June 24

"Gunohkor qiz va ustoz"

Y/N ko‘zlarini ochganda boshidagi og‘riq portlab ketgudek darajada kuchli edi.
U ko‘zlarini bir necha bor pirpiratib, atrofdagi qorong‘ulikni va g‘alati sovuq xonani tanishga harakat qildi. Ammo kutilmagan sovuqlikdan vujudi titrab ketdi u karavotda tamoman yalong‘och holda yotardi ustiga esa shunchaki beparvo ko‘rpa tashlab qo‘yilgandi.

U vahima ichida o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi lekin bilaklaridagi og‘riqdan chinqirib yuborishiga sal qoldi.
Qo‘llari karavot boshiga arqon bilan mahkam bog‘lab tashlangan edi.
— Uyg‘ondingmi go‘zalim?
Xonaning burchagidan kelgan o‘sha tanish ammo endi mutloq begubor bo‘lmagan sovuq ovoz yangradi.
Y/N boshini zo‘rg‘a burib o‘sha tomonga qaradi...
To‘g‘rida shtativga o‘rnatilgan katta va professional video kamera yonida Chris turardi...Uning ko‘zlari boyagi kafedagidek jovdiramayotgan, aksincha o‘ta o‘tkir yovvoyi va jirkanch bir g‘oliblik hissi bilan yonib turardi...Uning lablaridagi sovuq tirjayish Y/N ning tomirlaridagi qonni muzlatib qo‘ydi.
— Sen... sen ko‘r eding-ku?!
— Y/N bor kuchi bilan baqirdi ovozi titrab ko‘zlaridan dahshat yoshlari oqib ketdi. — "Onamning oq suti ursin" deb qasam ichganding-ku iflos! Qo‘yib yubor meni!
Chris sekin kameraning tugmasini bosdi linza qizil bo‘lib yona boshladi
u tasvirga olishni ancha oldin boshlagandi lekin ataylab Ynni qo‘rqitishni boshlaydi Keyin xotirjamlik bilan karavot yoniga yaqinlashdi uning har bir qadami Y/N uchun o‘lim jazasidek eshitilardi.
— Qasam deysanmi?
— Chris qah-qah otib kulib yubordi...U karavot chetiga o‘tirib Y/N ning qo‘rquvdan titrayotgan yuziga yaqinlashdi. — O‘sha iflos kafedagi bezorilardan seni qutqarishning yagona yo‘li sening ishonchingga kirish edi...
Va sen bunga juda oson uchding va yana Onam? Onam besh yoshligimda bizni tashlab ketgan go‘zalim Shunday ekan uning suti meni ura olmaydi!
Y/N bog‘langan qo‘llarini yulqib undan uzoqlashishga harakat qildi lekin iloji yo‘q edi.
— Sendan nafratlanaman! Nima xohlaysan mendan?! Puling kerakmi? Uyimdagilar beradi, qo‘yib yubor!

