AUTHOR: LIN SUMIN
(Koreya, yoz fasli, Seul chekkasidagi oddiy tuman)
Yozgi quyosh Seul osmonidan qizg‘in nur taratardi. O‘rta maktablar va boshlang‘ich sinflar yozgi ta’tilga chiqqan, shahar odatdagidan jim edi. To‘g‘ri, markazda doim shovqin-suron bo‘lishi mumkin, ammo bu joy — shahar chekkasidagi oddiy, sichqon yo‘li kabi tor ko‘chalar, pastqam uylar va tepasiga choyshablar osilgan balkonlar bilan to‘lib-toshgan tuman. Bu yerda hayot sekin oqardi.
O‘sha kichkina uylarning birida sakkiz yoshli Lin Sumin yashardi. U birinchi sinfni a’lo baholar bilan tugatgan, ayni damda yozgi ta’tilning qizg‘in pallasi edi. Sumin kichik, ozg‘in, oppoq yuzli, qora sochlarini yoyib olgan oddiygina qiz edi.
SUMIN ning Otasi Lin Munsoo — Seuldagi kichik ishlab chiqarish zavodida oddiy ishchi, onasi Lin Bona esa Sumin o‘qiydigan boshlang‘ich maktabda farrosha bo‘lib ishlardi. Ish unchalik og‘ir bo‘lmasa-da, maosh juda kam edi. Shuning uchun ular shahar chekkasidagi eski ikki xonali kvartirani ijaraga olib yashashardi. Har oyning oxiri ular uchun sinov edi.
O‘sha kun quyoshli edi. Sumin shirinlik yegisi kelib, onasidan bir necha von so‘radi. Onasi tabassum bilan boshini qimirlatdi, eski hamyondan 10 von olib berdi.
— Ko‘chaga uzoqqa ketma, xo‘pmi? — dedi onasi. — Xo‘p, oyi! — deya quvnoq javob berdi Sumin va yugurib chiqib ketdi.
Do‘kon mahallaning burilishida edi. Uning oynalari ortida turgan rangli shokoladlar, pechenyelar va jele qutilari bolalar uchun orzu edi. Sumin oynaga yuzini bosib, ichkaridagi shirinliklarga termuldi. Shunda u o‘ziga yoqqan jele qutisini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi va... tasodifan ortida turgan ayolga yelkasini urib yubordi.
— Voy Kechirasiz! — dedi u muloyim ohangda va egilib tazim qildi.
Ayol unga qaradi... va beixtiyor nafasi qisilgandek bo‘ldi.
Qizaloq... xuddi... U edi.
Ayolning yuragi tez ura boshladi. Nafaqat o‘xshashlik, balki qizaloqning nigohi, kulgusi, hatto turgan holatiga qadar o‘sha o‘zining vafot etgan qizini eslatardi.
Qizaloq esa hech narsa sezmagan holda tanlagan jele qutisini olib, kassaga to‘lab, do‘kondan chiqdi. Ayol shoshilib uning ortidan chiqdi.
— Bir daqiqa... shoshma, — dedi ayol.
Sumin to‘xtadi. Hayron qaradi.
— Isming nima qizaloq? — so‘radi ayol, yuzida mehr bilan.
Sumin, — deb javob berdi u.
Ayol jim qoldi. Ism ham g‘alati tarzda yuragiga yaqin eshitildi.
— Sen qayerda yashaysan? — so‘radi ayol sekin ohangda.
Sumin unga ishonib, yaqin oradagi eski ko‘p qavatli binoni ko‘rsatdi. Ular birga yurishdi. Yo‘l-yo‘lakay ayol unga o‘zini tanishtirmadi. Faqat qaradi, o‘yladi, ichida nimadir sinib, nimadir uyg‘ondi.
Ular uyga yetib kelgach, ayol ohista so‘radi:
— Sumin... agar men senga: “Meni qizim bo‘lgin”, desam, rozi bo‘larmiding?
Sumin bir muddat jim turdi. So‘ng boshini chayqab: — Mening onam bor. U meni yaxshi ko‘radi, — dedi va yugurib zinapoyadan chiqib ketdi.
Ayol esa qotib qoldi. Ko‘zlarida yosh.
Pichirladi: — Sen... meniki bo‘lishing kerak edi...
U o‘ziga kelgach, qat’iy qarorga keldi. Suminning ortidan borib, eshikni taqillatdi.
Eshikni Suminning onasi Lin Bona ochdi.
---- Kechirasiz, siz bilan biroz gaplashsam bo‘ladimi? — dedi ayol muloyim ohangda.
Ichkariga kirishdi. Ayol o‘zini tanishtirmadi. Faqat gap boshladi:
— Ikki yil avval... mening qizim halok bo‘ldi. Qiziq... bugun sizning qizingizni ko‘rib, yuragim to‘xtab qolay dedi. U xuddi mening qizimga o‘xshaydi. Hattoki... u o‘sha bo‘lishi mumkinligiga ishonaman. Iltimos, menga uni asrab olishga ruxsat bering. Men sizga pul, uy, ish, mashina — hammasini bera olaman...
Lin Bona hayrat bilan unga qaradi. Bu qanday taklif edi? Qanday qilib o‘z farzandini begona ayolga topshirmoqchi?
— Yo‘q! U mening qizim! — dedi u jahl bilan.
— Iltimos... — dedi ayol yana.
Shu payt Lin Munsoo ishdan keldi va holatga guvoh bo‘ldi. U ham ayolning so‘zlarini rad etdi, uni uyidan chiqarib yubordi. Ketayotganda ayol bir vizitka uzatdi:
— Men fikrimdan qaytmayman. U — mening yuragimda yashayotgan qiz. Faqat eslab qoling... sizga ham, unga ham eng yaxshi hayotni bera olaman.
Kechqurun. Lin oilasi kamtarona dasturxon atrofida ovqatlanardi. Oddiy kimchi, bodringli sho‘rva va guruch. Go‘sht yo‘q edi. Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Ijarachi ayol kelib, jahl bilan baqirdi:
— Yana kechikdingiz! Bu safar sizni haydayman! Boshqa to‘lov kutmayman!
U ketdi.
Ota-onaning ko‘zlarida tushkunlik.
Munsoo sekin dedi:
— Balki... o‘sha boy ayolning taklifini ko‘rib chiqarmiz? Sumin yaxshi yashaydi, biz esa boshqa joy topamiz.
Lin Bona sukut saqladi. Yuragida o‘rtanayotgan onalik va ojizlik bir-biriga aralashib, ko‘zlarini yoshga to‘ldirdi.
Ertasi nima bo‘lishini hech kim bilmadi.
Lekin bir narsa aniq edi: ertalab uyg‘onganida Suminning hayoti o‘zgarib bo‘lgan bo‘ladi…
Kim Taehyung : oyi bu qiz bizning singlimiz emas axir tuwuning bizning singlimiz oʻlgan buni qabul qiling
Jhope: Tae basqil agar oyim oʻzini wu bilan ovutsa buni nimasi yomon.
Sumin : aka bu xato. Unday qilmang.
Tae : men seni sevaman va oʻzimniki qilaman.