Today

Gunohkor qiz va ustoz

Minjunning qah-qah otib kulishi xonadagi taranglikni battar oshirdi Y/N qalamini shunday qattiq ushlagandiki, barmoqlarining bo‘g‘inlari oqariq tortib ketdi Mina esa norozi qiyofada Minjunga o‘qraydi.
​— Kulma Minjun! Kuladigan narsa yo‘q bu yerda
— dedi Mina ohangini pastlatib, lekin zaharxandalik bilan. Keyin nigohini sekin Y/N ga burdi.
— Ba'zilar shunchaki o‘zini ko‘rsatish uchun "xo‘p" deyishni o‘rganib olgan bo‘lsa bu ustozning ta'siri emas shunchaki aktyorlik mahorati.
​Y/N labini tishladi. Taehyungning "Jahling chiqsa aql ketadi" degan gapi miyasida jaranglamaganida hozir Minaning sochidan tutib olishdan ham qaytmasdi. Chuqur nafas oldi-da xotirjamlik bilan daftarni yopdi.
​— To‘g‘ri aytding Mina
— dedi Y/N kutilmaganda sovuq va beparvo ohangda. — Aktyorlik mahorati. Shuning uchun ham hozir senga qarab jilmoyib turibman garchi ichimda boshqa narsa kelayotgan bo‘lsa ham.
​Minjunning kulgisi birdan taqqa to‘xtadi...U vaziyat jiddiylashayotganini sezib, sekin stulini orqaga surdi. Shu payt eshik zanjiri jiringlab xonaga Sora kirib keldi...Uning qo‘lida yangi damlangan choy va shirinliklar bor edi.
​— Voy tinchlikmi? Nimaga hamma bir-biriga urush e'lon qilgandek qarayapti?
— Sora vaziyatni yumshatishga urinib, patnisni stolga qo‘ydi.
​— Tinchlik
— dedi Y/N o‘rnidan turib.
— Men shunchaki biroz toza havo olib kelaman.
​U xonadan shoshib chiqib ketdi...Ayvonchaga o‘tib, sumkasidan telefonini olmoqchi bo‘lganida hovli chetidagi qayrag‘och soyasida turgan Taehyungga ko‘zi tushdi.
U qo‘lida kichik bir kitob bilan kimnidir kutar nigohlari esa odatdagidek sokin osmonga qadalgan edi.
​Y/N o‘ziga ham tushunarsiz bir kuch bilan uning tomon qadam tashladi...Nam asfalt hamon kechagi yomg‘irdan so‘ng toza hid taratib turardi.
​Taehyung qadam tovushlarini eshitib boshini burdi...Y/N ning yuzidagi asabiylikni ko‘rib kitobni yopdi.
​— Ichkarida dars tugadimi?
— so‘radi u mayin ovozda.
​— Tugadi...Ya'ni men uchun tugadi..
— Y/N qo‘llarini kurtkasi cho‘ntagiga soldi.
— Ustoz siz rostdan ham hammani o‘zgartira olaman deb o‘ylaysizmi?
​Taehyung bir muddat qizning ko‘zlariga tikildi. Shamol uning uzun iyaklariga tushgan sochlarini biroz to‘zg‘itdi.
​— Hech kimni majburlab o‘zgartirib bo‘lmaydi Y/N. Men shunchaki eshikni ko‘rsataman ichkariga kirish-kirmaslik esa odamning o‘ziga havola.
​— O‘sha eshik ortida nima bor?
— Y/N qaysarlik bilan unga yaqinroq keldi.
— Zerikarli qoidalarmi? Yoki men kabi qizlarga "bunday kiyinma,bunday yurma" deydigan taqiqlarmi?
​Taehyung yengil jilmaydi....Bu safar uning tabassumida kinoya emas, qandaydir g‘alati bir tushunish bor edi. U qo‘lidagi kitobni Y/N ga uzatdi.
​— O‘sha eshik ortida tinchlik bor...Kechalari osmonga qarab ichingdagi bo‘shliqni to‘ldira olmayotganingda senga javob bo‘ladigan tinchlik.
​Y/N qotib qoldi..."Kechalari osmonga qarab..." U bu haqda hech kimga aytmagandi-ku! Kechasi ko‘chada yolg‘iz yurganini, ichidagi bo‘shliqni qaerdan biladi?
​— Siz... siz buni qayerdan bilasiz?
— qizning ovozi beixtiyor titrab ketdi.
​Taehyung uning savoliga javob bermadi...Shunchaki kitobni qizning qo‘liga tutqazdi-da sekin ortiga o‘girildi.
​— Ertaga kechikma Va... bugungi kiyiming senga yarashibdi.
​Y/N qo‘lidagi kitobga qaradi. Ustiga sodda harflar bilan "Qalb xotirjamligi" deb yozilgan edi. U chuqur xo‘rsindi, yuragi negadir yana o‘sha notanish maromda tez ura boshladi

