Gunohkorlar tunda uhlamaydi.
Jungkookning koʻzi endi uning tanasiga tushdi. Tanasidagi koʻkarishlar va zasoslarni koʻrib aybdorlik hissi uygʻondi. Taehyungni aldagani kechagi kun iltimoslarga eʼtibor ham bermasdan qilgan muomalasi...
Jungkook Taehyungni aniq hafa qilganini sezdi. Buni hatto Taehyungning yuzidan ham bilish qiyin emasdi. Yuzi shunchaki hech qanday his tuygʻuni ifodalamas, koʻzlari esa tushunarsiz qorongʻu rangda edi...
Taehyung shunchaki kelib jungkookni quchoqladi.
Jungkook bu harakatni koʻrib Taehyungni bagʻriga bosdi.
Taehyung Jungkookning issiq quchogʻiga singib ketdi. Yuzini uning boʻyniga yashirdi va issiq nafasi bilan uning boʻynini terlatdi. Nafas olishi buzilib yuragi tezroq urishni boshladi. Jungkookdan taralayotgan shirin hidni butun tanasi bilan his qildi. Quchogʻiga yanayam kirib toʻyib nafas oldi. Huddi oʻzini uydagidek his qildi. Asli uyida boʻlganida ham bunchalik qoniqish hissini his qilmagan Taehyung oʻzini biroz yoʻqotdi.
- tinchlan tae hozir yuraging yorilib ketadi🤭
Jungkook uni biroz masxara qildi va Taehyungning yuzi qizishiga sabab boʻldi.
Jin erta tongdan nolidi. Koʻzlarini ochdi va boshqa birovning xonasida ekanligini koʻrdi.
U ustiga yopilgan choyshabni koʻtardi va yalangʻoch tanasini koʻrdib baqirib yubordi.
U bor ovozi bilan qichqirdi. Yonida jimgina uhlab yotgan Namjoon uning ovozini eshitib qiyinchilik bilan koʻzlarini ochdi.
Namjoon miyigʻida kulib qoʻydi.
Jin soʻzlarini ohiriga yetkazolmay toʻxtab qoldi.
- qani boʻlaqoling zerikdingiz shekilli. Kim koʻp ichish musobaqasi qilamiz.
Suga qarshisida zerikishdan oʻlay degan ikki juftlikka qaradi.
- demak qanday shart qoʻyamiz?
- yotqizgan ishtirokchi yutgandan boʻsa oladi.
Suga ham yetarli ichganiga qaramay hushi oʻzida ediva mast boʻlmagan edi.
- yaxshi men roziman. Lekin Namjoon yutadi deb oʻylamayman.
- huh buni sen aytyabsanmi koʻramiz hammasi oldinda.
Jin va Namjoon ichishni boshlashdi.
Suga ikkisini band qilgach u yerdan ketdi.
- hozir qusib yuboraman toʻxta Namjoon taslimman.
Jin boshini stol ustiga qoʻyib oʻzini mastlikdan ushlab turardi.
- men gʻolibman yuhuu... Endi esa kelishilgandek kisss...
Jin buni eshitib boshini stoldan koʻtardi. Ikki qizargan yuzi bilan unga qaradi.
Yaqinroq bordi va Namjoonni oʻpa boshladi. Bazm juda shovqin suronli edi. Hech kim bir biriga etibor bermagan holat edi. Ikkisi hot kissni tugatgandan soʻng yanada koʻprogʻini hohlab oʻz xonalariga ketishdi va tunni erkalab birga oʻtkazishdi.
Jin stol atrofiga nonushtani qoʻyar ekan boshini qattiq ushlab nolidi.
Jungkook va Taehyung yonma yon. Ularning yonida Suga, namjoon va Jin oʻtirardi.
- kecha koʻp ichib yubordingiz.
Suga doimgidek oʻzgarishsiz ularga gapirdi.
- hammangiz bazmdan rohatlangan boʻlsangiz hursandman.
