May 21, 2025

Sukunat Orqasida

Qishloq sokin edi.
Ammo bu sukunat hayot sukunati emasdi — bu o‘limdan keyingi jimlik edi. Yonayotgan uylar orasidan tutun ko‘tarilar, ko‘k yuzini qoraytirar edi. Havoda chang, qon, va qoldirib ketilgan orzular hidi bor edi.
O‘rtada, yoqib yuborilgan eski daraxt tagida ikki bola o‘tirardi. Kichkina, titragan, chang va kul bilan qoplangan ikki mavjudot. Biri — Suga, 8 yoshda, ko‘zlari qotgan, ammo baribir u hali bola edi. Ikkinchisi — Yn, 6 yosh, uning yonida o‘tirgan, tizzalarini bag‘riga bosib, har zamonda faqat yerga tikilar edi.
Suga asta so‘zladi. Ovozi quruq, biroq yuragidan yirtilib chiqqandek:
— "Meni otamni o‘ldirishdi. U shunchaki meni ko‘rayotgan edi... bilasizmi? Askarlardan biri keldi, hech qanday sabab yo‘q. Otamni o‘ldirishdi. Men ko‘rdim. Men jim turdim. Men... hech narsa qila olmadim."
U boshini egdi. Kaftlari changda, ammo kaftlarida titroq bor edi.
Yn sekin boshini burdi. U hali yig‘lamagan edi. Balki yig‘lashga ham kuchi qolmagan edi.
Yn: Menimcha ular meni unutib ketishdi. Onam meni eshik orqasiga yashirdi. Men ularning qichqirig‘ini eshitdim... keyin jim bo‘ldi hammasi. Men ularga yig‘lamaslikka va’da bergandim..."
U nigohini osmonga tikdi. Osmon... yana qop-qora edi.
Yn: Menga ular otamni tortib olishdi. Onamni tortib olishdi. Hayotimni tortib olishdi."
Suga unga qaradi. Qorong‘ilikda Ynning changga qorishgan yuzi baribir tiniq ko‘rinardi. Bir zum jimlik cho‘kdi. Faqat uzoqdan yana portlashlar eshitildi.
Suga sekin qo‘lini uzatdi.
— "Menga bir kun kelib... otamni o‘ldirgan askarlardan qasos olaman."
Yn ham qo‘lini cho‘zdi. Qo‘llari changli, sovuq, ammo bir-biriga iliqlik berdi.
Yn: Men ham. Ular ota-onamni tortib olishgan... endi men ulardan hammasini tortib olaman.

Yn: Men Ynman senchi...

Suga: Men Suga

Yn: tanishganimdan hursadman!

Suga:Xm...

Yn: Meni hotiram bas ota-onamni ismini ham eslay olmayman..

Suga achiq kuladi.
-unda meni ham unitib yuborasan qo'rqma...
Ular qo‘llarini ushlab, olov nuri ostida jim o‘tirishdi. Va Suga o'rnidan turib qayoqadir ketadi Yn ham boshi oqgan tomonga yuradi.Bu vada edi. Bolalar orasida, ammo so‘zlardan kuchliroq vada.
Ammo vaqt... vafodor emas.

