June 21

"Gunohkor qiz va ustoz"

Dars jarayoni odatdagidan ko'ra sokinroq, lekin ich-ichidan tarang o'tdi. Taehyung doskaga chiroyli xat bilan arab harflarini yozar ularning ma’nosini birma-bir tushuntirardi.
Y/N hayolida onasining ketishi va uydagi vaziyat bo'lsa-da chalg'ish uchun bor diqqatini ustozining ovoziga qaratishga harakat qildi...Taehyung esa dars davomida qizga ortiqcha savollar berib uni qiynamadi shunchaki har zamonda unga eslatib turdi:
— Qalbni tozalash qiyin lekin imkonsiz emas...Shunchaki atrofingdagi shovqinlarga quloq solma...
Nihoyat dars tugadi...Mina va Minjun o‘zaro pichirlashib chiqib ketishdi...Sora esa
Y/N ning yelkasini sekin qisib qo'yib xayrlashdi. Xonada faqat Taehyung va Y/N qolishgandi.
— Kitobni o‘qidingmi?
— so‘radi Taehyung daftarlarini yig‘ishtirarkan.
— Faqat birinchi sahifasini
— javob berdi Y/N yerga qarab.
— Lekin... aynan kerakli so'zlar ekan...Rahmat.
Taehyung mayin jilmaydi.
U qizning ichidagi bo‘ronni so‘zsiz ham his qilib turardi.
— Unda yur bugun darsning amaliy qismini bajaramiz. Qorni och odamning jahli tez chiqadi seni bir joyga olib boraman...
Y/N rad etmoqchi bo'ldi, lekin onasi uni aynan shu insonga omonat topshirib ketganini eslab indamay ortidan yurdi.
Ular birga uychadan chiqib masjid hovlisidan ko‘chaga chiqishdi Darvoza yonida esa odatdagidek Jihan turardi...U qora mototsikliga suyangancha telefoni ichiga kirib ketgudek tikilib o'tirardi. Ustoz va Y/N birga kelayotganini ko'rib boshini ko'tardi...Uning nigohi bir soniya Y/N ning ancha bosilib qolgan yuzida to'xtadi.
Taehyung Jihanga yaqinlashib cho'ntagiga qo'llarini soldi va samimiy ohangda dedi:
— Jihan Y/N bilan birga biror kafega ketyapmiz ovqatlangani...Sen ham borasanmi?
Jihan bir muddat Taehyungga keyin esa Y/N ga qaradi...O'sha sovuq va gapirmas qiyofasida sekin bosh irg‘agandek bo‘ldi-da, mototsiklini o'chirib, kalitini cho'ntagiga soldi U "yo'q" deb o'tirmadi shunchaki ularga qo'shilib birga piyoda yura boshladi.
Ular yo'lda borarkan shahar chiroqlari asta-sekin yona boshlagandi...Y/N o'rtada ikki chetida esa bo'yi baland salobatli ikki yigit

— biri oppoq kiyimda xotirjamgina qadam tashlayotgan ustoz Taehyung ikkinchisi esa qora kiyimda indamay yerga qarab kelayotgan Jihan.
Atrofdan o'tayotgan odamlar beixtiyor bu g'alati ammo juda chiroyli uchlikka qarab qo'yishardi...Y/N esa o'zini birinchi marta uydagi zaharli muhitdan uzoqda xavfsiz va qadrlanganidek his qila boshladi.

