February 23, 2019

Bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun 100%lik grantlar va 10000 Funt Sterling stipendiya!!!

MUHLAT

29.03.2019

Irlandiya hukumati tomonidan tashkil etilgan va taqdim etiladigan Government of Ireland International Education Scholarships (GOI-IES) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Irlandiya hududida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish istagidagi iqtidorli chet ellik talabalarga ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. GOI grantlari barcha yo’nalishlardagi ta’lim va tadqiqot uchun taqdim etiladi. Irlandiyada joylashgan oily ta’lim muassasalari ro’yxati bilan bu yerdatanishishingiz mumkin.

*Ushbu grant Irlandiya Respublikasi OTMlari uchun mo’ljallangan. Irlandiya Respublikasi hozirda Buyuk Britaniya tarkibiga kirmaydi. Irlandiya Respublikasi Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiyadan alohida hisoblanadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Rasmiy havola

Grantning manfaatli jihatlari:

GOI-IES granti Irlandiya hududida joylashgan oliy ta’lim muassasasining bakalavr, magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga kirgan talabalarga beriladi. Grant yutib olgan talaba 1 yillik o’qish kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi va unga 10000 funt sterling stipendiya yashash xarajatlari uchun teng ikkiga bo’lib to’lab beriladi.

Grant Irlandiyada 1 yil o’qish uchun, 1 yilga beriladi. Talaba grantni bakalavr kursining so’nggi 1 yili yoki magistratura va doktorantura kursining boshlang’ich 1 yili uchun olishi mumkin. Grant yutib olingach, o’qish 2019-yil kuzida boshlanadi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Irlandiyadagi oily ta’lim muassasiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik ko’rsatklichlarga ega bo’lishi, a’lo baholarga o’qishi va ijtimoiy faol shaxs bo’lishi kerak.
  4. Nomzodda a’lo darajadagi muloqot imkoniyatlari mavjud bo’lishi lozim.
  5. Nomzodning ushbu grant dasturida qatnashishdan ko’zlangan uzoq muddatli maqsadlari bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan oldin Irlandiyaning biror OTM’si ga hujjat topshirish kerak. Grantga arizalar bu yer orqali 2019-yil 29-martgachaqabul qilinadi. Hujjat topshirishda Irland universitetiga qabul qilinganlik haqida ma’lumotnoma ham so’raladi.

Saralash jarayonida nomzodlar 100 ballik reyting tizimi orqali guruhlanadilar. Bundan:

  1. Akademik yutuqlar, baholar va ish tajribasi uchun – 40 ball;
  2. Shaxsiy bayonet (personal statement) ucun jami 45 ball(bundan – 15 ball nomzodning grantga qiziqishi uchun, 15 ball uning dasturdan keyingi rejalari uchun va 15 ball Irlandiya biolan madaniy almashinuvni saqlab qolish maqsadlari uchun beriladi);
  3. 15 ball 2 ta tavsiyanomada nomzod haqida ko’rsatilgan fikrlar uchun.

Grant haqida savollaringizni  [email protected] elektron manziliga 28-fevralgacha yo’llashingiz mumkin, javoblar www.EurIreland.ie saytida e’lon qilinadi. Grantga saralash natijalari 31-mayda e’lon qilinadi.