January 2, 2025

Gunohkorlar tunda uhlamaydi

24-qism

Jkning yuziga ham qaramasdan honadan oqsoqlanib chiqib ketdi.

Jk shunchaki uni kuzatib qolib ketaverdi.

Tae honaga oʻziga berilgan xonaga kirib yotdi. Hamma narsani hozirgi jk bilan boʻlgan barcha narsani analiz qila boshladi.
Bir nuqtaga qarab oʻylanib qoldi.

Taehyungpov:

Tae nima qilib qoʻyding axmoq. Haqiqatdan ham uni sevamanmi? Sevolmayman u mafia boshligʻi va men u bilan doʻst boʻlishim kerak. Yo hudo deyarli doʻst ham boʻlolmayman. Nima sababdan bu ishlarga rozi boʻldim. Jin ursin axmoqman. Lekin bu menga yoqdi👄
Axmoq yoqdi??! Men aqldan ozdim. Umrimda tanimgan insonim bilan aloqa qildimmi? Men noshudman. Bundan koʻra eski hayotim yaxshi emasmidi? Kim Taehyung yaxshilab oʻyla. Yaxshisi ertaga ertalab bu yerdan qochib ketaman. Boshqa jungkooking yuziga qaray olmayman. Endi bizga nima boʻladi? Agar qolsam nima boʻladi? Bu vaxshiy meni oʻldirib yuborsachi? Boshqa qololmayman. Tong otishi bilan yoʻlga chiqib uyimga qochaman.

Tae uhlashga yotdi. Ammo hali ham qochish rejasini oʻylab yotdi.

Tong otdi. Soat 05:00
Tae hech kim uygʻonmasidan ketishni hohladi. Agar kimdir sezib qolsa endi oʼlishi aniq.

Koʻcha juda sovuq.
- 10°C

Tae jkning kiyimlarini yechib oʻzining kiyimlarini oldi. Qalin kiyimlarini kiygach hona eshigini ochib moʻraladi. Kecha eshikni qulflash hammaning esidan chiqgan edi. Hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgach oyoq uchida chiqdi. Tezroq harakat qilib qarargoh tashqarisiga chiqdi. Orqa eshikni qidirdi va joʻnab ketti. Yaxshi ham bugungi kun dushanba. Jkning toʻdasi uchun dushanba dam kuni edi. Hamma miriqib uhlab yotibdi. Jk ham)

Koʻchaga chiqqach qayerdaligini aniqlash uchun dokonga kirdi.

- salom janob bu qayer ayta olasizmi?

- bu seulning eng chekka joyi. Qanday adashib qoldingiz yordam berishim mumkin?!

- yoq yoʻq rahmat janob oʻzim eplayman.

Tae doʻkondan tashqariga chiqdi. Koʻchada taksi toʻxtatib uyiga haydashini aytdi. Yonida puli yoʻq ammo uyida yigʻib yurgan pulidan toʻlashni reja qildi. Mashinada hayol surib ketti.

Jimin yaxshimikin. Uni juda sogʻindim. Meni koʻrsa nima der ekin? Kechirmasa kerak... Hatto bir soʻz demay ketib qolgan boʻlsam..

Tae shunday oʻylar bilan 1soatlik yoʻldan keyin uyiga yetib keldi. Tong otgani sababli otasi allaqachon ishga joʻnab ketgan. Tae esa eshik kodini ochib ichkariga kirdi. Honasidan pul olib taksiga toʻlab uyga qaytdi.

Uy hali ham oʻzgarmagan. Doimgidek ichkilik butilkalari hamma joyda sochilgan. Yuvilmagan idishlarga toʻla oshxona. Hech narsa oʻzgarmagan. Tae ikkinchi qavatga oʻz xonasiga koʻtarildi. Lagerga ketganda qanday boʻlsa hali ham shunday. Oʻz joyini sogʻingani uchun divaniga yotdi. Divanda hali ham oʻqib tugatmagan kitobini koʻrib hursand boʻlib ketdi. Belgilab qoʻygan joyini ochib davomini oʻqiy boshladi.

Soat 10 boʻldi. Tae kollejga borib Jimin bilan koʻrishishni istadi. Lekin u borsa Jimin anniq politsiya qoʻngʻiroq qiladi. Tae Jiminning salkam 10yillik doʻsti. Politsiyaga qidiruv bergani aniq. Agar Tae aytmasdan borsa kollejdagilar ham baribir habar berishi aniq.