Ular shahar chetidagi kichkina parda bilan to‘silgan shinamgina kafega yaqinlashishdi...Taehyung eshikni ochmoqchi bo‘lganida ortda kelayotgan Jihan birdan to‘xtadi...Uning ko‘zlari bezovta pirpirab kafening peshlavhasiga qaradi.
— Balki... boshqasiga borarmiz?
— dedi Jihan ovozini pastroq qilib vaziyatdan qochmoqchi bo‘lgandek.
Taehyung unga hayron bo‘lib bir qaradi-da kalitini barmog‘ida aylantirib jilmoydi:
— Boshqalari uzoq Jihan
Bu yer juda shinam ustiga-ustak ovqatlari ham zo‘r...Yur kirdik.
Ilojisi qolmagan Jihan chuqur xo‘rsinib, ularning ortidan kirdi...Ular burchakdagi to‘rt kishilik stolga o‘tirishdi...Y/N va Taehyung yonma-yon Jihan esa ularning qarshisiga o‘tirdi.
Ular hali menyuni ham ochishga ulgurmagan edi, chekkadan baland bo‘yli sochi orqaga taralgan bir ofitsiant yigit yugurib keldi.
U Jihanni ko‘rishi bilan yuzida keng jilmayish paydo bo‘ldi:
— Oho Jihan aka! Keling! Doimgidek 3ta shisha aroqmi? Bugun ham o‘sha jamoa bilanmi?
Darsxonada yoki masjid hovlisida hech qachon bunday bo‘lmagandi...
Bir soniyada hamma taqqa qotib qoldi...Kafedagi mayin musiqa ham go‘yo to‘xtab qolgandek tuyuldi.
Y/N ning ko‘zlari hayratdan katta-katta ochilib qarshisida chiroyli va odobli ko'ringan (yoki tartibli kiyimda) boshini egib o‘tirgan Jihanga qaradi.

Taehyung esa indamay lekin o‘ta jiddiy va o‘tkir nigoh bilan Jihanga tikilib qoldi. Uning yuzidagi boyagi mayin tabassum bir lahzada g‘oyib bo‘lgandi.

Jihan peshonasiga qo‘lini qo‘yib tishlarini qisdi. Sharmandalik butun yuzini qizartirib yuborgandi.
— Ahh... Jin ursin!
— deb pichirladi u operatorga qarab o‘qrayarkan.
Ofitsiant yigit vaziyatni tushunmay Taehyungning ustidagi dindorona kiyimiga qarab birdan kalovlanib qoldi:
— Iye... uzr adashibman shekilli...
— deb sekin ortiga tahlika bilan chekindi.
Xonaga og‘ir va sovuq sukunat cho‘kdi...Y/N bir Jihanga bir Taehyungga qaradi...Ichida qandaydir g‘alati bir isyon uyg‘ondi. "Demak hammani tarbiyalaydigan bu ustozning eng yaqin yigiti ham farishta emas ekanda?!"
Taehyung sekin stolga suyandi...Uning ovozi xotirjam edi lekin bu xotirjamlik ortida bo‘ron borligini hamma sezdi.
U to‘g‘ri Jihanning ko‘zlariga qaradi:

— Ichasanmi hali?!
— so‘radi u qisqa va qat'iy ohangda.
Jihan javob bermadi.
U qo‘llarini musht qilib tugdi-da yuzini chetga burdi. Uning bu holati aybini tan olgan lekin qaysarlik qilayotgan bolaga o‘xshardi.
Y/N esa bu vaziyatni ko‘rib beixtiyor miyig‘ida kulib qo‘ydi.
— Demak...
— dedi u Taehyungga qarab, kinoyali ohangda.
— Faqat men emas ekanman-da "shaytonning kiyimi"ni kiyadigan? Qarshingizda shaytonning o‘zi o‘tiribdi-ku ustoz?
Taehyung Y/N ning gapiga e'tibor bermadi...U hamon Jihandan ko‘zini uzmagandi.
— Jihan senga ishonardim.. — dedi Taehyung past lekin og‘riqli ovozda.
— Masjidga kelib namoz o‘qib bolalarga yordam berib yurishing... hammasi niqobmidi?
Jihan chiday olmadi.
U shartta o‘rnidan turdi stul orqaga surilib ketdi.
— Men hech qachon niqob taqmaganman!
— dedi u ovozini ko‘tarib.
— Lekin mening hayotimni siz bilmaysiz ustoz!
U shunday dedi-yu cho‘ntagidan pul chiqarib stolga tashladi va tez-tez qadam tashlab kafedan chiqib ketdi...Ko‘p o‘tmay tashqarida mototsiklning qattiq va asabiy ovozi yangradi... Jihan katta tezlikda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Stolda faqat Taehyung va
Y/N qolishdi...Taehyung chuqur xo‘rsinib ko‘zlarini yumdi...Y/N birinchi marta o‘zining baquvvat va mukammal deb o‘ylagan ustozini bunday chorasiz holatda ko‘rayotgan edi.

