July 6, 2025

AUTHOR: KAN JIYA.

MEN KETAMAN SEN YASHAGIN.

Ep: 15

Restorandan chiqqach, Jungkook Jiyani qo'llaridan ushlab, ehtiyotkorlik bilan uni qora BMW mashinasining old o'rindig'iga o'tqazdi. Egilib, xavfsizlik kamarini taqayotganida, lablari Jiyaning yonoqlariga teginib, mayin bir o'pish berdi. Mashina eshigini yengil yopdi, o'zi rulga o'tirib, Parijning eng hashamatli besh yulduzli mehmonxonalaridan biriga yo'l oldi.

Yo'l davomida Jungkookning qo'li Jiyaning ochiq sonlarini silab, erkalab borardi. U shunchalik ehtiros bilan jilmayib qaradiki, bu qarash Jiyaning yuragini junbishga keltirdi.

"Bugungi tun faqat ikkimizniki bo'ladi... Sen menikisan, men esa seniki. Bu tun faqat ehtiros va sevgi bilan yodda qoladi," dedi Jungkook, uning lablaridan bir lahzaga bo'sa olib.

Mehmonxonaga yetib kelishgach, Jungkook mashinadan tushdi, Jiyani eshigini ochib, uni kelin ko'targandek bag'riga ko'tarib mehmonxonaga olib kirdi.

Ro'yxatdan o'tish bo'limida u Jiyani yerga qo'ydi, maxsus VIP xona kartasini olib, yana uning qo'llaridan ushlagancha liftga olib bordi. Lift ichida, u Jiyani devorga tirab, lablariga chanqog'ini qondirmoqchi kabi yopishdi.

Xona oldida to'xtashgach, Jungkook Jiyani yana bag'riga ko'tarib, eshikni ochdi. Ichkariga kirgach, Jiya hayratdan to'xtab qoldi.

Xonada atirgul barglari yotardi, shamlar yonib, iliq va yoqimli yorug'lik taratardi. Derazadan esa Eyfel minorasi manzarasi jilvalanib ko'rinardi.

Jiya kamerani yoqib, hayajon bilan xona ichini suratga ola boshladi.

"Bu joy... bu shunchaki ajoyib..." dedi u mayin ovozda.

Jungkook kamerani qo'liga olib, jilmaydi: "Videoda ko'rinyapman.mi?" so'radi u.

Jiya bosh irg'ab, "Ha..." dedi.

Jungkook kamerani stolga qo'yib, Jiyaning sochlarini ohista siladi, peshonasidan o'pdi. "Bugun tun faqat ikkimiz uchun," dedi u past ovozda.

Jungkook uni yotoqqa olib borib, lablariga mayin bo'sa berdi, yelkalaridan o'pib, undan iz qoldira boshladi. So'ng, qulog'iga sekin pichirladi: "Senga sovg'am bor."

U javonga borib, kichik qizil qutini olib keldi. "Ochib ko'r..." dedi u, qutini Jiyaning qo'llariga tutqazib.

Jiya sekin qutini ochdi. Ichida qip-qizil atlasdan tikilgan tungi ko'ylak va bitta qizil atirgul bor edi.

"Bu mengami?" dedi Jiya biroz uyalib.

"Ha. Seni shu libosda ko'rishni xohlayman. Iltimos, buni kiyib chiq," dedi Jungkook, ko'zlari ehtiros va mehrga to'lib.

Jiya uyatchan tabassum bilan bosh irg'ab, "Unda, meni kutasanmi?" dedi.

"Intiqlik bilan," dedi Jungkook.

Jiya hammomga yo'l oldi. Ichkarida maxsus lavanda iforli suvlarda yuvindi, sochlarini ehtiyotkorlik bilan taradi, yuzidagi hayajonni sekin ko'zgu oldida yashirishga harakat qildi. Yuragi tez urardi. 20 daqiqadan so'ng, qip-qizil, tanasini nafis ko'rsatib turadigan tungi ko'ylakda xonaga kirib keldi.