​Hovlidan chiqib ketayotganda darvoza oldida o‘sha qora mototsikl va unga suyanib turgan Jihanni ko‘rdi Jihan uni ko‘rishi bilan dubulg‘ani uzatdi.
​— Yana sizmi?
— dedi Y/N jahlini yashirishga urinib.
​Jihan indamay mototsikl kalitini buradi...Motor g‘uvilladi.
​— Ustoz aytdi...Bu safar burilishlarda qattiqroq ushla, yiqilib tushsang baloga qolaman
— dedi u ortiga qaramay.
​Y/N dubulg‘ani kiyarkan beixtiyor lablari chetida haqiqiy, samimiy tabassum paydo bo‘ldi...Bu shahar unga endi avvalgidek begona va sovuq ko‘rinmayotgandi.

Y/N mototsikldan tushib Jihanga dubulgʻani uzatarkan ichidagi gʻalati xotirjamlik hissi hamon tarqalmagandi...Uy darvozasini ochib ichkariga kirdi-yu dahlizda turgan bir nechta begona dabdabali oyoq kiyimlarni koʻrib toʻxtab qoldi.
Yuragi shashqator boʻlib ketdi...Bu oyoq kiyimlarning "isi" unga juda tanish edi.
— Kelishibdi...
— deb pichirladi jahl bilan.
Ichkariga kirishi bilan dimogʻiga qovurilgan goʻsht va ogʻir parfyum hidi urildi. Mehmonxonada uning kelinoyisi va uning qizi Gavhar toʻrda yastanib oʻtirishardi...Y/N ning chekka qishloqda yashaydigan buvisi (ya'ni kelinoyisining qaynonasi) ularning qilmishlariga chiday olmay uydan haydab yuborgan shekilli yana bular shaharga
— Y/N larnikiga kelib oʻrnashib olishgan edi.
Onasi esa oshxonada hali safardan charchogʻi chiqmay turib, bularga xizmat qilib choy tashiyotgandi.
— Oho keldi malika!
— Gavhar qoʻlidagi qimmatbaho telefonidan boshini koʻtarib Y/N ga zaharxandalik bilan qaradi. Kiygan uzun koʻylagi va boshidagi roʻmolini koʻrib, labini burdi.
— Bu nima kiyish? Kecha kiygan tor shimlaring qani? Namozxon boʻlib qoldingmi deyman birdaniga?
Kelinoyisi ham piyoladagi choydan hoʻplab.burnini jiyirdi:
— Voy oʻrgilsinlar... Kechgacha koʻchada tentirab yurib.endi oppoq qiz boʻlib olibdimi? Onang bechora sen tengi qizni boqaman deb pul topolmay oʻlib ketyapti.
Y/N tishlarini gʻijirlatdi. Qoʻlidagi Taehyung bergan kitobni mahkam qisdi...Hozir bularning ikkalasini ham sochidan sudrab koʻchaga otgisi keldi...Ammo oshxonadan chiqqan onasining gʻamgin koʻzlarini koʻrib, oʻzini zoʻrgʻa toʻxtatdi.
Onasi Y/N ni chetga tortdi. Koʻzlarida yosh qalqirdi.
— Qizim... kelinoyinglar bir muddat biznikida yashaydigan boʻlishdi. Gavharning oʻqishi kiyimi bularning yeb-ichishi... Bilasan xarajat koʻp...Men... men yana chet elga ketishga majburman Ertaga bilet oldim.
— Nima?! Ona axir kechagina keldingiz-ku!
— Y/N ning koʻzlariga yosh keldi.
— Bular tayyor tekinxoʻr boʻlsa nega siz sarson boʻlishingiz kerak? Yeb-ichib yotishdan boshqa narsani bilishmaydi-ku!
— Jim qizim eshitishadi...
— onasi uning qoʻllarini qisdi.
— Sen xavotir olma. Men ketayotgan boʻlsam ham koʻnglim xotirjam...Chunki seni Taehyung ustozga omonat topshirib ketyapman...U senga ham dinni.ham hayotni oʻrgatadi. Men kelguncha oʻsha uydan chiqma xoʻpmi bor umidim sendan qizim yuzimni yerga qaratma...
Y/N mehmonxonaga semirib iyaklari osilib yotgan kelinoyisi va unga qarab kibrli kulayotgan Gavharga qaradi Ichida ularga nisbatan nafrat onasiga nisbatan achinish va Taehyungga nisbatan qandaydir umid uygʻondi.
Oʻsha kecha Y/N xonasiga kirib yigʻlab-yigʻlab charchadi...Shiftga qarab yotarkan miyasidagi ogʻriqqa chiday olmay Taehyung bergan kitobni ochdi...Birinchi sahifani oʻqiy boshladi:
*"Sening ustingdan kulayotganlar, aslida sening ichingdagi kuchdan qoʻrqadiganlardir...Sabr qil, chunki eng goʻzal javob
— sening muvaffaqiyatingdir."*