Kafedagi taranglik biroz bosilgach Taehyung ofitsiantni chaqirib faqat kofe va yengil shirinlik buyurdi...Jihanning ketishi ikkalasini ham o‘yga toldirgan edi...Biroz vaqt o‘tgach Taehyung chuqur xo‘rsinib kofe piyolasini qo‘liga oldi va birinchi bo‘lib suhbatni boshladi.
— Insonlar mukammal emas Y/N..
— dedi u mayin va biroz g‘amgin ovozda.
— Jihanning ham o‘z dardi o‘z kurashlari bor...Men uni kechira olaman chunki dinimiz adashganlarni quvib yuborish emas ularni qutqarish uchun kelgan...
Y/N kofesidan bir ho‘plab, ustoziga tikildi. Birinchi marta u Taehyungni dars o‘tadigan qat'iy ustoz emas balki qalbni tushunadigan yaqin sirdoshdek his qildi.
— Men uni tushunaman...
— dedi Y/N sekin pichirlab. — Ichingda bo‘shliq bo‘lsa uni har xil yo‘llar bilan to‘ldirishga harakat qilarkansan...Men ham kechalari ko‘chada yurganda o‘sha bo‘shliqdan qochmoqchi bo‘lardim.
Ular ancha paytgacha dildan suhbat qurishdi...Taehyung qizning qalbidagi isyon ortida aslida mehrga zor onasining musofirligidan charchagan bir qizaloq yotganini ko‘rdi.
Y/N esa ustozining har bir so‘zidan o‘ziga qandaydir taskin topdi.
Kechga yaqin shahar butunlay qorong‘u bo‘lganda Taehyung Y/N ni uyingacha kuzatib qo‘ydi...Uy darvozasi oldida to‘xtashganda Taehyung qizga qarab jilmaydi:
— Bugun yaxshi suhbat bo‘ldi...Uyga kirgacho‘sha kitobni yana o‘qi...Va esingda bo‘lsin uydagilar nima desa ham jahlingni jilovla.
— Xo‘p...
— dedi Y/N bu safar chin dildan.
Taehyung ketgach Y/N chuqur nafas olib ichkariga kirdi...Ammo dahlizga qadam qo‘yishi bilan uni tinchlik emas haqiqiy bo‘ron kutib turgandi.
Mehmonxonada kelinoyisi va Gavhar uning poylab o‘tirishgan ekan...Gavhar
Y/N ni ko‘rishi bilan o‘rnidan shartta turib qo‘lidagi telefonini uning yuziga qaratdi.
— Ana! Keldi kechalari ko‘chada aylanadigan namozxon qizimiz!
— Gavhar zaharxandalik bilan baqira ketdi.
— Onang senga pul topaman deb chet elda yursa sen bo‘lsang o‘sha masjidda dars o‘tadigan "ustozing" bilan kafema-kafe yuribsanmi?!
— Og‘zingga qara Gavhar!
— Y/N ning jahli chiqib ketdi. — U mening ustozim! Biz shunchaki...
— Menga farqi yo‘q!
— Gavhar uning gapini bo‘lib telefonidagi videoni ko‘rsatdi...U ularni kafeda yashirincha rasmga va videoga oldirgan edi.
— Agar menga yaxshigina pul bersang va kiyimlaringdan taqinchoqlaringdan menga bersang, mana shu videoni butun mahallaga balki tarqatmayman lekin agar yo'q desang Onangga ham jo‘nataman! Ko‘ramiz o‘sha oq kiyim kiygan ustozing keyin qanday bosh ko‘tarib yuradi! Niqobing yechiladi hammangni!
Kelinoyisi ham chekkada turib jilmayib, qizini quvvatladi:
— Ha sening bu yurishing uydagilarga to‘g‘ri kelmaydi. Onangga aytsak u yerda yuragi yorilib o‘ladi bechoraning.
Y/N ning ko‘zlari qonga to‘ldi...Taehyungning *"Jahlingni jilovla"* degan gapi mutloq esidan chiqdi. Bu iflos shantaj Gavhanning kibrli yuzi va onasining nomini o‘rtaga qo‘shishgani uni aqldan ozdirayozdi.
— Ifloslar! Onamga yuboraver hech nimadan qo'rqmayman!
— Y/N stol ustidagi qimmatbaho vazani yerga otib yuboradi vaza chil-chil bo‘lib ketdi.
— Mening uyimda yashab mening onamning puliga kun ko‘rib yana meni shantaj qilyapsanlarmi?!
— Voy o‘lmasak! Bizni haqorat qilyapti bu?!
— kelinoyisi ham baqirishni boshladi.
Uyda katta daxshatli janjal boshlandi...Gavhar va kelinoyisining zaharli gaplari Y/N ning asablarini tamoman bitirdi U nafas ololmay qolgandek bo‘ldi...Bu uydagi ifloslikdan zaharli muhitdan ko‘ngli shunchalik aylandiki qo‘lidagi sumkasini mahkam qisgancha eshikka qarab yugurdi.
— Yo‘qolib ket hammang! Nafratlanaman sizlardan!
— deb baqirdi-yu eshikni shunday qattiq yopib uydan ko‘chaga chiqib ketdi.
Tashqarida tun...Shamol yana uning sochlarini to‘zg‘itardi...Ko‘zlaridan oqayotgan achchiq yosh yuzlarini kuydirib o‘tdi.
U qayerga borishni kimdan yordam so‘rashni bilmasdi. Telefonini oldi-yu qo‘llari titrab kimga qo‘ng‘iroq qilishni o‘ylay boshladi...