Tae yon daftarchasini olib Jiminning raqamini yozgan joyni qidirdi. Topgach uy telefonidan unga qoʻngʻiroq qildi.

Qoʻngʻiroqni birozdan soʻng koʻtarishdi.

- assolamu alaykum janob. Taehyung hali topilgani yoʻq. Qidirishyabdi. Topishsa sizga tezda habar beraman.

Tae Jiminning qoʻrquvini eshitib koʻziga yosh keldi. Jimin usiz ancha siqilganini shu yerdan turib his qildi.

- Jimin bu menman. Taehyung.

Tae yigʻlab yubormaslik uchun labini qattiq tishladi.

- NIMA? Tae haqiqatdan senmisan? Qayerdasan? Tezda ayt men hozir politsiyaga qoʻngʻiroq qilaman. Seni topamiz.

- Jimin men hozir uydaman.

Hammasi yaxshi. Hech qanday xavf yoʻq. Politsiya chaqirma.

- nima?! 2oydan beri yoʻqsan. Qayerdaligingni aytganing ham yoʻq. Endi esa indamay telefon qilib men yaxshiman politsiya chaqirma deyabsan!

- Jimin haqiqatdan ham yaxshiman. Menga ishon. Seni juda sogʻindim.

Jimin Taening bu gapidan soʻng jahlidan tushdi. Koʻngli boʻshab ketti.

- men ham seni sogʻindim Tae. Hozir yoningga boraman ketib qolma.

Jimin goʻshakni shunday deb oʻchirdi. Kollejdan chiqib tezda Taening uyiga shoshdi.

Taehyung divanda yotib bir nimalarni oʻylab yotdi. Keyin oʻrnidan turib shkafidan jigarrang linzalarini oldi. Ularni taqdi, oynaga qarab sochlarini tekisladi. 20 daqiqalarda eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi. Tae pastga tushib eshikni ochdi.
Eshik tashqarisida koʻz yoshini zoʻrgʻa ushlab turgan Jiminni koʻrdi.

- salom Jimin🥺

Taehyung ham uni koʻrib yigʻlab yubordi. Qattiq quchoqlab ikkisi ham yigʻlab yuborishdi.

- seni sogʻinib kettim Tae.

Ikkisi eshik yonida turib bir birlarini qattiq quchoqlab yigʻlab olishdi. Tae Jiminni tinchlantirish uchun sochlarini siladi.

- yur ichkariga kiramiz.

Ikkisi ham ichkariga kirishdi.

- nima ichasan Jimin?

- yoʻq hech narsa kerak emas Taehyung.

- unda honamga chiqamiz.

Tae Jiminning qoʻlidan ushlab xonaga olib chiqdi.

Ichkariga kirishgach Jimin Taening butun tanasi boʻylab koʻzini yurgazib qarab chiqdi. Qoʻllarini tekshirdi, yuzlarini shilingan yoki yara boʻlgan yoki yoʻqmi deb qayta qayta tekshirdi.

- menga hech nima boʻlmadi Jimin havotir olishni bas qil.

- Tae qayerda eding? Shuncha vaqt qayerga yoʻq boʻlib qolding?

Tae indamadi. Yerdan koʻzini uzmay turaverdi. Qanday qilib tushuntirish kerakligini oʻyladi.

- nega gapirmaysan? Tae?

- men Jungkook bilan edi.

- 😳. Lukas bilan bir xonada turgan axmoqni aytayabsanmi?

- ha oʻsha.

Tae hotirjam ovozda tushintirdi.

- politsiya hodimi uni Koreyadagi mafialarning eng kattasi deb aytdi. Jeon jungkook.

Tae yana indamadi.

- qanday qilib qochib ketting? Aslida oʻrtalaringda nima boʻlgan edi? Nega u seni olib ketti? Nega endi qoʻyib yubordi? Hammasini bir boshdan tushuntirib ber Tae.

Tae hozir koʻp gapirishini sezib qulayroq joylashib oldi.