Ertasi kuni...
Y/N onasini aeroportga kuzatib qoʻydi...Uyga qaytishni umuman istamasdi chunki u yerda uni kelinoyisi bilan Gavharning zaharli gaplari kutayotgandi. Shuning uchun toʻgʻri masjid hovlisidagi shinam uychaga yoʻl oldi.
Bugun u ataylab emas, rostdan ham gʻamgin edi. Boshidagi roʻmoli ostidan koʻzlari shishgani yaqqol koʻrinib turardi.
Eshikni ochib kirganida, Taehyung hamon stol ortida oʻtirardi...U Y/N ning yuziga bir qarab undagi chuqur gʻamni darrov payqadi. Ruchkasini sekin stolga qoʻydi.
— Assalomu alaykum
— dedi Y/N ning ovozi bu safar juda mayin va sinoqchan chiqdi.
Taehyung oʻrnidan turdi. Qizga yaqinlashib uning koʻzlariga tikildi...Odatdagi kinoyali jilmayishidan asar ham qolmagandi.
— Va alaykum assalom...
— dedi Taehyung past ovozda.
— Nima boʻldi Y/N? Bugun koʻzlaringda oʻsha qaysar qiz yoʻq Faqat ogʻriq bor.
Shu payt eshik shartta ochilib, ichkariga darsga kelayotgan Mina va... uning ortidan jahl bilan Gavhar kirib keldi! Gavhar Y/N ni shu yerga kelishini bilib uni sharmanda qilish uchun ortidan poylab kelgan edi.

— Demak darsing shu yerdami Y/N?
— Gavhar Taehyungga qarab kibrli kuldi.
— Ustoz siz buning qanaqa qizligini bilasizmi oʻzi? Kechalari koʻchama-koʻcha tentirab yuradigan qizni qanaqa qilib bu yerga qoʻyyapsiz?
Xonaga birdan sukunat choʻkdi...Mina hayrat bilan Gavharga qaradi Y/N ning esa yer yorilmadi yerga kirmadi...Taehyung esa indamay Gavharga tikilib turardi...