Jungkook erta tongdagi odatiga koʻra achchiq kofesidan bir hoʻplab aytdi.
- Taehyung bugun juda tinchsan. Nimadir boʻldimi yoki oʻzingni noqulay his qilyabsanmi?
Jin undan biroz havotirlanib soʻradi.
- menda hammasi yaxshi havotir olmang.
Ertalabki nonushta oʻz nihoyasiga yetdi. Hamma oʻz ishlariga ketdi. Jungkook esa oʻziga 1 hafta taʼtil berishga qaror qildi. Shunday ekan u ofisdan tashqariga chiqmaydi va ichkaridan hammasini oʻzi boshqaradi. Bu oldingi voqeani hisobga olgan holda qaror boʻldi. Oʻtkan safargi narkotik qabul qiluvchi insonning kimligini aniqlashgani yoʻq. U yana shunday jkga ziyon keltirishi mumkin edi. Va jungkook 1 hafta hech qayerga chiqmaslikka qaror qildim
Ovqatlanib boʻlishgach Taehyung oʻz xonasiga ketdi. Ichkariga kirib kiyish uchun kiyim qidirdi. Kelganiga 1hafta boʻlgani uchun hech qanday kiyim yoʻq edi. Uyidan ham hech nima olib kelmagan. Hech nima yoʻqligini koʻrib yana qayta joyiga yotib kitobini qoʻliga oldi. Bu asli jungkookning kitobi edi. Ochib oʻqiy boshladi. Kitob ramantika va qasosga asoslangan kitob edi. Taehyung kitobni qiziqish bilan oʻqiy boshladi. 1 soatda deyarli yarmini tugatdi.
Uyqusi kelgani uchun koʻzlari asta yumilib ketishni boshladi.
Eshik birdan ochilib Jungkook baqirib kirdi.
- hooy meni qoʻrqitib yubording. Aqldan ozganmisan? Men kitobga juda berilib ketgandim.
Taehyung haqiqatdan ham jkning bunday qiligʻidan qoʼrqib ketdi.
Jungkook uning qiyofasini koʻrib kulib yubordi.
- xaxaxax sen....xxax..judayam kulgisan....
Jungkook kulgudan oʻzini zoʻrgʻa toʻxtadi.
Taehyung labini yosh bolaniki kabi burib judayam yoqimli boʻlib ketdi.
Jungkook uning paxmoq sochlarini qoʻli bilan toʻzitdi. U ham Taening yoniga choʻzildi.
U taehyungni qoʻlidagi kitobga qarab qiziqdi.
Taehyung uning shaxsiy kitobi ekanligi uchun kitobni yopdiyu yostigʻi orasiga yashirib qoʻydi.
Yuzini odatiy tutish uchun chuqurroq nafas oldi.
- mayli shunday boʻlaqolsin. Taehyung bugun sen bilan shopping qilamiz.
Jungkook yangilikni aytar ekan jilmayib qoʻydi.
- nima hazillashmayabsizmi? Menga koʻchaga chiqish mumkinmi?
Taehyung hozirgi gapdan shokka tushdi.
- heyy menga bunday qarashni bas qil eritib yuborasan.
Jungkook Taehyungning koʻzlariga qaramaslik uchun yuzini boshqa joyga qaratdi.
- jungkook sizdan bir narsa soʻrasam maylimi?
- men hattoki sizni "sen" yoki "siz" deb chaqirishni ham bilmayapman. Yoshingiz nechada?
- yoshimmi? Men aslida 27yoshman.
Taehyungning miyyasi yonib ketay dedi.
- siz..demak...men sizni sizlashim kerak va siz meni aldadingiz?
- majbur edim. Oʻsha lagerga borgan vaqtim hammasi yolgʻon edi. Yoshim, harakterim, ismim... Lekin faqat senga asl oʻzimni va ismimni ayta oldim. Chunki sen u yerdagilardan ajralib turarding. Juda kam gap va kamnamo.