Jungkook POV:

Men jiyani chiqishini kutib uyoqdan buyoqqa yurar ekanman. Ortimdan hommom eshigi ochilib yopilgani eshitildi. Men ortimga o'girilib hushimni yo'qotay dedim. U kirib kelganda, xonadagi shamlar nurida qip-qizil libosda chiroyli qiyofasi ko'zimni o'g'irladi. Uni birdan quchoqlab oldim. Lablarimiz birlashdi, u shirin, iliq nafas olib, menga yanada yaqinlashdi. Qo'llarim uning belidan mahkam ushlab, orqaga yotoqqa qarab boshlab bordi.

"Sen shunchalar chiroylisan.ki.. buni ko'rib o'zimdagi senga bo'lgan extiyojim oshib bormoqda men seni hohlayman... bugungi kecha, butunlay faqat meniki bo'lishingni xoxlayman," deb pichirlardim qulog'iga.

"Buni men ham istayman Jungkook..." dedi u titrab.

U menga yaqinlashdi. Yuragim tebranib ketdi. Ko‘zlarimiz bir-biriga qaragan holatda, uning nafis qadamlariga mahliyo bo‘lib qoldim. Qizil libos tanasini yaltiratib, go‘yo yuragimda alangani yoqayotgandek edi.

U menga yetganida, asta qo‘llarim bilan uning yuzini tutdim. Ko‘zlariga qarab turarkanman, go‘yo vaqt to‘xtab qolganday bo‘ldi.

"Sen bu dunyoda menga berilgan eng go‘zal ne’matsan," dedim pichirlab, lablarimni peshonasiga qo‘ydim. U esa titrab ketdi, qo‘llari ko‘ksimga tegib turar, nafas olishi tezlashgan edi.

Qo‘llarim asta yelkalariga tushdi. Libosining ingichka lentalarini barmoqlarim bilan sekin yecha boshladim. Har bir

harakatimda, u ko‘zlarini yumdi, sochlari yelkalariga tushib, lablari orasidan mayin nafas chiqdi.

Tungi ko‘ylak yelkalari pastga sirg‘alib, uning oppoq, nozik tanasi asta ochila boshladi. Men barmoqlarim bilan orqasiga, bilaklarigacha ohangrabodek harakat qildim. Uni mahkam quchoqladim, go‘yo bir umr qo‘yib yubormaslik uchun.

U sekin harakat bilan ko‘ylakni yechib tashladi. Yorug‘likda uning go‘zalligi yanada porlab ketdi. Ko‘zlarimda nafaqat ehtiros, balki chuqur mehr, sadoqat va muhabbat bor edi.

"Men seni hohlayman, Jiya. Nafaqat bu tun, balki har tong seni quchoqlab uyg‘onishni xohlayman," dedim titragan ovozda.

U esa asta bosh irg‘ab, tanasini menga yaqinlashtirdi. Qo‘llari mening ko‘ylagimni yecha boshladi. Har bir tugmani yecharkan, titragan barmoqlari yuragimga to‘g‘ri urilar, ko‘ksimdagi har bir urishni sezayotgandek edi.

Qisqa fursatda, tanalarimiz bir-biriga yaqinlashdi. Yorug‘likda sochlarining hidini ichimga tortdim. Shamlar nurida biz faqat bir-birimizni his qilardik. Yurak urishlarimiz uyg‘un holda bir ohangda urardi.

Men uni yotoqqa yotqizdim. Qo‘llarim uning yuzini, bo‘ynini, yelkasini mehr bilan silardi. Har bir teginishimda, u yengil titrar, lablaridan shirin ohang chiqar edi. Uning ko‘zlaridagi ishonch, menga o‘zini butunlay ishonib topshirayotganini anglatardi.

Men uning yuzini yana lablarim bilan o'pib, yelkalariga, bo'yin chizig'iga o'pichlar qo'ya boshladim. Qo'llarim uning egilgan belida sayr qilar, u esa sekin o'zini menga topshirgandi.