- lagerdaligimizda u bilan tanishib qoldim. U hammaga oʻzini Lukasman deb tanishtirardi. Lekin menga oʻzini asl ismi bilan tanishtirdi. Biz u bilan ancha vaqt oʻtkazdik. Juda koʻp emas. Men buni sezgach nega oʻzingni hammaga Lukas qilib koʻrsatyabsan deb soʻradim. U esa sening koʻzlaring haqida hech kim bilmaydi, men haqimda ham hech kim bilishini istamayman dedi. Men shunchaki bunga uncha etibor bermaslikka harakat qildim. Esingda boʻlsa sen meni bir kun uzoq vaqt yolgʻiz tashlab ketgan eding, Lukasning yonida qolish uchun. Oʻsha kuni jungkook sening oʻrningga meni yonimda boʻldi. Keyin birdan deraza tashqarisida kimdir kutib turgan edi. U jungkookni chaqirdi va jungkook ketmoqchi boʻldi. Men undan qayerga ketayotganini rohibalar koʻrishsa jazolashishini aytdim. U menga shu yerda qol dedi lekin men rozi boʻlmadim. Ketishiga yoʻl qoʻymadim. Qiziqayotgan boʻlsang seni olib ketaman dedi va mashinaga solib olib ketti.

- toʻxta toʻxta. Nima sen ketishga rozi boʻldingmi?

Jimin shu qadar berilib gapirardiki Taening bundan kulgisi keldi. Lekin kulgisini yashirdi.

- men qarshilik qildim lekin u meni koʻtarib mashina ichiga otib yubordi.

- aqldan ozgan mafia🤬 Uni tezda qoʻlga olish kerak.

- ohirigacha gapirishimga qoʼysangchi?

- mayli mayli gapir.

- keyin biz ularning qarorgohiga bordik. Meni 1 necha kun uning honasida saqlashdi. Honadan tashqariga chiqmadim. Keyin esa tashqariga chiqishimga ruxsat berishdi. Qarorgoh juda katta edi. Xonalari koʻp edi. U yerda Jin ismli oshpaz bor edi. U juda yaxshi yigit. Haqiqatdan ham.

- sen u yerda baxtli boʻlgansan sheklli😏

- Jimin men oldin baxtli edimmi? Menimcha oʻsha yerda ancha baxtliroq boʻldim.

- unda nega qaytib kelding?

Taening yuzi kechagi ishni eslab qizarib ketdi.

- boshqa u yerda qololmasdim.

- unday boʻlsa yaxshi. Demak bir nima sababli ketgansan!? Demak politsiyaga boramiz.

- yoʻq yoʻq Jimin. Unday qilma agar doʻstim boʻlsang hech kimga aytma. Oʻzim borib politsiyaga habar beraman.

- mayli agar yana oʻgʻirlab ketsa aniq habar beraman.

- hoʻp hoʻp Jimin. Senda nima gaplar. Imtihondan oʻtdingmi?

- menda hammasi yaxshi. Doimgidek oʻqishlar bilan. Imtihonlar ammo ancha qiyin boʻldi.

- ha men ham ancha vaqt qolib ketdim.

- yana oʻqishga qaytasanmi?

- albatta oldin otam bilan gaplashishim kerak.

Tae otasi bilan gaplashishni oʻylab yuragi siqilib ketdi.

- dadang anchadan beri gʻazabda. Butun politsiyani boshiga koʻtarib yubordi.

- AAA? Otam meni izladimi? Meni yoʻq boʻlib qolganimni hatto sezmagan boʻlsa ham kerak deb oʻylagandim.

- yoʻq u juda gʻazablandi. Oʻgʻlimni topib beringlar deb hammaga baqirib tashladi. Butun Korea politsiyasi seni haligacha qidirishyabdi.

- yo xudoyim Jimin.

Jiminning telefoni orada jiringlab qoldi.

- ha oyi nima boʻldi?

- qayerdasan oʻgʻlim?

Tae Jiminga aytma degan ishorani qildi.

- men kutubxonada edim. Nima boʻldi oyi?

- qachon qaytasan dadang bizni bir ziyofatga olib boraman deyabdi.

- men bormasam boʻlmaydimi oyi?

- dadang sendan hafa boʻladi Jimin.

- mayli oyi yarim soatda uyda boʻlaman.

- tezroq kelaqol.

Jimin qoʻngʻiroqni qoʻydi.

- bugun sen bilan qolmoqchi edim Tae.

- yoʻq Jimmy shart emas.

- afsus qololmayman shekilli.

- men hafa boʻlmayman Jimin. Ertaga koʻrishamiz.

- unday boʻlsa uyga boraqolay.

Jimin kiyimlarini kiyib ryugzagini oldi.

- ertaga koʻrishamiz deb vada ber Tae?

- sen ham politsiyaga habar bermayman deb vada ber.

- hech kimga bu haqda gapirmayman. Lekin ertaga bularning qolgan hammasini gapirib berasan.

- mayli Jimin. Ertaga hohlasang birga kutubxonaga boramiz.

Ikkisi ham pastgi qavatga tushishdi.

- hayr Jimin seni yaxshi koʻraman.