- lekin siz haqiqatdan 27 yoshga oʻxshamaysiz..
- toʻgʻri chunki men QARIMAYMAN va KOʻRKAM yigitman.
Jungkook ohirgi soʻzlarga urgʻu berib baqirib gapirdi va mushaklarni koʻz koʻz qildi.
Taehyung uning bu harakatidan hirillab kulib yubordi. Jungkook buni Taehyungning tabassumni koʻrish uchun qilgan boʻlsada oʻzi ham unga qoʻshilib kulib yubordi.
Ikkisi birgalikda mazza qilib kulishdi. Xonani yoqimli kulgu ovozlari qamrab oldi.
Taehyung oʻtmishga qaytishni hohlab qiziqtirgan savollarni soʻray boshladi.
- hmmm yana men sening yoningda boʻlganimdagi kabi boshqalar bilan munosabatda emasman.
- esingdami ikkimiz birinchi koʻrishgan kunimiz...
Taehyung yana eski damlarni hotirlab oʼyga toldi.
- voy uzur siz demoqchi edim☹️ Sizlashga oʻrgana olmayabman. Ishoning lekin qattiq harakat qilishga soʻz beraman.
- yaxshi boshqa qaytarilmasin.
Taehyung haqiqatdan ham sizlay olmayotgandi.
- xa birinchi koʻrishganimiz esimda.. Oʻsha kuni meni qanday inson deb oʻylaganding?
- mmm rostini aytsam judayam koʻp gapiradigan axmoq deb oʻylagandim. Nega menga bunchalar yopishib olganingiz yoqmagan edi.
Jungkook uning gapiga kulib qoʻydi.
- men esa seni nima sababdan bunchalar kam gapligingga hayron qolgan edim. Juda ham introvert eding.
Ular yariam soat shunday qilib choʻzilib yotishdi. Keyin esa shopping qilish uchun katta brend doʻkonga kelishdi.
- yoʻq yoʻq yoʻq men bu yerdan kiyim ololmayman.
Taehyung qarshisidagi baland Celine doʻkonini koʻrib qattiq hijolat tortdi.
- yoʻq axir aybimni yuvishim kerak. Shunday ekan bu doʻkon sen uchun maxsus kechirim soʻrash imkoni.
Taehyung qarshilik bildirishiga qaramay jungkook uni ichkariga olib kirishga muvaffaq boʻldi.
- wauw juda goʻzal ekan jungkook.
Taehyung bunday doʻkonga oldin kelmagan edi.
- xa oldin nima sotib olishni hohlaysan?
Jungkook Taehyungning quvonchdan porlayotgan irislariga koʻz tashlab qoʻydi.
Taehyung labini mayin tishlagancha gapirdi.
Jungkook uning qoʻlidan ushlab odimladi. Avvaliga ular ustki kiyimlar olish uchun koʻplab doʻkonlarni aylanishda.
- mana bu ham senga juda yarashadi Tae.
Jungkook qoʻlidagi kiyimni ortidan kelayotgan yordamchiga berdi. Orqada kiyimlar bilan yuzi toʻsilgan yordamchi qiyinchilik bilan ularni koʻtarib kelardi.
- Jungkoook menimcha yaratdi. Men buncha kiyimni qayerga kiyaman. Kerak emas.
- senga yarashgan hammaisni sotib olishni istayman.
Ular hamma doʻkonlarni aylanib chiqishdi. Jungkook hamma kiyimlarni Taehyungga moslashtirib olaverdi. Narxiga umuman etibor bermadi va olaverdi.
- yo xudoyim nahotki shugina kiyima?
Taehyung futbolkadagi etiketkani (oʻzb blmiman?!) koʻrib qichqirib yubordi
- narxiga umuman etibor berma Tae bularning barchasi mendan senga.
Jungkook Taehyungning peshonasiga sevgi oʻpichini qoldirdi.
