March 12, 2025

Gunohkorlar tunda uhlamaydi.

16-qism

TaehyungPov:

Nima bu qayer. Men nega oq kiyimdaman. Oʻzimni juda ham yengil his qilyabman. Ahm qarshimdagi yorugʻlik koʻzim dosh bermayabdi juda ham yorugʻ. Men koʻzlarimni ocha olmayabman.

- azizim Taehyung...

Nima kim gapiryabdi.

- kimsiz? Meni qayerdan taniysiz?

Ovoz juda yoqimli va tanish. Men bu ovozni taniydigandekman.

- Taehyung bu menman.

Meni taniydigan kim boʻlishi mumkin. Bunday tanishim yoʻq.

- iltimos oʻzingizni tanishtira olasizmi?

Ovoz qayerdan kelayotganini bildim. Qarshimdagi nomaʼlum yorugʻlik tiniqlasha boshladi. Oq kiyimli ayol menga tabassum bilan qarab turardi.

Yuragim juda ham tez uryabdi. Menga nima boʻlyabdi. Qarshimdagi kim? Juda goʻzal ayol... Jin ursin fikrlarimni jamlay olmayabman. Atrof boʻm boʻsh. Bu qayer?

- men onangman... Taehyung...

" Taehyung shok holatiga tushdi. Qarshisidagi goʻzal va latofatli ayol uning onasi edi. Ayol huddi Taehyung kabi juda chiroyli, nozik va jigar sochli edi. Mayin va silliq sochlari goʻyoki shamol taragandek hilpirab turardi. Koʻzlari shu qadar goʻzal ediki... Bu koʻzlar Taehyungning koʻzlarini goʻzallik boʻyicha ortda qoldirishi aniq edi... Labining ostidagi holi tiniq yuzida yaqqol koʻrinib turardi. Simmetrik bir birga huddi mukammal tayyorlangan haykal kabi inson Taehyungga hali ham mehrga toʻla koʻzlari bilan jilmayib qarab turardi. Taehyung bir vaqt oʻzini yoʻqotgan asliyatga qaytdi."

- siz...si....oyi...

"Taehyung turgan joyida yigʻlab yubordi"

- qani kel bolajonim seni juda sogʻindim...

" Ayol ikki qoʻlini ochib Taehyungni bagʻriga chaqirdi. Taehyung koʻzidagi yoshi tinmasdi. Koʻzlariga ishonmasdi. Irislar rangi shu qadar koʻp oʼzgardiki... Taehyung nimani his qilayotganini tushunmasdi."

- oyi...haqiqatdan...<yigʻi>...bu sizmisiz...

- ha men onangman bolajonim.

"Taehyung yigʻi toʻla koʻzlari bilan onasini yoniga bordi. Qoʻllari hayajondanmi yoki qoʼrquvdanmi qaltirardi. Tanasini qoʻrqinchli qaltiroq bosa boshladi. Onasiga yaqinlashgach uni qattiq bagʻriga bosdi. Ayol ham oʻgʻlini quchgach koʻziga yosh keldi. U ham Taehyung kabi hursand edi. Koʻzi yoshga toʻlsa ham labidagi quvonch tabassumi soʼnmasdi. Taehyungning sochlaridan qoʻlini oʻtkazib siladi va yengil sochlaridan oʻpib qoʻydi. Taehyung hali hamon koʻz yoshlarini boshqarolmasdi. Onasini qattiq quchib, hididan toʻyib toʻyib nafas olardi. Bu hid va onasining iliqligi Taehyungni yigʻidan tinchlantirdi. Koʻz yoshlar oʻrni quridi. Sekin boshini koʻtarib onasiga qaradi. Haqiqiyligini tekshirish uchun qoʻlini onasining yuziga olib bordi. Mayin tegish va onasining iliqligi Taehyungning yuragini yanada tezlashtirdi. Onasining quchogʻiga toʻymasdan uni yana qattiq quchdi. Onasi uning bu harakatidan jilmayib qoʻydi."

- juda goʻzal bola boʻlibsan Taehyung.

"Ayol Taehyungga qarab jilmaydi. Taehyung sekin boshini koʻtardi. Pushti rang irislar bilan onasiga tikildi. Onasining goʻzalligiga haqiqatdan ham qoyil qolgan Taehyung haligacha yurak urishini va fikrlarini boshqarolmasdi."

- oʻgʻlim... Taehyung...yaxshimisan...?

- oyi menda hammasi yaxshi.

" Taehyung hammasi yaxshi boʻlmasada jilmaydi. "Hammasi yaxshi" ning ortida minglab koʻngilsizliklarni jimgina yashirdi."

- men hammasini bilaman Taehyung.

"Taehyung savolga oʻxshash, havotirga toʻlgan koʻk rangli koʻz bilan onasiga qaradi."

- Taehyung hech qachon taslim boʻlma. Sevging uchun kurash va men uchun shunchaki yashab qol. Oʻlma Taehyung... Bunday qila olmaysan. Bilaman juda koʻp qiynalding. Lekin endi onangga ishon...haqiqatdan ham hammasi yaxshi boʻladi...menga ishon Taehyung...

"Ayol yigʻlab yubordi. Bolasini qattiq quchogʻiga bosdi. Taehyung bu gaplardan koʻngli boʻshab ketdi. Qalbida qandaydir nomaʼlum iliqlikni his qildi. Bu shunday ojiz ammo kuchli tuygʻu ediki... Taehyung birinchi marta bunday narsani his qildi. <Haqiqiy mehrni> Yuragi qadrlanish va onasining asl mehridan eriy boshladi. Soʻngra miyasiga toʻxtovsiz savollar kelishni boshladi."

