. Lekin bundan tashqari yana 1 nima shakllanayapti. Jungkook va Taehyung.
- axmoq hayotda hamma narsa boʻlishi mumkin. Mana sen ham meni sevib qolgansanku. Bu qanchalar togʻri bilmayman lekin bu aniq.
- jim boʻl. Men ularga yordam bermoqchiman. Keyinroq Taehyungning yoniga borib gaplashib koʻraman.
- yaxshi lekin yomon ish boshlama.
- qani hoʻjayin endi menga kofe tayyorlab bersangiz yaxshi boʻlardi.
Bugun Jiminning shifoxonadan chiqish kuni edi. Hali hamon aybdor shaxslar topilmagani sababli otasi jahlda yurardi. Jimin Taehyungni juda ham sogʻingan edi. Hattoki Taehyungning introvertligi sababli deyarli rasmlari yoʻq edi. Doʻstlari koʻp boʻlishi mumkin lekin Taehyung uni tushunuvchi yagona inson edi. Ayni vaqt unga faqat Taehyung kerak edi.
Jimin hayol surib oʻtirgan vaqt eshik ochildi.
Qora sochli kastyumdagi kishi unga salom berdi.
- ha sen ancha yaxshi boʻlib qoldingmi?
Suga yaqin atrofdagi stulni olib oʻtirdi.
- koʻrib turganingizdek bugun menga ruxsat berishadi.
- aybdorlar hali ham topilmadimi?
- havotirlanma men ularni aniq tagiga yetaman.
- nima sababdan oʻzingizni buncha kuchliman deb hisoblaysiz?! A?! Oʻlib ketishingiz mumkin ular katta odamlar?
- jinni boʻldingizmi? Minglab odamlar besabab oʻlib ketyabdi. Siz esa..
Suga uning gapini kesib tashladi.
Jimin gapidan biroz uyalib yerga qaradi.
- nega mendan bunchalik havotir olyabsan.
Jimin javobni biroz oʻylab qoldi.
- chunki siz meni qutqarib qoldingiz. Shu sababli oʻlishingizni hohlamayman.
- ketmang shu yerda qola olasizmi? Iltimos..
Suga uning gaplaridan hayron qoldi. Indamadi va joyida qoldi. Ikkisi ham biror soʻzsiz qolishdi.
- biroz tabassum qila olasizmi?
Suga ( bu ifodani qanday taʼriflashni bilmiman jirkanish desam biroz hunuk eshitiladi) wtf ifoda bilan qaradi.
- biror odamdan kulishni soʻrash aqldan ozganlikka kiradimi?
Jimin ham wtf bilan unga qaradi.
- oxx siz Min lar sulolasidanmisiz?
- nega meni bundaylar bilan atayversan.
- bu mening gapirish usulim bu boʻyicha shikoyat qila olmaysiz.
- yo xudoyim kamroq gapirishni iloji bormi. Men deyarli maktabda ham buncha gapirmasdim.
Jimin Suganing stupid facesiga kulib yubordi.
- kechirasiz mavzudan uzoqlashib ketdim. Siz kulmoqchi edingiz!?
- shu bilan meni tinch qoʻyasanmi?
- qaysarlikning oliyligi tasanno.
Biroz yana yomon qarashlardan keyin Suga biroz ikki labini qimirlatdi va jilmaydi
Jimin yonidagi telefonni olib Sugani rasmga oldi.
- siz huddi mushukchaga oʻxshaysiz. xaxaxax.
Jimin qiqirlab kulib yubordi. Suga tezda jiddiy qiyofaga qaytdi. Kastyumini toʻgʻirlab jiddiylashdi.
Jimin kulgidan toʻxtagach Suganing jiddiy qiyofasini koʻrib yana kulib yubordi. Jimin mazza qilib kulardi deyarli koʻzidan yosh chiqardi. Qorni ogriganini zoʻrgʻa sezardi.
Eshik taqillab ochilganda ikkisi ham choʻchib ketishdi. Bu Jiminning dadasi edi.
Suga oʻrnidan turib janonga egilib xonadan chiqib ketdi. Oʼyib yuborgudek qilib qaragan ota stulga qaradi.
- bu kimsa nega sening yoningda koʻp oʻralashib qoldi? Serqatnov boʻlib qolibdi.
- shunchaki mendan habar olishga kelibdi.
Jimin soʻzlarni qoʻrqib qiyinchilik bilan gapirdi.
- menga uning basharasi yoqmaydi. Nima senga biz yetmayabmizmi?
- ovozingni oʻchir mashinaga chiq uyga ketamiz.
Jimin oʻrnidan turib kiyimlarini yigʻishni boshladi. Otasi xonadan chiqib kegandi. Jimin yigʻlab yubordi.
- Taehyung menga sen keraksan..seni sogʻindim...iltimos qaytib kel..
Jimin narsalarini yigʻib boʻlgach tashqarida kutib turgan dadasining mashinasiga chiqdi. Orqa oʻrindiqqa oʻtirgach mashina eshigini yopib havfsizlik kamarini taqdi. Otasini mashinani ot oldirib haydadi. Jimin jim ketardi. Janob oldi mashina oynasidan Jiminga qaradi. Jimgina labini tishlab yigʻlab ketayotgan oʻgʻlini koʻrdi.
Jimin indamadi. Gapirishni hohlamasdi va gapira ham olmasdi. Otasini eshitishni umuman hohlamasdi. Ammo otasini ham tushinish kerak.
Jimin mashina kamerasidan orqada qora mashina ularning ortidan kelayotganini koʻrdi. Ular qayerga yurishsa ortidan itdek kelardi. Juda shubhali koʻrinardi. Raqami ham yoʻq edi. Jimin qoʻrqdi.
- alo axaxax yaxshimisz xonim?
Jimin jim qoldi. Mashina hali hamon ularning ortidan kelardi.
- ha ha Park Jimin. Mening oʼgʻlim. Ingliz tili ha biladi.
Janob biroz qoʻngʻiroqning narigi tomondagi odamni tingladi.
- yaxshi unda ertagayoq biletga buyurtma beraman. Yaqin kunda oʻgʻlim u yerga boradi.
Jimin otasining gaplariga tushunmadi. Nima haqda gapirayotgani tushunarsiz edi.
- dada nima haqda gaplashdingiz.
- Amerikaga oʻqishga ketasan shuni gaplashdim.
- oʻsha yer sen uchun havfsiz. Bu yerda qolmaysan.
- dada iltimos hech boʻlmasam Taehyung bilan koʻrishib olishimga vaqt bering.
- yaxshi senga 3kun muhlat barcha ishlaringni bitir. Men Nara xonim bilan gaplashaman.
Jimin otasiga qarshilik qilmadi. Baribir otasi aytgan ishini qilardi. Shu sababli indamadi shunchaki boʻysundi. Ular uyga yetishiga biroz qoldi. Orqadan kelayotgan qora mashina hali kelardi. Birozdan soʻng mashina oldinlab ketti va ularning oldini toʻsdi. Janob tezda mashina tormozoni bosdi.