November 11

"Gunohkor qiz va ustoz"

Tungi soat to‘qqizlar atrofida xonaning qorong‘i burchagida o‘tirgan Y/n ning telefoniga xelyu ekran yorishib bildirishnoma keldi.
Ekranda Chrisning qisqa va sovuq xabari turardi:
“Tashqariga chiq keldim.”
Boshqa hech qanday ortiqcha gap yo‘q edi.
Bu ikki og‘iz so‘zning o‘ziyoq Y/n ning butun vujudini muzlatib qo‘yishga yetarli edi.
U jonsiz og‘ir tanasini zo‘rg‘a o‘rnidan sudrab o‘rnidan turdi.
Ko‘zguga yaqinlashib, tarqoq sochlarini barmog‘i bilan zo‘rg‘a to‘g‘riladi-da boshqa hech narsa qilolmay o‘zining siniq aksiga o‘lik nigoh bilan termilib qoldi.
Shu payt uyni tirqirab yoritgan yorug‘lik ortidan hovli tashqarisidan mashinaning quloqni qor Aytgandek qattiq signali uch marta ketma-ket eshitildi:
Biip... Biip... Biip...
Ortidan darhol yana SMS keldi:
“Tushasanmi yoki ko'tarib olib tushaymi?”
Bu tahdid yuragidagi so‘nggi umid uchqunlarini ham butunlay o‘chirdi.
Y/n tizzalari qaltirab egilgan ko‘yi o‘ziga oddiy bir yopinchiq tashladi-da sekin tashqariga qadam qo‘ydi.
Darvoza eshigidan chiqishi bilan qorong‘ulikda qora mashina uni kutib turgandi.

Chris rulda o‘tirardi derazasi pastga tushirilganbir qo‘lini derazadan tashqariga chiqarib boshqa yoqqa qarab turgandi.

Uning butun qiyofasidan qovog‘ini solib turganidan ichidagi asabiylashib zarda qilib turgani yaqqol sezilib turardi.
— O‘tir! — dedi u sovuq va qat’iy daxshatli darajada qo‘pol ohangda.
Y/n darhol orqa eshikka qo‘l uzatdi biroq eshik qulflanganini ko‘rib to‘xtab qoldi.
— Oldinga o‘tir — dedi Chris boshini ham qimirlatmay tishlari orasidan g‘o‘ldirab.
Y/n atrofga qorong‘u va kimsasiz ko‘chaga ko‘z yugurtirdi.
Unga yana o‘sha maxluqning yoniga yaqiniga borib o‘tirish fikri o‘qdek botdi.
U yelkasidagi yopinchiqni mahkamroq quchib o‘rnida qotib qoldi.
— Nima... nima gaping bor...?
— deb pichirladi uning ovozi titrab.
Shundan so‘nggina Chris asta boshi ko‘tarib nihoyat nigohini YNnga qaratdi.
Uning ko‘zlaridagi vahshiylik va hukmronlikka to‘la nigoh qizning jonini sug‘urib olgandek bo‘ldi.
— Oldinga o‘tir dedim!
Boshqa iloji qolmagan
Y/n majburan old eshikni sekin ochib uning yoniga o‘tirdi.
U o‘zini himoya qilmoqchidek yopinchiqni tanasiga qattiq o‘rab burchakka qisilib oldi.

Chris hech narsa demadi U gazni bosib mashinani joyidan qanday jilga‘nini o‘zi ham sezmay shahar tashqarisidagi qorong‘i va uzun yo‘l tomon uchib ketdi.
Mashina ichidagi og‘ir sukut va turg‘un havoni faqat motorning g‘uvillashi buzardi.
Bir necha kilometr o‘tgach Chris o‘ng qo‘lini ruldan bo‘shatib sekin sekin Y/n ning muzlagan soni ustiga qo‘ydi.

Uning kafti og‘ir va iskanjadek sovuq edi. Chris hech qanday so‘z demasa-da bu teginishning o‘ziyoq uning ustidan to‘laqonli egalik qilishini qizning esa bu zanjirdan hech qachon qutula olmasligini yana bir bor shafqatsizlarcha eslatib turgandi.

Mashina tezligi asta-sekin pasayib yorqin chiroqlari porlab turgan kiyim do‘koni ro‘parasiga kelib to‘xtadi. Chris bir zum harakatsiz o‘tirdi-da so‘ng boshini o‘girib to‘liq Y/nga qarab qoldi.
U qizning jimligidan o‘zini soyadek olib qochayotganidan zavqlanayotgandek lablariga jirkanch va qo‘pol taassurot uyg‘otuvchi soxta tabassum yugurdi.
— Nima ovqat yemayabsanmi?
— dedi u mazaxomuz ohangda tirjayib.