Oradan kunlar yillar o'tadi
Urush sukunat bilan keladi.
So‘ng portlash bilan uyg‘onadi. Ammo Suga uchun sukunat — oddiy jimlik emasdi. Bu ichki hayqiriq, tinmay titraydigan yurak, ammo yuzda silliq sovuqlik edi.
U o‘sha kechasi qarorgohning yuqori nuqtasida yolg‘iz turardi. Pastda askarlar saf tortgan. U esa ularning ustida edi — yelkasida sharaf, yuragida jarohat.
Yuzida chandiq bor. Qor yog‘ayotgan, lekin u qor emas, kuldek og‘ir tushayotgandek edi.
U g‘amgin kuldi:
— Men katta bo‘ldim, onam. Men vada bergandim, eslaysizmi? Men ularni yo‘q qilaman degandim. Endi men ular kabi bo‘ldim. Balki undan battarroq."
Yoniga Namjoon yaqinlashdi:
— "Sirdar, razvedka xabari — dushman safida yangi sardor paydo bo‘ldi. Ayol kishi. Niqobda yuradi. Uni 'Ko‘z' deb atashadi. O‘ta xavfli. Hech kim yuzini ko‘rmagan."
Suga kulimsirab qaradi:
— "Qorong‘ilikda tug‘ilgan odam yuzini ko‘rsatmaydi. Chunki u yuragini yo‘qotgan bo‘ladi."
Namjoon unga ancha vaqt tikildi, lekin hech narsa demadi.
Suga yana yolg‘iz qoldi. U qorni bosib, sekin oldinga yurdi.
— Bu urushda faqat bittasi yutadi. Bu safar... men o‘zimni yo‘qotmasligim kerak. Qasam ichganman.
Ammo... orada bir narsa bor edi.
O‘sha ovoz.
O‘sha kecha, o‘sha jangda. Portlashlar ichidan chiqib kelgan, buyrug‘i bilan askarlarni boshqargan bir ayol. Lekin bu ovoz... tanish edi.
Ko‘zlarini yumdi. Quloqlarida yana jaranglaydi:
— “Qoplang! Oldinga yurma!”
Bu oddiy buyrug‘ edi. Ammo u... uni esladi. Ichidan bir narsa siljidi. Qorong‘ilikda qolgan, chang bosgan, ammo unutilmagan narsa.
Suga ichida qattiq nafas oldi.
— "Bu... mumkin emas. Balki shunchaki tasavvurdir. Balki..."
Lekin yuragi boshqa gap aytar edi.

U har safar maydonga chiqqanida, hammada bir xil savol tug‘ilar edi:
“Bu ayol kim?”
U esa javob bermasdi.
Faqat sovuq ko‘zlar. Niqob ostida yuz yo‘q, faqat sukunat bor.
Ko‘z. Shunday atashardi uni. Ko‘rganini unutmaydigan, yuragini dushman bilmaydigan sardor. U ayol edi, lekin yuragi temirdan, qalbi tildan emas — yong‘indan edi.
Bugun ham jang boshlanishidan oldin u tepalikda turardi. Atrofida harbiylar jim. Ko‘z esa harakatsiz. Qurolini tekshiradi. O‘qni uradi. So‘ng askarlarga bir qaraydi — ko‘zlar bilan. Faqat ko‘zlar gapiradi.
— "Holatga tayyorlaning. Ikkinchi bo‘linma chapdan aylanadi. Hech kim orqaga qaramaydi."
Uning ovozi xuddi qattiq sovuqda darz ketgan muzdek — singadi, lekin baribir kuchli.
Harbiylar unga bo‘ysunardi. Chunki u ular bilan emas, ular uchun urushardi. Har bir buyrug‘i aniq, har bir yurishi — sukunatda.
Ko‘z yana tog‘ ortiga qaradi. U yerda — dushman tomoni. U yerda Suga askarlari bilan turardi.
Ammo bu endi urush. Hislar yashiringan. Yuraklar muzlatilgan.
U asta niqobining pastini mahkamladi. Ko‘zlar yana to‘g‘rilandi. Yuragi… sokin, ammo yongan holatda.
— "Vaqti keldi."
Bir qo‘li bilan belgini berdi. Harbiylar siljidi.
Urush boshlanishi arafasida dunyo jim edi.
Faqat Ko‘z… yurar edi. Xuddi sukunatning o‘zi kabi.

