November 13

"Gunohkor qiz va ustoz"

Chris stolga o‘tirib nafis guldastani Y/nning ro‘parasiga qo‘yganidan so‘ng oraga bir zum og‘ir ammo negadir avvalgidek qo‘rqinchli bo‘lmagan sukunat cho‘kdi.
Y/n hayrat va sarosima ichida uning ko‘zlariga tikilib turardi...U bu odamdan har qanday shafqatsizlikni kutgan ammo bunday kutilmagan g‘amxo‘rlik va yumshoqlikka umuman tayyor emasdi...
Chris chuqur nafas oldi. Uning nigohidagi avvalgi sovuq va qattiq qat’iyat o‘rnini qandaydir jiddiy samimiyatga o‘xshash bir ifoda egallagandi...
U stol ustidagi ikkinchi qo‘lini sekin yuqoriga ko‘tardi...

kaftida kichkina baxmal quticha turardi...
Chris barmoqlari bilan qutichani asta ochdi. Ichida restoran chiroqlari nurida ko‘zni qamashtirgudek darajada tovlanib turgan nihoyatda nafis va qimmatbaho uzuk yaltirab ko‘rindi.
— Menga ishon...
— dedi Chris ovozini pastlatib lekin har bir so‘zini dona-dona va jiddiy aytib.
— Men senga albatta uylanaman...Hali ko‘rasan biz baxtli bo‘lamiz...
Bu so‘zlar Y/nning qulog‘iga xuddi tushdek eshitildi...Shuncha kunlik xo‘rlik qorong‘ulik oilasining xiyonati va yolg‘izlikdan muzlab qolgan yuragiga to‘satdan nimadir tegib ketgandek bo‘ldi. Uzukning yorqin shu’lasi va Chrisning bu kutilmagan va’dasi uning qalbiga biroz bo‘lsa-da issiqlik olib kirdi.
Balki bu chinakam najot emasdir balki oldinda yana sinovlar bordir..lekin ayni damda butun dunyo undan yuz o‘girgan bir paytda..kimningdir unga kelajak va baxt va’da qilishi qizning ko‘nglidagi muzlarni sekin erita boshlagandi.
Y/n titroq nafas olib avval yaltirab turgan uzukka so‘ng esa ko‘zlarini uzmay qarab turgan Chrisga tikildi. Uning lablari nimadir deyishga juftlandi ammo ko‘zlariga quyilib kelgan yosh uning ovozini bo‘g‘ib qo‘ydi

bu safargi yoshlar avvalgidek faqat alam va qo‘rquvdan emas balki ich-ichida uyg‘ongan zaif bir umiddan edi...

O‘sha kechadan keyin Chrisning munosabatida tub o‘zgarish sezila boshladi...Chris Y/nni uyiga kuzatib qo'ydi o‘sha o‘ta og‘ir bo‘g‘iq muhit asta-sekin chekingandek tuyuldi.


Oradan kunlar o‘tib Y/n telefoniga tinimsiz ravishda xabarlar kela boshladi...Chris har kuni tongda unga turli xil iliq mehribon so‘zlar yozib yuborardi: “Xayrli tong, yaxshi dam oldingmi?”, “Bugun o‘zingni qanday his qilyapsan ovqatingni yedingmi?” — degan shirin so‘zlar qizning qaddini biroz bo‘lsa-da ko‘targandi.
Kun davomida esa kutilmagan sovg‘alar ketma-ketligi boshlanardi...Yetkazib berish xizmati har kuni eshik qo‘ng‘irog‘ini chalib

Y/n yaxshi ko‘radigan turli xil shirinliklar yangi pishirilgan pishiriqlar va har safar turlicha tovlanuvchi chiroyli gullarni olib kelib berardi.

Chris uni e’tibordan sira qisqa qilmas har daqiqada o‘zining borligini..uni o‘ylayotganini ko‘rsatishga harakat qilardi.
Bir kuni tushdan keyin, xonada o‘tirib zerikkan Y/n ehtiyotkorlik bilan telefonni qo‘liga oldi-da Chrisga xabar yozishga jur’at etdi:
“Tashqariga chiqib biroz havo olib kelib kelsam bo‘ladimi?”
U javob tezda kelishini yoki yana o‘sha qo‘pol rad javobini kutgandi. Ammo ko‘p o‘tmay Chrisdan javob keldi:
“Xo‘p bo‘ladi faqat ehtiyot bo‘lib uzoqqa ketmasdan tezroq qaytib kel.”
Bu so‘zlarni o‘qigan Y/n biroz yengil nafas oldi..
U ustiga qalinroq palto tashlab eshikni ochdi va uzoq vaqt ichida ilk bor ko‘chaga — toza havoga qadam qo‘ydi...

Y/n ko‘chaga chiqib salqin havodan nafas olar ekan sekin-asta xayolga berildi...
U o‘ziga-o‘zi pichirlardi: “Uzoq yurmayman biroz aylanib qaytaman... Axir u rostdan ham meni sevadi-ku! Sevmaganda shuncha pul sarflab bunchalik e’tibor ko‘rsatib yuborarmidi? Balki haqiqatan ham hammasi yaxshi bo‘lar...” Uning yuragidagi shubhalar asta-sekin chekinib o‘rnini qandaydir iliq ishonch egallay boshlagandi...
Shunday xayollar bilan qadam bosib sezmagan holda mahalladagi masjid yo‘llariga kelib qoldi.

Shu payt oldindan kelayotgan ikkita tanish qiyofalar ko‘rib to‘xtab qoldi bular Taehyung ustoz va Jihan edi.
Ular Y/nni ko‘rib darhol qadamlarini tezlashtirishdi va uning yoniga yetib kelishdi.
— Y/n?! Senga nima bo‘ldi? Qayerda eding o‘zi shuncha vaqt? — Jihan xavotir va g‘azab aralash ovozda savollarga ko‘mib tashladi...Uning ko‘zlarida hamon o‘sha o‘tgan kunlarning ishonchsizligi porlab turgandi....
Teahyung ustoz esa Jihandek o‘rtanib ketmadi lekin uning nigohida chuqur xavotir va akalardek g‘amxo‘rlik mujassam edi...U hech narsa demasdan Y/ning holatini tushunishga urgandek diqqat bilan uning ko‘zlariga tikilib turardi.

Y/n ularning bu qadar kuyunib so‘rayotganini ko‘rib o‘zini noqulay sezdi...U yuziga tushgan sochlarini qulog‘i ortiga qistirib uyalibroq yerga qaradi va past ovozda g‘o‘ldiradi:
— Men... men yaxshiman... Faqat... yaqinda to‘yim bo‘ladi...
Bu so‘zlar xuddi masjid oldidagi sokin havoni yorib yuborgandek bo‘ldi.

Jihanning so‘zlari tomog‘iga tiqilib qoldi, Teahyung ustozning esa qoshlari hayrat va xavotir bilan chimirilib ketdi.