— Pul? — Chris qah-qah otib kulib yubordi uning kulgisi sovuq devorlarda aks sado berib Y/N ning ich-ichini titratdi. — Yo‘q go‘zalim...Sening uydagilaring menga pul bergani menga umuman kerak emas. Men seni ancha vaqtdan beri kuzatib kelaman...O‘sha ko‘chalarda yolg‘iz yurishlaring, qaysarliging kiyinishing... Hammasi meni aqldan ozdirdi. Seni o‘zimniki qilishning yagona yo‘li shu edi.
U Y/N ga yaqinlashib, uning qo‘rquvdan muzlab qolgan yuziga tikildi...Lablarida dahshatli bir g‘oliblik tabassumi bor edi.
— Agar menga turmushga chiqmasang bu rasmlaringni butun dunyo ko‘radi go‘zalim... — dedi u pichirlab.
Y/N eshitgan gaplaridan shok holatiga tushib, tamoman qotib qoldi. "
Bu qanaqasi? Turmushga chiqish? Bu manyak uning hayotini shantaj orqali bog‘lamoqchi edi."
Chris esa sekin egilib Y/N ning peshonasidan qo‘pol va jirkanch tarzda o‘pdi...
Uning nafasidan kelayotgan hid qizning ko‘nglini behuzur qildi.
Y/N bog‘langan qo‘llarini bor kuchi bilan yulqib uning yuziga tupurgisi keldi lekin vujudidagi g‘alati og‘riq va og‘irlikni his qilib daxshatga tushdi.
— Menga nima qilding?!
— deb baqirdi Y/N o‘zini himoya qilmoqchi bo‘lib.
— Menga tegdingmi iflos?!
Chris uning qichqirig‘idan zarracha cho‘chimadi. Aksincha kameraning yoniga borib, tasvirlarni tekshirayotgandek xotirjamlik bilan gapirdi:
— Shunchaki tekshirib ko‘rdim
Ahir yaqinda mening xotinim bo‘lasan go‘zalim...
— dedi u tirjayib.
— Senga tegdim hali vaqti ko‘p Lekin rasmlaring meni bir umr qamoqqa tiqishga ham seni menga xotin qilishga ham yetadi.
Bu gap Y/N ning ichidagi oxirgi umid uchqunini ham o‘chirdi.
U o‘zini shunchalik chorasiz shunchalik bulg‘angan va xorlangan his qildiki boshqa baqirishga ham quvvati qolmadi...U ko‘zlarini mahkam yumib o‘ksib-o‘ksib yig‘lab yubordi.
"Bor umidim sendan qizim"
Onasini bu gaplarini eslab o‘zidan jirkanib ketdi..
Achchiq ko‘z yoshlari yuzidan oqib karavotga tushardi...Ichida faqat bir narsani so‘rardi:
"Men yuzingizni yerga qaratdim ona...meni kechiring..."

Chrisning gaplaridan so‘ng xonaga og‘ir va dahshatli sukunat cho‘kdi...Tashqaridan hech qanday qutqaruvchi ovozi eshitilmadi...Hech kim kelmadi... Y/N faqat o‘zining og‘riqli nafasini va Chrisning sovuq qadamlarini eshitib turardi...Unda na umid na qochishga chora qolgan edi.
Chris kamerani o‘chirib cho‘ntagiga soldi...Keyin karavot yonidagi stulga o‘tirib qo‘llarini qovushtirgancha Y/N ning yig‘lashdan qizarib ketgan ko‘zlariga sovuqqonlik bilan tikildi.
— Hozir kech bo‘ldi ertaga seni uyingga qo‘yib yuboraman...
— dedi u ovozini pasaytirib lekin har bir so‘ziga qat'iy buyruq ohangini berib.
— Ammo bir narsani miyyangga yaxshilab quyib ol.
Ertadan boshlab nima qilsang ham nima yesang ham mendan so‘rab qilasan...
Ko‘chaga chiqqaningda ham mendan ruxsat olasan...Chunki yaqinda ering bo‘laman go‘zalim!
Y/N lablarini qonagunicha tishladi...Undan nafratlanishni ham baqirishni ham istardi lekin qo‘lidagi kishanlar va Chrisning qo‘lidagi o‘sha daxshatli rasmlar uning tilini bog‘lab qo‘ygandi. Agar bu rasmlar onasiga yoki Taehyung ustozga borib tushsa Y/N uchun hayot tugashini u juda yaxshi bilardi.
Chris o‘rnidan turdi-da Y/N ning bog‘langan qo‘llarini sekin yechib yubordi.
— Kiyinib ol...
Men tashqarida bo‘laman. Qochishga harakat ham qilma baribir bu yerdan chiqolmaysan, — dedi-yu eshikni qulflab chiqib ketdi.
Y/N titrayotgan qo‘llari bilan ko‘rpani mahkam qisib burchakka tiqildi...U kiyinishga ham o‘zida kuch topolmay shunchaki qotib qolgandi.

Ertaga u uyga qaytadi lekin endi u o‘sha avvalgi beparvo va erkin Y/N emas edi...
U endi bir manyakning asirasiga aylangandi.

