September 11, 2025

Raindrops (Yomgʻir tomchilari)

Author: LIN SUMIN.

Ep:1

Yomg‘ir tomchilari ko‘kka qaytmaydi,
Taqdir ham orqaga qaytmaydi.
Har bir tomchi — yangi iz qoldiradi,
Har bir taqdir — kimnidir abadiy o‘zgartiradi.”

Seulning kuzgi kechasi edi. Havoda yomg‘ir hidi aralash sovuqlik sezilardi. Jiya eshikni qattiq yopib chiqib ketdi — yana onasi bilan janjallashgan edi. Onasi doim “o‘qishingni o‘yla, kattalarga gap qaytarma” derdi, Jiya esa o‘zini tushunilmagan his qilardi. Endigina balog‘at yoshiga kirgan, erkinlikni xoxlaydigan yuragi uchun bu devorlar bo‘g‘uvchi edi.

Kan Jiya 18 yosh

Telefonini ham uyda qoldirib chiqib ketdi. Faqat oyoqlarini shahar ko‘chalariga tashladi. Yorug‘likka to‘la markazdan uzoqlashib, asta-sekin qorong‘i, g‘amgin hududga kirib qoldi. Yomg‘ir tomchilari asfaltni yaltiratib qo‘ygan edi, atrofdan mashinalar ovozi eshitilmas, faqat uzoqdagi barlarning musiqasi quloqqa urilardi.

U bir burilishga kelib qoldi va to‘satdan nafasini ichiga yutdi.

Ko‘z o‘ngida uch nafar qora kiyimdagi yigit yerga yiqilgan odamni tepib, mushtlab, qonga belab tashlashayotgan edi. Ularni sal nariyoqda kuzatib turgan bir yigit qoʻlida qurol bilan ular tomonga yaqinlashdi jaranglagan metall qurol tovushi jiyaning yuragini muzlatib yubordi.

Qo'lidagi qurol bilan kaltaklangan odamni otib tashlagan yigit asta-sekin yuzini ko‘tardi. Ko‘zlari qora, sovuq, ammo o‘tkir.

Jiyaning oyoqlari qaltirab ketdi. Orqaga chekinmoqchi edi, ammo oyoqlari yo‘l chetida chayqalib, kichik qutini itarib yubordi. Taraqlagan ovoz hammani jim qildi.

Jungkookning nigohi darhol unga qadalgandi. O‘sha sovuq ko‘zlar qizning qo‘rquvga to‘la, ammo beozor qarashlari bilan to‘qnashdi.

— “Kim bu?” — dedi u past, xavfli ohangda. Ovozida g‘azab ham, qiziqish ham bor edi.
Yonidagi odamlar pichirlashdi:
Jin ursin menimcha u hammasini koʻrgan

Jiyaning qo‘llari titrardi, tomog‘iga so‘z kelmadi. Orqaga yurmoqchi bo‘ldi, ammo ikki yigit yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Jungkook esa sekin unga yaqinlashdi. Uning har bir qadami yo‘lakni dahshatli sukunat bilan to‘ldirardi. Qiz orqaga qadam tashladi, oxiri devorga taqalib qoldi.

Yigit u tomon yaqinlashib, yuziga engashdi. Nafasi iliq, ko‘zlari tun kabi qorong‘i.

Jungkook Jiyaga tikilar ekan " Sen " deya shivirladi.

Jiya nafasini ushlab qoldi. Yuragi kuchli urar, qo‘rquv va tushuniksiz hayajon uni qamrab oldi. Shu lahzadan boshlab, uning oddiy hayoti butunlay o‘zgarib ketishi muqarrar edi.

Yonidagi odamlaridan biri to‘satdan qurolini chiqardi. Metall tovushi qorong‘i havoni kesib o‘tdi.

Janob agar u hammasini koʻrgan boʻlsa uni oʻldirish kerak tirik qolsa muammo tug‘diradi,— dedi yigit sovuq ohangda.

Jiyaning ko‘zlari kattalashdi, yuragi tomog‘iga tiqilgandek bo‘ldi. Nafas ololmas, oyoqlari qaltirardi.

Ammo o‘sha payt Jungkook asta qo‘lini ko‘tardi.

Yo‘q… shoshma

Yigitlar bir zum jim bo‘lishdi. Jungkook qizga yaqinlashdi. Jiya devorga taqalib turardi, ko‘zlari yaltirab, qaltirab nafas olar edi. Jungkook sekin yuziga qaradi, so‘ng qoshini biroz ko‘tardi.