Y/N qo‘lidagi telefonga bir muddat tikilib turdi-da uni butunlay o‘chirib cho‘ntagiga soldi...Hech kimga qo‘ng‘iroq qilmadi.
Hozir unga na Taehyungning sabr haqidagi gaplari na Jihanning sovuq nigohi taskin bera olardi...U hamma narsadan butun dunyodan va eng muhimi o‘zidan qochishni istayotgandi.
U taksi to‘xtatib shaharning eng chekka xira chiroqli va odamlar deyarli qadam bosmaydigan sanoat hududiga yo‘l oldi...
U yerda eng tubi ketgan bezorilar tunovchilar va ko‘chada qolganlar yig‘iladigan hatto it ham bilmaydigan bir xaroba kafe-bar bor edi.
Eshikni ochib kirishi bilan dimog‘iga arzon tamaki achqimtil alkogol va namlik hidi urildi...Ichkarida so‘kinishlar g‘o‘ldirashlar va qadahlarning urilish ovozi eshitilardi...Burchakda bir nechta badani tatuirovkali yigitlar qarta o‘ynab o‘tirishardi...
Y/N ning bu yerga kelishi xuddi o‘zini jarlikka otishdek gap edi lekin unga hozir buning mutloq farqi yo‘q edi.
U chekka qorong‘uroq stolga borib o‘tirdi va pesh taxtasidagi barmenga qarab baqirdi:
— Eng achchig‘idan olib kel! Tezroq!

Ko‘p o‘tmay uning oldiga shisha va qadah keldi...
Y/N birinchi qadahni bir simirishda ichib yubordi. Alkogol uning tomog‘ini, ich-ichini kuydirib o‘tdi. Ko‘zlaridan beixtiyor yosh chiqib ketdi lekin u to‘xtamadi...Ikkinchi uchinchi... U uydagi kelinoyisining zaharli basharasini Gavharning o‘sha jirkanch shantaj videoli telefonini va onasining yig‘lab xayrlashgan ko‘zlarini miyasidan o‘chirib tashlamoqchi bo‘lib bo‘kib icha boshladi.

— Hammasi iflos... Dunyo iflos!
— deb pichirladi u tili aylanmay ko‘zlari xiralashib borarkan.
U tamoman mast bo‘lib boshini stolga qo‘yib qoldi.

