February 24, 2019

Akfa Medline.!

O‘zbekistonda Akfa xususiy universiteti tashkil etilmoqda. OTMda ta’lim ingliz tilida olib boriladi.

Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanalida.

Qaror bilan tashkil etilgan Akfa universitetda fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda ta’lim jarayoni ingliz tilida yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot sifatida e’tirof etiladigan diplom beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «Akfa Medline» MCHJ tashabbusi bilan Toshkentda AKFA xalqaro universiteti tashkil qilinadi.

Toshkentda AKFA xalqaro universiteti tashkil qilinadi. Bu haqda Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida Akfa xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi qonun loyihasida ma’lum qilingan, deyiladi xs.uz xabarida.

Universitetni tashkil etish tashabbusini Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «Akfa Medline» MCHJ bildirdi.

Universitet iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda fundamental, aniq, tibbiyot va gumanitar fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, universitet oliy ta’lim muassasasi — O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxs maqomiga ega rezidenti bo‘ladi. Jumladan, universitet MCHJ shaklida tashkil etiladi.

Ta’kidlanishicha, o‘quv-metodik boshqaruv va ta’lim jarayonini olib borish universitet tomonidan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida ta’minlanadi.

Ta’lim berish O‘zbekiston davlat talablari va ta’lim standartlari hisobga olingan holda, xorijiy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ingliz tilida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga universitet tomonidan belgilangan namunadagi oliy ta’lim haqidagi diplom beriladi.

Universitetda ta’lim kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitet faoliyati ta’sischilar hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kiruvchi talabalar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

Toshkent shahri hokimiyatiga universitet balansiga Shayxontohur tibbiyot kolleji binosini berish topshiriladi.

2022 yil 1 yanvargacha universitet barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etiladi.