— “U bugun kechqurun… mening mehmonim bo‘ladi.”

Atrofdagilar hayron qarashdi. Bu so‘zlarning asl ma’nosini yaxshi tushunishardi.

Jiya esa nimani anglatishini tushunmagan holda qotib qoldi. Qoʻrqganidan hatto bir soʻz deya olmadi

Ammo Jungkookning ichida boshqa bir narsa bor edi. U ikki kun oldin Seul markazidagi svetofor oldida mashinasida o‘tirgandi. Qizil chiroq yonib, u mashinasini to‘xtatgan edi. Shu payt piyodalar yo‘lagidan bir qiz o‘tib keldi.

Qulog‘ida naushnik, yuzida beg‘ubor tabassum. U musiqaga berilib, qadamlarini raqsga o‘xshatib tashlardi. Yomg‘ir tomchilari ostida ham u xuddi kichkina quyoshdek jilvalanardi.

Jungkook bir lahza unga tikilib qoldi. “Bunday beg‘amlik qayerdan paydo bo‘ladi odamda?” deb o‘ylagandi o‘shanda. U bexos jilmayib qo‘ygandi, bu uning sovuq dunyosida juda noyob narsa edi.

Endi esa, ana shu qiz uning qarshisida turardi. Qo‘rquvdan qaltirayotgan, ammo baribir shu ko‘zlari bilan uni o‘ziga tortayotgan qiz.

Jungkook sekin labini ostida pichirladi:

“Bizning yo‘llarimiz tasodifiy emas ekan, baby…”

Mashina baland devorli villaga yetib kelganida Jiyani yuragi hapriqib ketdi. Darvozalar ochildi, mashina ichkariga kirdi.
Qiz darvozadan o‘tishi bilanoq qo‘llarini qattiq tortib oldi:
— “Meni qo‘yib yuboring! Men bunday joyda bo‘lishni istamayman!”
U qichqirib, eshikka yopishdi, ammo yonidagi yigitlar uni qo‘lidan tortib tushirishdi. Ularning kuchi qarshilikka yo‘l qo‘ymaydi.
Sumin yerga yiqilib tushdi, ammo yana o‘rnidan turib qarshi chiqdi.
Meni majbur qila olmaysizlar! Qoʻyib yuboring dedim deya baqirib soxchilarga qarshilik qilishga urunar edi.
Shu payt Jungkook asta mashinadan chiqdi. Uning yurishi sokin ammo koʻzlaridan jahli chiqayotgani shundoqqina ma'lum edi.
U sekin qizning yoniga keldi, sovuq nigohini unga qadadi. Jiyaning nafas olishi tezlashdi, ammo u baribir ko‘zini olib qochmadi.
Jungkook sekin Ungga yaqinlashdida
“Senga aytgan edim… sen endi mening mehmonimsan dedi
Qiz yana orqaga chekindi.
“Men bunday bo‘lishini istamayman! Meni qo‘yib yuboring koʻrganlarim haqida hech kimga aytmayman sizga va'da beraman deya unga yolvordi
Jungkook bir lahza jim qarab turdi, keyin to‘satdan bir qoʻli bilan Jiyaning belidan ikkinchi qoʻli bilam esa oyoqlaridan ushlab uni ko'tarib oldi. Jiya hayrat va qo‘rquvdan baqirishni boshladi..
— “Tushiring meni!”
Ammo Jungkook uning qarshiligiga parvo qilmadi. Uni yengil ko‘tarib, zinapoyadan yuqoriga chiqdi. Qiz mushtlab, tepib qarshilik ko‘rsatdi, lekin Jiyaning bu harakatlari Jungkookga tasir qilmadi.
Villa ichidagi xizmatkorlar jim qarab qolishdi: hech kim ning qaroriga qarshi chiqmasdi.

Jungkook o‘z xonasiga kirib bordi. Eshik qattiq yopildi. U qizni to‘g‘ri yotoqqa tashladi. Jiya yotoqqa biroz qattiq tushgani sanabmi toki jungkook ni qoʻlidan chiqish ucun qilgan harakatlari sababli nafasini rostlay olmay ko‘zlaridan yosh chiqdi.
Jungkook esa uning ustiga egilib, yuziga juda yaqin kelib shivirladi:

1- qism tugadi

Jungkook Jiyaga nima deb shivirlaganini keyingi qismda bilib olasiz