November 7

"Gunohkor qiz va ustoz"

Mashina eshigi qarsillab yopildi. So‘ng motorning o‘kirgan ovozi uzoqlashib ketdi, lekin Y/n hamon o‘sha yerda — qorong‘i va sovuq ko‘cha boshida qotib turgandi.

Uyga qanday yetib kelganini, oyoqlari uni bu qora kun to‘la manzilga qanday boshlab kelganini o‘zi ham bilmasdi.
Hamma yo‘l sukut saqlardi. Hamma uxlab yotgandi. Dunyo bu qizning boshiga osmon qulab tushganidan mutlaqo bexabar tinch va beg‘am nafas olar edi.
Y/n sekin qadam tashlab uyga kirdi.
Zinalardan chiqayotganda o‘zini tirik emas go‘ki jonbsiz bir soya kabi ҳis qilardi. Xonasiga kirib eshikni ichkaridan qulfladi-yu devor bo‘ylab pastga yerga o‘tirib qoldi.
Vujudi... Vujudi o‘ziga tegishli emasdek edi.
U o‘zini shu qadar iflos shu qadar xor va jirkanch his qilardiki bu og‘riqni ta’riflashga so‘z ojiz edi. Tanasining har bir hujayrasi bu xiyonatdan, bu zo‘rlikdan so‘nib borardi.
U shoshib o‘rnidan turdi-da yuvinish xonasiga o‘zini urdi.
Kran va muzdek suv... U suvni oxirigacha burib qo‘ydi.

Muzdek suv uning yuzigasochlariga, yirtilgan kiyimlari bo‘ylab sharqrab oqardi.
Y/n ko‘zguga qaradi. Ko‘zguda esa u emas nimasi bilandir sindirilgan nigohlari o‘chib qolgan boshqa bir notanish qiz unga boqib turgandi.
U qo‘llari bilan yuzini ishqalay boshladi. Terisini shilib yuborargonchalik qattiq ishqaladi. «Ket, ket...»

deb pichirlardi u titroq, yorilgan lablari bilan. Lekin u o‘zini qanchalik yuvmasin qancha sovun ishlatmasin o‘sha ifloslik o‘sha yovvoyi nafasning hidi uning tanasidan ketmayotgandek tuyulardi.
Suv oqib ketayotgandi, lekin uning ichidagi kirlar qalbini kemirayotgan bu dog‘ hech qachon ketmaydigandek edi.
U kran tagida tizzalab o‘tirib qoldi-da bor ovozi bilan lekin ovozi chiqmayotgan qichqiriq bilan yig‘lab yubordi.
Ko‘z yoshlari muzdek suvga qo‘shilib oqardi.
Tashqarida tun qorong‘u va beshavqat edi. Ichkarida esa... tiriklayin ko‘milgan bir qizning oxirgi umidlari o‘chayotgandi.

Y/n endi o‘sha xonaning qorong‘i burchagiga mixlanib qolgandek edi. U na tashqariga chiqardi na biror narsa to­tig‘iga o‘tardi Kunlar soatlar uning uchun o‘z ma’nosini yo‘qotgandi.
U tirik edi haaa yuragi urib turgandi lekin vujudida jon qolmagan hayotdan butunlay uzilib qolgandi...
U xuddi o‘z qabrida tiriklayin ko‘milgan mahkumga o‘xshardi.
Uy ichidagi muhit esa yanada og‘ir va beshavqat edi...
Eshik ortidan tez-tez kenoyisi bilan Gavharning zaharxanda qadam tovushlari masxaromuz pichirlashlari eshitilib turardi.
Ba’zida ulardan biri o‘tib ketayotib eshikni taqillatib o‘tar va ichkariga qaratib:
— Hoy o‘lib qolmagin yana... — deya mazax qilib kinoyali kulib qo‘yishardi.

Bu so‘zlar Y/nning yuragiga xuddi zanjirli o‘tkir pichoqdek botardi. Lekin uning javob qaytarishga hatto yig‘lashga ham kuchi qolmagandi.
U shunchaki ko‘rpa ostiga burkanib o‘zining jonsiz qo‘llari bilan tanasini mahkam quchgancha qotib qolardi...
Og‘iziga bir qoshiq ovqat ham bormasdi suvsizlikdan tomog‘i qurigan lablari yorilib ketgandi...U ovqat emas faqat o‘limni intizorlik bilan kutar edi.

Shu paytda uning telefoniga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar kela boshladi...Ekranda Taehyung ustozning ismi yonib-o‘chardi...
Ustoz uning darsga kelmaganidan bergan xabarlariga umuman javob bermayotganidan qattiq xavotirga tushgandi.
Telefon tinmay jiringlar, qizning ismi ostida o‘nlab o‘qilmagan xabarlar yig‘ilib qolgandi: "Y/n qayerdassan? Tinchlikmi?" "Darsga nima uchun kelmading? Javob ber."
Lekin Y/n na telefonni qo‘lga olishga na unga qarashga jur’at eta olardi...
Ekrandagi har bir jiringlash uning ustiga ag‘darilayotgan og‘ir tog‘dek tuyulardi.
U titroq qo‘llari bilan telefonni ovozsiz rejimga o‘tkazib qo‘ydi-da yuzini yostiqqa bosib bor ovozi bilan ich-ichidan bo‘g‘ilib yig‘lab yubordi.

Ustozning g‘amxo‘rligi ham dunyodagi boshqa hech narsa ham endi uni bu tubanlikdan bu qora zulmatdan qutqara olmasdi....