Portlashlar go‘yo yurakning urishini taqlid qilayotgandek ketma-ket kelardi. Har bir qadam, har bir buyruq o‘limni yaqinlashtirardi. Qorong‘u o‘rmon orasida ikki tomon — Suga va Ko‘z qo‘mondonligidagi askarlar — to‘qnashdi.
Suga o‘q uzib, eng oldinga yurdi. Yuzida g‘azab emas — sovuq qat’iyat. Har bir harakati — aniqlik. Uning har bir zarbasi dushmanga o‘lim, o‘ziga esa vijdon ustida og‘irlik edi.
Suga: Chap tomonni tozalang! Ular yashiringan — lekin men qorong‘ilikda nafas olayotganlarni his qilaman!" — deb baqirdi Suga.
Orada... u ko‘rdi.
Qora niqob, qalin kiyim, belida qurol, harakati yashincha. Ammo eng muhim narsa — ko‘zlar. Qattiq, to‘g‘ri, tirik. O‘sha Ko‘z.
U ilk bor Ko‘z bilan ko‘z urishtirdi. Ularning orasida bir zum to‘xtash bo‘ldi. Portlashlar, o‘qlar, qichqiriqlar — hammasi jim bo‘lgandek.
Ko‘z yashin tezligida harakat qildi. Yerga o‘girilib tushdi, orqaga o‘q uzdi, jangchini yiqitdi. So‘ngra yana Suga tomonga yurdi. Qo‘lida pichoq.
Suga ham qarab turmadi. U qurolini tushirdi va xuddi yuragidagi g‘azabni chiqarayotgandek oldinga otildi.
To‘qnashuv... sodir bo‘ldi.
Zarbaga zarba, yurishga qarshi yurish. Harakatlar nafratli emas — ehtiyotkor, sinchkov. Go‘yo ular bir-birini o‘ldirishdan ko‘ra tushunib olishni xohlayotgandek. Ammo vazifa boshqa: dushman — bu faqat yo‘qotilishi kerak bo‘lgan narsa.
Ko‘z pichoq bilan Suganing yoniga zarba berdi. Suga esa qilichi bilan blok qildi. Ko‘z ikki marta orqaga yurdi, yana tezlik bilan hujum qildi.
Suga pichoqni yo‘qotdi. Ko‘z uni yerga qulatdi. Qo‘li Suganing bo‘yniga tegdi.Ko'z to'xtab qoladi.
Lekin o‘q yangradi. Ikkovlon bir-biridan ajraldi. Har biri yana orqasiga qaytdi. Jang yana davom etdi. Sukunat yana yirtildi.

Hammasi yahshi ketayotgandi toki Ko'zni askarlaridan biri yaralanmagunicha.

Umitsiz ovoz bilan.
-Jin ursin...yaralandim...!

Ko'z tezda askari tomon yuguradi va yarasini bog'laydi yarasi chuqur bo'lgani uchun sovuq ko'zlar bilan Sugaga so'ngi bor qaraydi va.

-Chekinamiz...
Deb baqiradi ovozida bog'lubyat yo'q qo'rqish yo'q edi

Ko'z qo'li bilan ishora qilganda Suga va uni askarlari tomon kamondan o'q uziladi. Sugani askarlari qalqon yordamida saqlanishadi lekin ko'plari o'lishadi Suga esa hayron edu bir askar uchun chekinish bu ahmoqlikmi yoki boshqa narsa Suga ko'zni ketishini kuzatadi Ko'z yaralangan askarga juda ko'p yordam berardi va Ko'z va uni askarlari g'oyib bo'lishdi. Suga o'z askarlariga qaradi ular kam olgandi bir yaralangan askar zo'rg'a gapiradi.

-Janob....men yaralandim yordam bering...!

Suga anchiq kuladi bu hamdartlikdan emas jahildan edi.

Suga: yordam..?! Albatta hozir yordam beraman!
Suga miltig'ini chiqarib askarni nag' peshonasidan otib tashlaydi.

Qolgan askarlar orqaga qadam tashlashadi.

Suga jahil bilan baqiradi.
-Hammang foydasizsan qizbolaga o'xshaysanlar ularni hech birini o'ldira olganlaring yo'q hato qiz bola sizlardan yahshi jang qilyabdi ular kuchli bir kamon o'qi va hammang murdasan!!!