- rahmat jungkook albatta ishlab hammasini sizga toʻlayman. Raxmat sizdan minnatdorman.
Taehyung boshi yerga yetguncha raxmat aytdi
- boʻldi boʻldi raxmat shart emas.
Ular boshqa doʻkonlarga ham borishdi. Oyoq kiyimlari, sumkalar, yuz uchun niqoblar hammasidan sotib olishdi.
- yo xudoyim jungkookaah hozir oyoqlarim uzilib tushadi balki toʼxtarmiz.
Taehyung yerga yopishib qolgan oyoqlarini zoʻrgʻa koʻtarib jungkookning ortidan bordi.
- ohirgisi Taehyung va biz dam olish uchun ovqatlanishga boramiz.
Jungkook ham charchagan boʻlsada buni hech qachon sezrirmasdi.
Ular ohirgi doʻkonni aylanib boʻlishgach nihoyat ovqatlanish uchun biror yerga borishni oʻylashdi.
- men juda zoʻr joyni bilaman jungkook shu yerga yaqin joyda piyoda borsak ham boʻladi?!
Taehyung yuraverib qorni ochlikdan biroz ovoz chiqardi.
Taehyung oldinda oyoqlarini sudraguncha ketardi. Ortida esa Jungkook uning bunchalik ezmaligini koʻrib chidab tura olmadi. Taehyungni shart qoʻliga kotardida olgʻa qadam tashlay boshladi.
- endi qayerga onggamj chapgami?
Jungkook qayerga yurishni undan soʻrab jilmaydi. Baquvvat qoʻllari orasidagi mitti bolakay oyoqlarini qimirlatib g'ingshidi.
- bu yerda odamlar bor tushiring. Ular nima deb oʻylashadi?!
Jungkook uning bolalarcha qiligʻidan yuziga tabbasum yugurdi.
- menga ularning gapini qizigʻi yoʻq. Menga sen muhimsan.
Egilib Taehyungning peshonasidan oʻpdi.
Taehyungning yuzi sekundlar ichida yonishni boshladi.
Taehyung uning qoʻlida kapalak kabi yoʻl koʻrsatib ketdi. Koʻchadagi har 2insonning biri ularga ham havas ham hasad koʻzlari bilan qarashdi. Lekin Jungkook magrurona uni olib ketaverdi.
10daqiqalik piyoda sayrdan soʻng ular koʻcha oshxonasiga yetib kelishdi.
- qani endi tushingchi kichkina shahzoda.
Jungkook qoʻlidagi yengil yukni sekin yerga qoʻydi.
Taehyung unga jilmayib qarab turardi. Koʻzlarida mehr va minnatdorchilik rangi qalqib turardi.
Jungkook biroz uning yuziga tikilib turdi-da bosh stulga borib oʻtirdi. Yoniga Taehyungni ham chaqirdi.
Taehyung jungkookni eritib yuboradigan tabassumi bilan undan soʻradi
Taehyung ovozini balandroq chiqarib ochiq oshxonada kimbap pishirayotgan ayolga qoʻlini choʻzib qaradi.
- Jimin bilan qanchalik yaqindan Taehyung?
- bu haqda sizga aytgan edim eslaysizmi?
- yana nima haqda bilishni hohlaysiz?
Taehyung uning bunday iltifotidan erib ketdi.
- balki yana 1 shishaga yoʻq demasan toʻgʻrimi?
Jungkook quyon tishlarini koʻrsatib Taehyungga yulduzli koʻzlari bilan qaradi.
Jungkook ichkilikdan ikki yuzi qizargan edi. Hali ham taslim bolmay juda koʻp ichishdi. Vaqt allamahal boʻlib qolgan edi. Deyarli yarim tun.
Ikkisi ham juda koʻp ichishdi. Oʻlgudek mastga aylanishgan edi. Bir birga har hil qiliqlar qilib besabab kulishardi.
xaxaxax sen hatto yoshligingda ham yoqimli boʻlgansiz jungkookahhh~~