Lekin Y/n dan unga bir og‘iz ham javob chiqmadi.
Qiz nazarini boshqa tomonga qaratib, derazadan tashqariga tikilganicha qotib qolgandi
Uning bu qaysar yoki yanada to‘g‘rirog‘i sinib bo‘lgan sukunati Chrisning jahrini chiqardimi u o‘zini bosib, og‘ir xo‘rsinib qo‘ydi.
— Bo‘ldi yetar shuncha injiqlik
— deb g‘o‘ldiradi u o‘ziga o‘zi.
Chris mashina eshigini qarsillatib ochib tushdi-da qadamlarini keskin tashlab do‘kon tomon yurib ketdi.
Y/n esa qorong‘i mashina ichida yolg‘iz o‘zi qoldi.
Uning atrofida yana o‘sha bo‘g‘iq havo o‘sha ezg‘ilovchi og‘irlik hukmron edi.
Do‘kondan qaytib keladigan navbatdagi xo‘rlikni kutishdan boshqa chorasi qolmagandi...

Oradan ko‘p o‘tmay yon tarafdagi eshik to‘satdan qarsillab ochildi
— Chris qo‘lida paketlar bilan qaytib kelgandi.
U Y/nga qarab buyruq ohangida keskin dedi:
— Tush.
Y/n o‘rnidan qimirlashga ham ulgurmadi Chris mashinadan tushishi bilan uning bilagidan mahkam tutib do‘kon tomon sudrab ketdi. Unga qarshilik ko‘rsatishning foydasi yo‘q edi oyoqlari o‘zi istamagan holda uning ortidan ergashishga majbur bo‘lardi.
Do‘kon ichiga kirishgach, u Y/nni kiyim almashtirish xonasiga yetaklab bordi va o‘zi olib kelgan bir nechta paketlarni Y/nga tutqizdi...

Do‘kon ichidagi yorug‘ va sokin muhitda Y/n qo‘lidagi paketlarga qarab hayron bo‘lib qoldi. U zaharli va o‘ta ochiq liboslarni kutgandi ammo ochib qarasa, Chris unga g‘oyat did bilan tanlangan o‘ta yopiq nafis va iliq kiyimlarni olib bergandi. Uning bu safargi harakati mutlaqo boshqacha kutilmaganda e’tiborli va mayin edi.
Y/n kiyim almashtirish xonasiga kirib o‘sha yangi yumshoq kiyimlarni kiyib chiqdi.

Libos uning egatiga judayam mos tushgandi. Chris uni ko‘rib bir zum jim qoldi.
Uning ko‘zlaridagi avvalgi vahshiylik va sovunlik o‘rnini biroz yumshoqlik egallagandi.
— Mana boshqacha bo‘ldi
— dedi Chris xotirjam ovozda...Uning qiliqlaridagi o‘sha keskinlik va qo‘pollik biroz chekingandek edi. — Endi yur bir joyga kirib ovqatlanib olamiz...Kun bo‘yi hech narsa yemading.
Chris uni shahar tashqarisidagi sokin dim yo‘ldagilardan farqli o‘laroq yorug‘ va qulay restoranga olib bordi. Ular stolga o‘tirishgach Chris Y/nning o‘zi xohlagan taomlarni buyurtma qildi va hatto unga e’tibor qaratib issiq choy uzatdi.
Bu kutilmagan o‘zgarish Y/ni yanada karaxt qilib qo‘ygandi — u bu zo‘ravonning qachon yana o‘z holatiga qaytishini bilmas lekin har holda hozircha bu sokinlikdan nafas rostlashga majbur edi. Ular indamasdan ovqatlanishdi Chris esa bu safar uni ortiqcha qiynamasdan tinchgina kuzatib o‘tirdi.

Y/n nima bo‘layotganini tushunmay stol ustidagi issiq choyga tikilib o‘tirganida Chris to‘satdan joyidan turib ketdi.
U bir og‘iz ham so‘z demay restoran chiqish eshigi tomon jiddiy qadam tashladi.
Y/nning yuragi shamoldagidek qaltirab ketdi
Uning ko‘zlarida yana o‘sha tanish qo‘rquv va sarosima belgilari paydo bo‘ldi. “Meni shu yerda tashlab ketdimi? Yoki yana biror narsa rejalashtiryaptimi?” degan fikrlar xayolidan o‘tdi.

U bechora qizdek ko‘zlarini kattartirib atrofga alangladi. Restorandagi odamlar o‘z yo‘liga gaplashib o‘tirardi hech kim uning ichki do‘zaxini sezmasdi. Y/n barmoqlarini bir-biriga mahkam qisib hozir nima bo‘lishini kutib qotib qoldi.
Oradan sanoqli daqiqalar o‘tgach restoran eshigi qayta ochildi.

Chris qo‘lida katta juda nafis va chiroyli o‘ralgan guldasta bilan kirib kelardi.
Uning yuzida avvalgi vahshiylik emas g‘alati bir xotirjamlik va o‘ziga bo‘lgan ishonch bor edi. U sekin-asta Y/n o‘tirgan stolga yaqinlashdi.
Y/n kelayotgan guldastaga va Chrisning o‘zgargan qiyofasiga qarab nima deyarini o‘zini qanday tutishni bilmay yana nafasini ichiga yutib qoldi.
Chris guldastani stol ustiga Y/nning ro‘parasiga qo‘ydi-da, asta o‘z joyiga o‘tirdi...