Ertasi kuni tushga yaqin Chris Y/N ni aytganidek qo‘yib yubordi.
U qanday qilib uyga yetib kelganini dahlizda o‘ziga zaharxanda qilib kulgan kelinoyisi va Gavharning yonidan qanday o‘tganini eslay olmasdi...Ko‘ziga hech narsa ko‘rinmasdi.
Xonasiga kirib eshikni ichkaridan qulfladi...
Oynaga qaradi kechagina erkin isyonkor bo‘lgan qizdan asar ham qolmagandi.
O‘zidan shunchalik jirkanib ketdiki yashashning hech qanday ma’nosi qolmagandek tuyuldi...Shkaf tortmasidan kichik pichoqni oldi...Bilagiga qaradi
O‘zini o‘ldirmoqchi bu sharmandalikdan Chrisning manyakalik tazyiqlaridan bir yo‘la qutulmoqchi bo‘ldi.
Pichoq tig‘ini terisiga tiradi... lekin qo‘llari titrab buni qila olmadi.
Onasining musofirchilikda yig‘lab ketgan ko‘zlari unga termulib
*"Seni ustozga omonat topshirdim"*
degan gaplari xayolidan o‘tdi. Yo‘q o‘zini o‘ldira olmadi.
Pichoqni yerga otdi-da shoshib kiyindi.
Hech kimga hatto yo‘lini to‘smoqchi bo‘lgan Gavharga ham qaramay uydan otilib chiqdi...Ko‘chalarda yugurib, jiddiy lekin qalban sinib borarkan miyasida faqat bitta ism aylanardi:
Taehyung ustoz.
U hozir uning yagona najot qal’asidek edi.
Masjid hovlisidagi shinam uychada dars allaqachon boshlangan darsning yarmi o‘tib bo‘lgandi.
Taehyung doskaga nimalardir yozar Mina,Sora va Minjun uni diqqat bilan eshitishardi.
Jihan esa burchakda har doimgidek sovuqqon qiyofada o‘tirardi.
Birdan eshik qattiq ochilib ostonada Y/N ko‘rindi.
Uning sochlari to‘zg‘igan, ko‘zlari yoshdan shishib ketgan dars kiyimi ham tartibsiz edi. Hamma hayrat bilan unga qaradi...Mina pichirlab nimanidir pichirlamoqchi bo‘ldi lekin Taehyungning bitta o‘tkir nigohi uni jim qildi.

Taehyung Y/N ning bu ahvolini ko‘rib uni kechikkani uchun urushmadi...Hatto tanbeh ham bermadi...Shunchaki unga o‘tirishni ishora qildi:
— Kel Y/N O‘tir.
Lekin Y/N joyiga o‘tirmadi.
U darsxonadagilarga ham o‘ziga xavotir bilan tikilib turgan Jihanga ham e'tibor bermay to‘g‘ri Taehyung ustozning qarshisiga keldi.
Ko‘zlarida yosh yo‘q edi, lekin ichidagi daxshatli og‘riq uning yuzini mutloq sovuq va hissiz qilib qo‘ygandi...U titramaslikka harakat qilib so‘radi:
— Ustoz... agar odam o‘zini o‘ldirsa nima bo‘ladi?
Bu kutilmagan savoldan keyin xonaga muzdek sukunat cho‘kdi...Minjun qo‘lidagi ruchkasini tushirib yubordi. Burchakda o‘tirgan Jihanning ko‘zlari birdan kengayib nigohi Y/N ga qadaldi.