- oyi siz Jungkook haqida bilasizmi?

" U qoʻrquv toʻla koʻzlari bilan gapirdi. Ayol uning bunday gapidan kulib yubordi."

- azizim Taehyung..men doim sening baxtli boʻlishingni hohlaganman. Qanday jins va qanday odamligining farqi yoʻq. Sen haqiqiy sevgini his qilsang shuni oʻzi kifoya.

- raxmat oyi...raxmat..sizni yaxshi koʻraman..

- men ham seni yaxshi koʻraman. Endi esa men ketishim kerak.

- oyi ketmang. Meni yana tashlab ketasizmi?

- men doim sening yoningdaman Taehyung. Mana bu yeringda...

"Ayol Taehyungning yuragiga ishora qildi. Ketishdan oldin unga yaxshilab qarab oldi. Oʻgʻlining koʻzidan oʻpdi...

- koʻzlaring juda goʻzal Taehyung...

- ....

"Taehyung hech narsa deya olmadi. Shunchaki soʻzsiz qoldi. Hech qachon ketishni hohlamasdi. Onasini bilan butun umr qolishni istardi. 17yil davomida usiz yashadi."

- Taehyung... TAEHYUNG... Uygʻon. Koʻzlaringni och.

Taehyung kimdir unga tegib ismini chaqirayotganini sezdi. Ammo koʻzlarini ochishga juda qiynaldi. Tanasi zirqirab ogʻrirdi lekin juda hotirjam edi. Ovoz borgan sari havotirga toʻla boshladi. Taehyung koʻzlarini sekinlik bilan ochdi. Tepasida turgan Seokjin va Jungkook havotir bilan unga qarab turishardi. Jinning koʻzlari yosh bilan unga qarab battar yigʻlab yubordi. Jungkook esa shunchaki hali ham shok holatida edi. Birozdan soʻng shifokor ular tomonga yugurib keldi. Jin mehrini boshqarolmay Taehyungni quchoqlab yigʻladi.

- men seni boshqa uygʻonmaysan deb qoʻrqib kettim.

Taehyung nima boʻlayotganini hali anglamadi. Tanasi borgan sari kuchsizlanib borardi.

- qoching men uni tekshirishim kerak.

Shifokor shoshib uni yurak urishini tekshirdi. Koʻzlarini ochib qanday ahvoldaligini koʻrdi. Irislar chalgitgandek jimgina qora rangda tovlanardi. Shifokor bunga unchalik etibor bermadi.

- men uni olib ketishim kerak yordam berib yubora olasizlarmi?

Jungkook buni eshitgach Taehyungni qoʻliga koʻtardi. Shifokor ortidan qarorgohdagi davolash xonasiga olib ketdi. Taehyung Jungkookning issiq va keng quchogʻida jimgina ketardi. Hech bir soʻz aytolmadi chunki kuchi qolmagan edi. Jungkook buni tushundi. Shifokorining ortidan ketar ekan biroz yoʻlida toʻxtadi egilib Taehyungning peshonasidan oʻpdi.

- havotir olma hammasi yaxshi boʻladi.

Jungkook shunday dedi-yu Taehyungga jilmayib qoʻydi. Bu ishni juda qiyinchilik bilan qildi. Oʻzi ham bilmas edi hammasi yaxshi boʻladimi yoki yoʻqmi. Taehyungning yuragi yana ham tez ura boshladi. Jungkook davolash xonasiga yetib kelgach Taehyungni uyerga yotqizdi. Oʻzi esa shifokorning buyrugʻi bilan chiqib ketdi. Chiqib karidordagi bir stulga oʻtirdi. Jin ham kelib uning yoniga oʻtirdi.

- jungkook?

- nima?

- Taehyungni haqiqatdan ham sevasanmi?

Jungkook bu haqda har kuni oʻylardi. Lagerida uni birinchi bor uchratganidan beri doim bu hayollar bilan uning boshi tolgan edi.

- bilmayman jin hyung, bilmayman.

Jin jim qoldi. Bu hol oʻzida ham takrorlangan edi. Ikkilanish, oʻzidan jirkanish hissi... Hamma hammasi uning boshidan oʻtgan edi.

- Hyung menga yordam qil. Men juda kuchliman lekin uning yonida oʻzimni juda ojiz his qilyabman.

Jungkook ich ichidan yigʻladi. Lekin buni tashqariga olib chiqmadi. Hayolida doimiy Taehyungning yuzi va Jungkookni koʻrgan zahoti oʻzgaradigan irisli koʻzlari kela boshladi.

- jungkook bu yerda nima qilyabsizlar?

Suga oʻng qoʻlidan qon oqqancha shifokor oldiga ketayotgan edi. Jungkook va Jinning gʻalati qiyofasini koʻrib ularga gapirishni hohladi.

- Yoongi hyung Taehyung oʻzini oʻldirishga harakat qilgan men senga shunchaki uni boshqa honaga olib chiqishni va biroz jahlli boʻlishni aytgan edim. Menimcha sen oshirib yuborgansan! U HATTO SHU ISHGA QOʻL URDI. AGAR JIN YORDAM BERMAGANIDA U ALLAQACHON OʻLGAN BOʻLARDI.

Jungkook butun alamini baqirib chiqarib oldi. Agar vaqtida Jin uni bosmaganida katta janjal boshlanardi.

- MEN HAM SHUNDAY QILDIM. NIMA MENGA ISHONMAYSANMI? NIMA SHU KELGAN KELGINDINI DEB MENI URMOQCHIMIDING KEL UR NIMANI KUTYABSAN. BIZ SENGA MUHIM EMASMIZKU OʻSHA TAEHYUNG MUHIM.