- men ham seni yaxshi koʻraman.

Jimin Taeni yengil quchdi.

Jimin ancha uzoqlashgach Tae ichkariga kirdi. Soat allaqachon tushlik vaqti edi. Oshxonaga kirib yeyish uchun narsa qidirdi. Hech nima yoʻq. Hamma joy boʻshab qolgan.

Hozircha koʻchaga chiqmagani maʼqulligi uchun hech nima yemadi. Telefoni ham yoʻqolgan. Yana honasiga chiqib ketdi.

Kitobining qolgan qismini oʻqib uhlab qoldi.

Kim janob ( Taening dadasi) bugun boʻkkanicha ichib rosa koʻngilhushlik qildi. Uyiga zoʻrgʻa kirib keldi. Eshikni ochdi. Eshik qulflanmagan edi. Hayron qoldi. Ichkariga kirdi. Atrofga qaradi. Har ehtimolga qarshi Taening honasiga chiqib koʻrishni togʻri deb bildi. Zinadan qiylanib chiqib oldiyu Taening honasini eshigini ochdi. Divanda uhlab yotgan Taeni koʻrib boshida hayron qoldi lekin baqirib kuldi.

- baribir qaytib kelibsanda tekinxoʻr. Shuncha vaqtdan beri qayerda eding?

U jahl bilan uning yoniga birdida kiyimdan koʻtarib yerga otib yubordi.

Tae ogʻriqdan uyqudan koʻzini ochdi. Ogʻriqdan belini qattiq ushladi.

- baribir mening yonimga qaytibsanda!! Axmoq bola seni bu koʻzlaring bilan hech kim qabul qilmaydi.

U yerda gʻijimlanib yotgan Taeni oyogʻi bilan tepdi.

- anchadan beri yoʻqsan. Endi mendan koʻrasan oʻlganingcha kaltaklayman. Oʻlimni mening qoʻlimda his qilasan. Koʻramiz oʻshanda koʻzlaring qanday ranga kiradi.

U yana baqirib kuldi.

- unday qilmang. Oʻlishni...istamayman.

Tae zoʻrgʻa gapirdi..

- nima😏 aslida allaqachon oʻlishing kerak edi. Xotinim...hotinm sen tufayli oʻldi. Sen esa shunchaki qutulaman deb oʻylaysanmi. Hayolinga ham keltirma.

U Taeni oyoqda turishga majbur qildida yuziga musht tushirishni boshladi. Tae ogʻriqdan hatto ovoz ham chiqara olmadi. Tashqarida yomgʻir kuchli yogʻardi.

- sen oʻlishga loyiqsan. Yashab qolishing mumkin emas. Sen lanatlangansan.. tushunyansanmi?

Ikki qoʻli bilan Taening yoqasidan ushlab baqirdi. Oyoqda zoʻrgʻa turgan Tae hatto koʻzini ham ocha olmasdi.

Otasi uni yana mushtladi. Bu safar qorniga juda qattiq zarba berdi. Ogʻriqdan yerga yiqilgan Taening ogʻzidan qon chiqdi. Yuzi tushgan mushtlardan koʻkarib ketdi.

- iltimos ota...

Otasi uni eshitmadi. Uni oyoqlari orasiga olib doʻpposlay boshladi. Hozir mast boʻlganiga oldingidan ham kuchli boʻlib ketdi. Taening koʻkarmagan joyi qolmadi. Tanasi zoʻrgʻa tirik edi. Koʻzidan yosh chiqdi.

Otasi biroz toʻxtadi.

- ona nega meni tashlab ketdingiz...nega..meni bu dunyoda yolgʻiz tashlab ketdingiz...

Tae yigʻlab yubordi.

- onang sen tufayli oʻldi. Sening lanating unga ziyon yetkazdi. Bu koʻzlaring ularni yulib olaman.

Otasi oshxonadan pichoq olib keldi. Yerda oʻlar holatda yotgan taening yoniga keldi.

- nihoyat seni bu lanatdan halos qilaman. Taehyung lanatlangan koʻzlaringdan halos boʻlasan. Endi linzalar ham sotib olishing shart emas.

U kuchi boricha baqirib kuldi. Shaytoncha kulish butun uy boʻylab aks sado berdi.

Tae joyidan umuman qimirlolmasdi. Umuman madori qolmadi. Boshqa kurasha olmasligiga tan berdi. Oʻlimi kelganiga tan berdi va jimgina oʻlimni qabul qilish uchun koʻzlarini yumdi....