Taehyung savolni eshitib chuqur azob bilan boshini egdi. U biroz sukutdan so‘ng boshini ko‘tardi...Uning ko‘zlarida jiddiylik bor edi:
— Bu juda og‘ir gunoh Y/N...
— dedi Taehyung ovozi g‘amgin yangrab.
— O‘zini o‘ldirgan odamga janoza ham o‘qilmaydi...Bu dunyodagi qiyinchiliklardan o‘sha yo‘l bilan qutuldim deb o‘ylaysan "bu yerdan ketdim" deb xursand bo‘lasan... Lekin Allohning huzuriga borib nima deb javob berasan? Bu yerda o‘lib ketasan... lekin u dunyoda juda qiynalasan.
Y/N ustozining har bir so‘zini eshitarkan labini qonagunicha qattiq tishladi...Demak o‘lim ham unga yo‘l emas edi.
U o‘zini o‘ldira ham olmaydi bu jahannamdan qochib qutula ham olmaydi...Ichidagi qichqiriqni yutib indamay bosh irg‘adi.
Shu payt Y/N ning cho‘ntagidagi telefoni titray boshladi...
U ovozini o‘chirib qo‘ygan bo‘lsa-da stol ustiga qo‘ygan sumkasi ichida telefon tinimsiz yonib-o‘chayotgani sezilib turardi...Ekrandagi ism esa bitta edi:
Chris.
U kechadan beri uydan chiqqanidan beri tinimsiz qo‘ng‘iroq qilayotgan edi.
Har safar telefon yonganda
Y/N ning eti junjikib ketardi.
Y/N telefonni ko‘tarmadi.
Uni umuman eshitgisi ham, ko‘rgisi ham kelmasdi.
Ammo telefon shu darajada ketma-ket va asabiy chalinyaptik darsxonadagilarning hammasi ayniqsa Jihan uning cho‘ntagiga shubha bilan tikilib qoldi.
Chris o‘z buyruqlarini boshlash uchun Y/N ning go‘shakni ko‘tarishini kutayotgandi.

Taehyung Y/N ning bezovtaligini va telefoni tinmayotganini ko‘rib unga rahm ko‘zlari bilan qaradi.
Uning ovozi hamon o‘sha mayin tinchlantiruvchi ohangda edi:

— Agar muhim bo‘lsa tashqariga chiqib gaplashib kelishing mumkin.
Bu yerda hech kim seni urushmaydiY/N.
Y/N telefonini qo‘liga olib shoshib darsxonadan tashqariga chiqdi...
U tashqaridagi xiyobonning chekkasiga o‘tib endigina yashil tugmani bosmoqchi edi... Ammo telefonni ko‘tarishga ulgurmadi.
Kutilmagan dahshatli va kuchli bir qo‘l uning bilaklaridan mahkam ushlab o‘ziga qarab shunday qattiq tortdiki Y/N ning joni og‘riqdan chiqib ketayozdi. Qo‘lidagi telefoni yerga tushib ketdi...
Bu Chris edi! U Y/N ni uydan chiqqanidan beri yashirincha kuzatib darsxonagacha ortidan kelgan ekan.
Chris Y/N ning qo‘rquvdan muzlab qolgan yuziga yaqinlashdi...Uning ko‘zlarida kechagidek ojizlik emas balki daxshatli yovvoyilik o‘t sochardi.
— Hali telefonni ham ko‘tarmayman degin?!
— dedi Chris tishlarini g‘ijirlatib. Uning ovozi juda past pichirlashga yaqin edi chunki masjid xovlisida odamlar borligini bilardi...Lekin bu past ovoz Y/N ning quloqlariga xuddi daxshatli momoqaldiroqdek eshitildi uning butun a’zoyi badani titrab ketdi.
Chris qizning bilaklarini battar qisib yuziga yaqinlashdi:
— Shunday qilamanki ikkinchi marta ko‘chaga chiqa olmaydigan bo‘lasan! Oyog‘ingni urib sindiraman! Meni buyrug‘imni bajarmaslik nimaligini ko‘rsatib qo‘yaman senga!
Y/N ning ko‘zlarida hech qanday qarshilik hech qanday isyon qolmagandi...Uning qarashlari butunlay so‘ngan umidsiz va chorasiz edi.
U xuddi o‘limini kutayotgan mahkumdek Chrisning yirtqich ko‘zlariga faqat qo‘rquv bilan termulib qoldi.
Bu hayotda unga endi najot yo‘qdek edi.
Ammo ular darsxona eshigining salgina ochiq qolgan darchasidan bir juft o‘tkir ko‘zlar ularni kuzatib turganini sezishmadi.
"Jihan" Y/N ning ahvolidan shubhalanib allaqachon darsxonadan chiqqan va daraxtlar ortida turib bu manzarani ko‘rib bo‘lgandi!