Gavharning zaharli ovozi xonada aks sado berib Y/N ning boshiga gurlab urilgandek boʻldi...U barmoqlarini qisib yerga qarab qoldi Minaning koʻzlarida esa gʻalati bir qoniqish chaqnadi.
Darsxonaning eshigi shartta ochildi-yu ostonada Jihan koʻrindi...U har doimgidek qoʻllarini kurtkasi choʻntagiga solgancha, xonadagilarga beparvo qarab turardi...Ichkaridagi tarang muhitni zarracha pisand qilmay toʻgʻri oʻrtada turgan Gavharning yonidan oʻta boshladi.
Va ataylab... shunday qattiq va qoʻpol turtib oʻtdiki Gavhar muvozanatini yoʻqotib biroz egilib, chekkaga surilib ketdi.
— Voy!
— Gavhar kutilmagan zarbdan ensasi qotib jahl bilan boshini koʻtardi.
— Koʻrga oʻxshab...
Lekin gapi ogʻzida qoldi.
U oʻzidan bir necha santimetr balandda turgan Jihanning yuziga uning oʻtkir iyaklariga va eng muhimi
— qop-qora muzdek sovuq koʻzlariga qaradi.

Jihan unga xuddi bir parcha axlatga qaragandek mutlaqo hissiz va jirkanish aralash tikilib turardi Undan taralayotgan kuchli erkaklik energiyasi va bu magʻrur qiyofa Gavharning nafasini boʻgʻib qoʻydi...Qizning yuragi qanday urib ketganini oʻzi ham sezmay qoldi. Butun jahli bir soniyada erib oʻrnini gʻalati bir hayajon egalladi.
Jihan esa unga bir ogʻiz ham gapirmadi...Shunchaki nigohini uzib Taehyung tomonga oʻtdi.
Gavhar biroz kalovlanib, nima qilishini bilmay qoldi. Jihanning oʻsha sovuq nigohi uni butunlay dovdiratib qoʻygandi...U boyagi kibrli ohangini yoʻqotib atrofga koʻz yugurtirdi-da ovozini pastlatdi:
— Vay... uzr, adashganga oʻxshayman-a...
— dedi u duduqlanib.
Taehyung esa bularning hammasini jim kuzatib turgandi...U stulidan turib, Gavharning qarshisiga keldi. Uning yuzida boyagi mayinlikdan asar ham qolmagan jiddiy va salobatli ustoz turardi.

— Ha adashibsiz singlim..
— dedi Taehyung vazmin lekin har bir soʻzi suyakka qadaladigan ohangda.
— Bu yer
— masjid hovlisi...Bu yerda birovning gʻiybati qilinmaydi, gunohlari qidirilmaydi..Agar darsga kelgan boʻlsangiz marhamat oʻtiring...Agar kimningdir hayotini muhokama qilmoqchi boʻlsangiz eshik orqada.
Gavhar Taehyungning gapidan koʻra orqada oʻziga beparvo qarab turgan Jihandan koʻproq hayiqib, sekin orqaga tahlika bilan tahlillab qadam tashladi.
Y/N ga oʻqrayib qarab qoʻydi-da:
— Uyda gaplashamiz
— deb pichirladi-yu shoshib xonadan chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan xonaga yana sukunat choʻkdi Mina nimanidir sezgandek daftari tomon egildi.
Y/N esa hamon eshik tagida qotib turardi...U Gavharning Jihanga qanday qaraganini, oʻsha bir soniyalik "oshiq boʻlish" lahzasini yaqqol koʻrgan edi.
Jihan stol chetiga suyanib, Y/N ga qarab qoʻydi.
— Yigʻloqilarni darsga kiritadigan boʻlishibdimi?
— dedi u oʻsha doimgi sovuq va qoʻpol ohangida.
Y/N uning gapidan darhol oʻziga keldi Koʻzlaridagi yoshni yashirish uchun tezda artdi-da Jihanga tikildi:
— Senga nima? Oʻzingga qara!
Taehyung esa ularga qarab yengil jilmaydi Boyagi taranglik biroz tarqagandek edi...U Y/N ga ishora qildi:
— Joyingga oʻtir Y/N... Darsni boshlaymiz Bugun senga juda muhim narsani oʻrgataman.
Y/N joyiga oʻtirarkan yuragidagi ogʻriq biroz boʻlsa-da pasayganini his qildi...U yuzini chetga burib, derazaga qaradi...Tashqarida esa hayot qaynardi... ammo uning hayoti endi tamoman oʻzgarib boʻlgandi...Uydagi azoblar onasining ketishi Gavharning yangi "muhabbati" va uning qarshisida turgan ikki yigit
— ustoz Taehyung va sirli Jihan.