Shu payt Y/N oldiga bir yigit kelib o‘tiradi.

Y/N boshini zo'rg'a ko'tarib, stol chetiga o'tirgan erkakka qaradi...Ko'zlari shunchalik xiralashgan boshi shunday aylanayotgan ediki qarshisidagi odamning na yuzini na qiyofasini aniq ko'ra olardi Ichgan alkogoli vujudini tamoman bo'shashtirib qo'ygan bo'lsa-da ichidagi asabiylik va isyon hamon so'nmagandi.
— Tur o'rningdan...
— dedi u tili zo'rg'a aylanib, ovozi qaltirab.
— Ko'rmayapsanmi men o'tiribman bu yerda...?!
Qarshisidagi yigit uning jahl bilan aytgan gapidan so'ng birdan kalovlanib qoldi.
U shoshib stol ustini qo'llari bilan paypaslay boshladi va tasodifan barmoqlari Y/N ning muzdek qo'liga tegib ketdi...Yigit qo'lini darhol tortib oldi.
— Voy... uzr
— dedi u ovozida samimiy bir tahlika bilan.
— Sizni bu yerda ekanligingizni mutloq sezmay qolibman... Ko'zim ko'rmagandan keyin... niyatim yomon emasdi.
Y/N unga yana bir bor qaradi...Xiralashgan nigohlarini jamlab uning yuzini yaxshiroq ko'rishga, gaplari rost yoki yolg'onligini aniqlashga harakat qildi. Lekin boshidagi kuchli og'riq va atrofning aylanishi bunga yo'l bermadi...Bu g'alati va xavfli joydan tezroq qochish maqsadida u shartta o'rnidan turib ketmoqchi bo'ldi...Ammo oyoqlari o'ziga bo'ysunmadi muvozanatni yo'qotib yerga yiqilib ketishiga bir bahya qoldi.
Aynan o'sha soniyada haligi ko'zi ojiz yigit chaqqonlik bilan havoni paypaslab Y/N ning bilagidan mahkam ushlab uni yiqilishdan saqlab qoldi...Uning qo'llari g'alati darajada issiq va ishonchli edi.
— Qochmang...
— dedi yigit ohasta uni tinchlantirishga urinib.
— Men sizga hech qanday yomonlik qilmayman...Zarar yetkazmayman ishonavering.
— Ishonmayman!
— Y/N uning qo'lidan yulqinib chiqishga harakat qildi va yana bir necha qadam oldinga yurdi...Ammo yigit ham uning qadam tovushlariga qarab u bilan birga yura boshladi...U qizni yolg'iz tashlab qo'ygisi kelmayotgandi.
— Nima desam ishonasiz?
— yigit to'xtab ko'r ko'zlarini Y/N ovoz kelgan tomonga qaratdi...Uning yuzida mutloq beguborlik bor edi.
— Onamni oq suti ursin sizga yomonlik qiladigan bo'lsam... Agar niyatim buzuq bo'lsa shu yorug' dunyoni ko'rish nasib qilmasin...
Bu og'ir va qat'iy qasamyod, ayniqsa onaning nomi o'rtaga qo'shilishi Y/N ni birdan to'xtashga majbur qildi...Uning muzlagan, uydagilarning g'arazli shantajidan charchagan qalbida qandaydir g'alati bir ishonch uyg'ondi... U qadam tashlashdan to'xtadi.
Yigit esa qizning to'xtaganini sezib, yuzida mayin va iliq tabassum paydo qildi.
Qo'lini do'stona tarzda oldinga cho'zdi:
— Keling do'st bo‘lamiz. Mening ismim Chris...
Y/N uning qo'liga va yuziga qaradi...Lablarini qimirlatib, o'z ismini aytmoqchi bo'ldi, hatto rozilik bildirish uchun bosh irg'ashga ham ulgurmadi... Dunyo ko'z oldida batamom qorong'ulashdi va u hushidan ketib Chrisning quchog'iga yiqildi.